Sitologi ya
Download 44.01 Kb.
|
sillabus sirtqi Yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- S I T O L O G I YA fanidan SILLABUS Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
- Umumiy o‘quv soati
- Tuzuvchi: Eshnazarov K. TerDU, Zoologiya kafedrasi dotsenti Taqrizchi: Badalxo’jayev Ikromjon
- Kafedra mudiri: ____________X.Tangirov
- O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i _________ A. Ibragimov
- Fan/modul kodi SITB106 O’quv yili 2022-2023 Semestr
- Ta’lim tili o’zbek Haftadagi dars soatlari
- Jami yuklama Sitologiya 20
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz davlat universiteti «Tasdiqlayman» Termiz davlat universiteti o’quv ishlari prorektori ______dots. R.To’rayev «____»___________2022y. S I T O L O G I YA fanidan SILLABUS Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar Ta’lim sohasi: 140000-Tabiiy fanlar Ta’lim yo’nalishi: 60510100-Biologiya (turlari bo’yicha) sirtqi Fanga oid ma’lumotlar
Termiz-2022 Syllabus O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 16-iyuldagi 311-son buyrug’ining 1-ilovasi “O’zbekiston Davlat Standarti O’zbekiston uzluksiz ta’limining Davlat Ta’lim Standartlari Oliy ta’limning Davlat Ta’lim Standarti Asosiy qoyidalar” mundarijasining 5-§ “Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxasissisliklari o’quv rejalari va o’quv dasturlari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar” 10.2.4. “O’quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish qo’yidagi tartibda amalga oshiriladi:” bandi va shu bandning 2-xat boshi talabiga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi: Eshnazarov K. TerDU, Zoologiya kafedrasi dotsenti Taqrizchi: Badalxo’jayev Ikromjon- Andijon davlat universiteti “zoologiya va biokimyo” kafedrasi dotsenti Xoliqnazarov Begali- Termiz pedagogika universiteti aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani b.f.n. dots. Fanning ishchi o‘quv dasturi Zoologiya kafedrasining 2022 yil ___ avgustdagi 1-son yig‘ilishida muhokama qilingan va fakultet Kengashiga tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: ____________X.Tangirov Fanning ishchi o‘quv dasturi Tabiiy fanlar fakulteti Kengashining 2022 yil ___ avgustdagi 1 sonli majlisida muhokama qilingan va maʼqullangan. Fakultet Kengashi raisi:___________A. Sh. Xurramov Fanning ishchi o‘quv dasturi Termiz davlat universiteti o‘quv-uslubiy Kengashining 2022 yil ___ avgustdagi 1 -sonli majlisida tasdiqlangan. O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i _________ A. Ibragimov
I.MODUL TAVSIFI (Description) Sitologiya fanida 15 ta mavzu bo’lib, 10 soat ma’ruza, 10 soat amaliy mashg’ulot va 130 soat mustaqil ta’lim va mustaqil ish rejalashtirilgan. Sitologiya 3 ta kichik moduldan ya’ni 1-modul (Sitologiya tarixi, hujayra yadrosi ), 2-modul (Sitoplazma va organoidlar), 3-modul ( Hujayra reproduksiyasi) iborat bo’lib, har bir mavzu modul talablari asosida ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim hajmi va mazmuni, tegishli ballar topshirish muddatlari shuningdek, baholash me’zonlari hamda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhatini o’z ichiga oladi. Sitologiya biologiyaning nazariy hamda amaliy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga, rivojlantirishga yo’naltirilgan. II.FANNING MAZMUNI Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda organizmning asosiy tarkibiy qismi-hujayra to‘g‘risida har tomonlama chuqur bilim berish, prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishi asoslari, xususiyatlari, hujayra evolyutsiyasi bilan o‘zaro bog‘liqlik jihatlarini tanishtirishdan iborat. Fanning vazifasi - o‘simlik va hayvonlar hujayrasi tuzilishidagi farqliklarni aniqlash, hujayrada membranalarning tuzilishini, barcha organoidlarning o‘zaro aloqasini bilish, moddalar almashinuvi va yadro uning fizik-kimyoviy xususiyatlarini xromosomalar morfologiyasi, apoptoz, nekroz hodisalarini o‘rganish hamda hujayralarning tiklanishi va reproduksiyasini aniqlash, ko‘paytirish va hujayralarning xususiyatlarini, doimiy va vaqtinchalik preparatlar tayyorlash va ular orqali hujayralarning tuzilishini tajribalar asosida aniqlash, ulardagi qonunlarni o‘rganish, taqqoslashni o‘rgatishdan iboratdir. Download 44.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling