Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish
Download 172.15 Kb.
|
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari
Hajmiga qarab, tushunchalar alohida va umumiy bo’ladilar. (masalan, tabiatshunoslik kursida «O’z o’lkamizning tabiati», «Tabiatda mavsumiy o’zgarishlar» tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog’liqdir va alohida tushunchalar, umumiy tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishiga ega bo’lishi mumkin.
Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (tog’lar, foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa va avlod, hayvonlar va bargli o’simliklar) tushunchalariga bo’linadi. Har xil tushunchalarni shakllantirishda tasavvurlar bilan tushunchalar o’rtasiga chegara qo’yish mumkin. «Tasavvurlar tobora umumlashib borib, tushuncha belgilariga ega bo’ladi. Tushuncha konkret holga kelib, tasavvurga o’tadi». Tabiatshunoslik kursida tabiat va odamlar faoliyatini o’rganishda dastur qator tasavvur hamda tushunchalarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Birinchi tabiatshunoslik darsida o’quvchilar «tabiat», «jonsiz tabiat», «jonli tabiat» kabi tushunchalar bilan tanishadilar va maktabgacha bo’lgan yoshda ham 1-4 sinflarda shakllangan tabiatning real qismlari va hodisalari to’g’risidagi tasavvurlar sistemaga olinadi. Tushunchalarning eng muhim belgilari sistemalashtirishning asosi bo’ladi. Masalan, «jonsiz tabiat» tushunchasi shunday eng muhim belgilarga egaki, ularni kichik maktab bolalari aniqlab olishlari kerak: jonsiz tabiat jismlari ovqatlanmaydilar, o’smaydilar, nafas olmaydilar, ko’paymaydilar. Bu tushunchalar keyinchalik tabiatshunoslikni o’rganishda chuqurlashadi va kengayib boradi. Tushunchalar umumiylashtirish, ya’ni umumiy xossalarga ega bo’lgan jism va hodisalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish, agar narsa va hodisalar muhim belgilari bo’yicha birlashtirilganda to’g’ri hisoblanadi. Masalan, «metall» tushunchasi quyidagi: jaranglash, issiqlik o’tkazish qobiliyati, chiniqish, erish (4-sinf) kabi umumiy belgilarga ega. Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlarda tarkib topadi. Chunonchi, «tepalik» tushunchasi quyidagi elementlardan: cho’qqisi, tagi, tik yonbag’irlik, yotiq yonbag’irlik kabilardan tarkib topadi. «Daryo tushunchasi» quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), o’zani, o’ng va chap qirg’og’i kabilarni o’z ichga oladi. Tabiat obyektlari va hodisalari to’g’risida to’g’ri tushuncha hosil qilish uchun avval ular ustida kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, tablisa, xarita, sxema) qarab chiqish, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo’yicha mustahkamlash kerak. O’qituvchining maqsadga yo’nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi. Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar – bu yoki boshqa narsalarga, hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha esa nomlar yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo’lmaydi. O’quvchilar e’tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog’lanishiga qaratmoq, ya’ni obyektning yakka xususiyatini ta’kidlamoq zarur; agar u jug’rofiya obyekti bo’lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya’ni joylashgan o’rnini xaritadan aniqlash kerak. Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda uncha umumiy bo’lmagan tushunchalardan ancha umumiyroq tushunchalarga olib kelish bo’yicha mashqlar katta ahamiyatga molikdir. Masalan, tur doirasidagi «bo’ri», «tulki», «yo’lbars», «sher» tushunchalari avlod doirasidagi «Yirtqichlar» tushunchasiga kiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko’rinishidayoq ma’lum bo’ladi. Ularning umumiy avlod doirasidagi belgisi boshqa hayvonning go’shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. O’quvchilarni avlod doirasidagi belgilarini tur doirasidan farq qilishga o’rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va konkret belgilarni o’zida saqlagan bo’lishi kerak. Masalan, «na’matak, siren, ligustrum butadirlar» degan ta’rif noto’g’ri, chunki unda aniqlik yo’q. Buning o’rniga «na’matak, siren, ligustrum butadirlar, chunki ularda asosiy poya yo’q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar o’sgan» deyish kerak. Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga alohida e’tibor berish lozim. Chunonchi, «daryo» umumiy tushunchasini shakllantirish uchun uni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida uning muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o’qituvchi xaritadan Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq daryolarini ko’rsatishi, ya’ni yakka tushunchalar berishi va bolalardan nimalar umumiy ekanligini so’rashi mumkin. (Ularning hammasi oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga, o’ng va chap qirg’oqlariga ega). Shu belgilar asosida «daryo» umumiy tushunchasi shakllantiriladi. Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig’ma tushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo’lgan yakka tushunchalardan tarkib topadi. Masalan, cho’llar uchun xos o’simliklar (saksovul, qum akasiyasi, yantoq)ni bir territoriyada bo’lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlar, yirik barg plastinkalarning yo’qligi, tikanlarning bo’lishi) birlashtiradi. Yig’ma tushunchaga kiradigan har bir yakka tushuncha o’zining individual xususiyatlarini saqlaydi. Subtropik o’simliklari – dafna, magnoliya, choy, kiparis, cho’l o’simliklari – saksovul, qum akasiyasi, yantoqdan keskin farq qiladi. Shunday qilib, o’simliklar uchun ularni bir tushunchaga birlashtiradigan territorial belgilar umumiy hisoblanadi. Umumiy tushunchani shakllantirib, keyin har bir zona o’simliklarining individual xususiyatlarini ularni tablisa, surat, gerbariylardan ko’rsatib o’rganishga o’tish kerak. Download 172.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling