Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Organik moddalar hosil bulishi endotermik jarayon bulsa, ularning


Download 172.15 Kb.
bet10/52
Sana13.12.2022
Hajmi172.15 Kb.
#1000261
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Bog'liq
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari

Organik moddalar hosil bulishi endotermik jarayon bulsa, ularning
oksidlanishi ekzotermik jarayondir. Quyosh nurlari energiyasi erda kulami jihatidan juda ulkan buladigan iklim, geologik va biologik jarayonlarni quzgatib turadi. Jonli tabiatning rivojlanishi tuban formalardan yuksak formalarga, oddiydan murakabga tomon borgan va progressiv xarakterga ega bulgan. SHu bilan bir qatorda turlar yashash sharoitiga moslashib, ihtisoslashib borgan. Organik olamning tarihiy rivojlanishini tushinish uchun evolyusiyaning asosiy yunalishlarini aniqlash muhimdir.
Evolyusiyaning asosiy yunalishlarini aromofozlar, idioadaptatsiyalar va degeneratsiyalar tashkil etishini aniqlandi.
Aromorfoz – tuzilishning umumiy yuksalishiga, hayot faoliyatini intensivligining kuchayishiga olib keladigan evolyusion uzgarishlardir, lekin ular keskin chegaralangan yashash sharoitiga tor doirada moslanishlar emas. Aromorfoz yashash uchun kurashda anchagina afzalliklar yaratadi va yangi hayot muhitiga utishga imkon beradi, populyasiyada yashovchan individlar sonini oshirib, nobud bulishini kamaytiradi.
Idioadaptatsiya - yashash muhitining muayan sharoitiga moslashishga yordam beradigan kichik evolyusion uzgarishlar (hususiy moslashishlar) dir. Idioadaptatsiya aromorfozga karama – karshi ularok, asosiy tuzilish husiyatlarining uzgarishi, tuzilishning umuman yukorirok darajaga kutarilishi va organizmlar hayot faoliyati intensivligining kuchayishi bilan birga davom etmaydi.
Degeneratsiya - tuzilishning soddalashuviga sabab buladigan evolyusion uzgarishdir. Bunday uzgarishlar odatda, biologik ahamiyatini yukotgan bir kancha organlarni yukolishi bilan birga davom edadi. Tuzilishning soddalashuvi jarayoni odatda, uziga hos yashash sharoitida har – hil moslanishlar paydo bulishi bilan birga boradi.
Erda hayot bundan tahminan 3.5 milliard yil ilgari okeanda paydo bulgani aniklangan. Hayot rivojlanishining dastlabki boskichlari suvda utgan. Organizmlar bundan tahminan 2-2.5 milliard yil ilgari kuruklikka chikkan. Usimliklardagi muhim aromorfoz – ularda organlar va tuqimalar hosil bulishi bunga yordam bergan.
Hayvonlar evolyusiyasida ham kupdan – kup aromorfozlar ruy bergan. Ularning kupchiligi quruqlikda yashashga utish bilan boglik bulgan. CHunonchi quruqlikda yashashga utishda ichki uruglanish va tuhumdagi embrionning quruqlikda rivojlanishi bir qancha moslanishlar paydo bulishi yirik aromorfoz hisoblanadi.
Antropogen davrda hayvonot olami hozirgi qiyofaga keldi. Odam sut emizuvchilarga kiradi, odamdagi barcha organlar sistemasi ham sut emizuvchilarning organlari sistemasiga uxshaydi. Odam jamiyatda yashaydi va jamiyat qonunlariga, ya’ni ijtimoiy qonunlarga buysinadi. U ong va ma’noli nutqga ega bulib, shu tufayli insonlar bilan muloqotda buladi, mehnat tajribasini boshqalarga urgatadi va tuplab boradi. Odam umumlashtirilgan holda, xayol bilan fikrlashga fan va san’atni rivojlantirishga qodir.

Download 172.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling