Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Oxirgi yillarda gospital (kasalxona) shtammli mikroorganizmlar roli
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalarda pielonefrit bilan buyrak
Oxirgi yillarda gospital (kasalxona) shtammli mikroorganizmlar roli
pielonefritning qo‘zg‘atuvchisi sifatida ayniqsa oshdi. Bu asboblar yordamida har xil tekshirish usullari (sistoskopiya, retrograd pielografiya va b.)ni o‘tkazganda aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Patogenezi. Buyrakka infeksiya 3 yo‘l bilan kirishi mumkin: 1) gematogen; 2) yuqoriga ko‘tariluvchi yoki urinogen yo‘l; 3) siydik yo‘llari devoridan yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l. Asosiy yo‘l – gematogen hisoblanadi. Avval infeksiya buyrakka limfa yo‘llaridan, masalan ichakdan tushishi mumkin deb, sanalar edi. Hozirgi vaqtda pielonefritda mikroorganizmlar buyrakning kengaygan limfa tomirlaridan buyrakning ichiga kirishi emas, balki infeksiyani buyrakdan chiqishining sodir bo‘lishi klinik va eksperimental tekshirishlar bilan isbotlangan. Pielonefritning qo‘zg‘atuvchilari buyrakdan limfa tomirlari bo‘ylab evakuatsiya qilinib, umumiy qon aylanishiga o‘tib, keyin yana buyrakka qaytib tushadi (buyrakning limfogematogen yo‘l bilan infeksiyalanishi). Buyrakdan limfa oqishining buzilishida (masalan, pedinkulitda) buyrak parenximasida mikroorganizmlar to‘xtab qoladi va ko‘payadi, ya’ni pielonefrit rivojlanishi uchun sharoit to‘g‘iladi. Birlamchi yallig‘lanish o‘choqi siydik yo‘llaridan tashqarida (otit, tonzillit, sinusit, karies, bronxit, pnevmoniya, furunkul, osteomielit, mastit, infeksiyalangan jaroxat va b.), hamda siydik yo‘llarida (sistit, uretrit) yoki jinsiy a’zolarda (prostatit, vezikulit, orxit, epididimit, adneksit, vulvovaginit) joylashganda ham buyrakka infeksiya gematogen yo‘l bilan tushadi. Tajribadagi xayvonning qoniga ichak tayoqchasi, proteya va ko‘k yiring tayoqchalari yuborilgandan keyin sog‘lom buyrakda yallig‘lanish jarayoni paydo bo‘lmaydi, ya’ni bakteriemiyadan tashqari moyillik omillari zarur. Ulardan eng muhimi buyrakdan siydik oqimi va unda qon hamda limfa aylanishi buzilishidir. Plazmani koagulyasiya qiluvchi yuqori patogenli stafilokokklar bundan mustasno, ular o‘tkir gematogen pielonefritni sog‘lom buyraklarda ham paydo qila oladi. Agar bakteriemiya bo‘lsa, sog‘lom buyrak siydik bilan bakteriyalarni ajratishi mumkin (fiziologik bakteriuriya) degan fikr avval mavjud edi. Zamonaviy tekshirishlar bilan bunday dalillar tasdiqlanmadi, chunki sog‘lom buyrak bakteriyalarni siydikka o‘tkazmaydi. Buyrak kalavalarining qon tomir halqalariga cho‘kib qolgan mikroorganizmlar endoteliyda degenerativ o‘zgarishlarni paydo qilib, uning o‘tkazuvchanligini butunlay ishdan chiqqunga qadar buzadi va kanalchalar bo‘shlig‘iga kiradi, keyin esa siydik bilan chiqariladi. Xuddi shuning uchun pielonefrit kasalligining birinchi ikki sutkasidagi ko‘pgina bakteriuriya uning yagona simptomi bo‘lishi mumkin. Keyingi kunlarda bakterial tromblar atrofida yallig‘lanish jarayoni oraliq to‘qimada leykotsitar infiltratlar hosil bo‘lishi va rivojlanishi bilan kuzatiladi. SHu paytdan boshlab siydikda (anchagina sondagi mikroorganizmlar bilan birga) ko‘plab leykotsitlar aniqlanadi. Leykotsitar infiltratsiya zonasiga o‘tuvchi kanalchalar devoridagi degenerativ va destruktiv o‘zgarishlar leykotsituriyaga sabab bo‘ladi, ular orqali leykotsitlar kanalchalar bo‘shlig‘iga, keyin esa siydikka tushadi. O‘tkir pielonefrit yaxshi kechganda o‘tkir yallig‘lanish belgilari kasallikning 7–10 kunlarida pasaya boshlaydi. Odatda, kalavalarda infeksiya bo‘lmaydi. Leykotsitar infiltratsiyadan keyin buyrakning oraliq to‘qimasida hujayra elementlarining asta–sekinlik bilan proliferatsiyasi ro‘y beradi: limfotsitlar, plazmatik hujayralar, makrofaglar, fibroblastlar paydo bo‘ladi. 3–haftaning oxirida buyrakning po‘stloq va miya moddasida ko‘proq yangi shakldagi granulyasion tipidagi biriktiruvchi to‘qima elementlari va kapillyarlarning biriktiruvchi to‘qima bilan o‘sishi aniqlanadi. 6–haftaning oxirlarida yallig‘lanish o‘rnida chandiq paydo bo‘ladi (granulyasion to‘qimada hujayra elementlari, qon tomirlar kamayadi, qattiqlashish va qisqarish yuz beradi). Bolalarda pielonefrit bilan buyrak Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling