Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Organik olam evolyusiyasining asosiy faktorlari, ya’ni irsiy uzgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish odam evolyusiyasiga daxldor


Download 172.15 Kb.
bet11/52
Sana13.12.2022
Hajmi172.15 Kb.
#1000261
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52
Bog'liq
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari

Organik olam evolyusiyasining asosiy faktorlari, ya’ni irsiy uzgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish odam evolyusiyasiga daxldor. Antropogenezni harakatlantiruvchi asosiy kuch mehnat buldi, mehnat jarayonida odam mehnat qurollarini uzi yaratdi. Odam mehnat jarayonida tabiatni uzgartiradi.
Tabiatni bilishda ortirilgan hayot tajribasi avloddan – avlodga takomillashib borgan. SHaxsning psixik yoki indivudial xususiyatlari deb ataladigan xususiyatlar: odamning temperamenti, (mijozi), xarakteri (fe’l-atvori), qobiliyat, ehtiyoj, mayl va havaslari psixika sohasiga kiradi.
Psixika uziga alohida bir olam emas: u organik hayotning yuksak formalaridan bulib, faqat hayvonlar bilan odamga xosdir. Odamda psixik hayotning yuksak formasi ong bor. Odam ongli zotdir. Odamning idrok qilayotgan, tasavur etayotgan, fikr yuritayotgan narsasiga va kilayotgan ishiga nisbatan kunglidan kechadigan har – hil yokimli yoki yokimsiz, hush yoki nohush tuygular emotsional sohaga (yoki hisiyot sohasiga) kiradi.Hissiyot ham jarayon ham holat buladi. Odamning psixik hayoti organizm harakatlarida uz ifodasini topadi, shu harakatlar yigindisi esa xulk – atvor deb ataladi.
Tabiat insonni uz vaqtida yaratib uni ardoqlab ustirmoqda. Inson yashashi uchun zarur bulgan barcha narsalarni tabiatdan u yoki bu yul bilan olib keladi.
Tabiat bilan inson urtasidagi munosabat, tabiatning kelajagi er sharida yashaydigan inson va uning ekologik madaniyatiga bogliq. Haqiqatdan ham sunggi vaqtlarda inson uz faoliyatining natijasi tufayli tabiatga ta’sir etish hollari (havo, suv, tuprok, umuman biosfera, kosmosning ifloslanishi, urmonlarning kesilib, ba’zi bir hayvonlarning nobud bulishi va boshqalar) sodir bulmoqda. Bundan tashqari, inson tabiatda mavjud bulgan tabiiy boyliklar (yoqilgi manbalari,turli rudalar) dan tejamsiz foydalanishi natijasida ularning miqdori kamayib bormoqda. Buning oqibatida kupgina mamlakatlarda energiya tanqisligi yuz bermoqda.
Hozirgi vaqtda insoniyat uzining mehnat faoliyati natijasida tabiatni uzgartiruvchi qudratli kuchga aylandi. Bu kuchning ta’siri biosfera tabiiy evolyusiyasi jarayoniga nisbatan bir necha bor tezrok namoyon bulmoqda. Inson tabiat bilan uzaro munosabatda bular ekan, kup hollarda biosferadagi ayrim muhim jarayonlarga putir etkazmoqdaki,insoniyatning hayot –-mamoti oqibat natijasida ana shu jarayonlarga bogliq bulib qolmqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlar tez suratlar bilan rivojlangan sari tabiiy resurslarni istemol qilish kulami kengayib, sur’ati oshib boradi, insonning tevarak atrofdagi muhit bilan uzaro munosabat murakkablashib oqibatda “ tabiat – inson – mehnat ” formulasi asosiy muammo bulib qoladi.

Download 172.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling