Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
SHunday qilib, buyrakka bakterial floralar asosan gematogen va
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
SHunday qilib, buyrakka bakterial floralar asosan gematogen va
urinogen (yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l) bilan kiradi. Mikroorganizmlar urinogen yo‘l bilan kirganda buyrakka qaytib kelib, yana umumiy qon aylanishiga tushadi. Buyrakning infeksiyalanish yo‘llari 6.1– sxemada ko‘rsatilgan. Олиб келувчи артериола Буйрак калавалари Олиб кетувчи артериола Калава базал мембранаси шикастланиши Калаванинг базал мембранаси Каналча бўшлиғи Каналча Интерстициал тўқимага қўзғатувчилар кириши Интерстициал тўқима Йиғувчи найчалар 6.1– sxema. Buyrakning infeksiyalanish yo‘llari. Pielonefrit kelib chiqishi uchun faqat mikroorganizmlarning buyrakka kirishi etarli emas, bulardan tashqari umumiy va mahalliy moyillik omillari zarur. Organizmning umumiy holati pielonefritning kelib chiqishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Umumiy omillardan eng muhimi immunologik reaktivlik hisoblanadi. U ko‘pincha har qanday joyda yallig‘lanish jarayonlari uzoq va sust kechgan bemorlarda pasaygan bo‘ladi. Immunologik reaktivlikning kamchiligi – pielonefrit qaytalanishiga imkon beradi, organizmning hatto juda kuchsiz virulentli infeksiyani yuqtirishini oshiradi. Qandli diabet ham pielonefrit rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi omil hisoblanadi. Ma’lumki, qandli diabet bo‘lgan bemorlarda pielonefrit 4–5 marta ko‘p kuzatiladi, ko‘pincha buyrak so‘rg‘ichlarining nekrozi (nekrotik papillit) bilan asoratlanadi, bu infeksiyaga qarshi to‘qimalar mustahkamligining pasayishi va so‘rg‘ichlarning qon bilan ta’minlanishi yomonlashishi bilan bog‘liq. Bolalarda pielonefrit rivojlanishiga ona qornidagi rivojlanishning asoratli kechishi imkon beradi. Перитубуляр капиллярлар Интерстицал тўқиманинг қайта инфекцияланиши Интерстициал тўқима Pielonefritning rivojlanishiga moyillik beruvchi mahalliy omillardan eng ko‘pi uro– va gemodinamika hamda limfa oqimining buzilishi bo‘ladi. Siydik oqimi buzilishining asosiy sabablari buyraklar va siydik yo‘llari anomaliyalari, ularning shikastlanishi, buyrak va siydik nayining toshlari, prostata bezining xavfsiz giperplazisi (adenoma), siydik chiqarish kanalining torayishi hisoblanadi. Pielonefrit buyraklar polikistozi, taqasimon buyrak, buyrakning qo‘shaloq bo‘lishi kabi anomaliyalari bo‘lgan shaxslarda taxminan 7–10 marta ko‘proq, paydo bo‘ladi. Ayollarda asoratlangan homiladorlikda, ginekologik kasalliklarda, jinsiy a’zolardagi operatsiyalardan keyin siydik yo‘llarining yuqori bo‘limida bo‘shalishning buzilishi kuzatiladi. Siydik oqimining buzilishi ba’zan siydik nayining tashqaridan o‘sma hosilasi, yallig‘lanish infiltrati bilan bosilishi yoki retroperitoneal fibroz (Ormond kasalligi) rivojlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Siydik oqimi buzilganda kosacha–jom tizimida va buyrakning kanalchalarida gidrostatik bosim oshib, jom–buyrak reflyukslari rivojlanadi. Bundan tashqari, jom siydik bilan liq to‘lganda undagi bosim devori yupqa, yumshoq buyrak venalarida nisbatan yuqori bo‘ladi, buning natijasida ular qisiladi. Venoz dimlanish buyrakda qon va limfa aylanishining buzilishiga olib keladi. Venoz dimlanish va stromada shish paydo bo‘lishi natijasida ichki bosim ko‘tarilib, to‘qimalar trofikasi buziladi, bu buyrak to‘qimasining infeksiyaga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini pasaytirib, tezda bakteriyalar ko‘payishiga olib keladi. Mahalliy moyillik omillari orasida qovuq–siydik nayi reflyuksi alohida ahamiyatga ega. U ko‘pincha surunkali sistit, infravezikal obstruksiyasi (qovuq bo‘yinchasi sklerozi, siydik chiqarish kanalining torayishi yoki qopqog‘i, urug‘ do‘mboqchasining gipertrofiyasi, fimoz) bo‘lgan bolalarda, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (adenoma), siydik chiqarish kanalining torayishi yoki qovuqda uzoq muddatli yallig‘lanish jarayoni bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi. Buyraklar va siydik yo‘llarini har xil asboblar bilan tekshirish: sistoskopiya, uretrografiya, sistografiya, ayniqsa retrograd pielografiya pielonefritning rivojlanishiga imkon beradi. Bunday tekshirishlarning katta xavf tug‘dirishi ko‘pchilik antibiotiklarga va kimyoviy antibakterial preparatlarga yuqori darajada chidamli gospital (kasalxona) infeksiyaning borligi bilan bog‘liq. Hattoki qovuqni oddiy kateterlashga befarq bo‘lish kerak emas, u siydik yo‘llarining infeksiyalanishi, keyinchalik uretrit, prostatit, keyin esa pielonefrit rivojlanishi bilan asoratlanishi mumkin. Doimiy kateterning qovuqda 24 soat davomida turishi 100% bemorlarda siydik yo‘llarining infeksiyalanishiga olib keladi. Pielonefritning ko‘plab har xil tasniflari mavjud. Rossiya Davlat Tibbiyot universitetining urologiya klinikasi ishlab chiqqan pielonefritning tasnifi oddiy va buyrakdagi infeksiyali–yallig‘lanish jarayonining har xil bosqichlari va shakllarini etarli darajada to‘liq ko‘rsatadi (6.2–sxema). 6.2 – sxema. Pielonefritning tasnifi. Йирингли Бир томонлама ёки икки томонлама пиелонефрит Бирламчи Иккиламчи Ўткир Сурункали Серозли Некротик папиллит Фаол яллиғланиш даври Латент яллиғланиш даври Ремиссия даври Апостематозли Буйрак карбункули Буйрак абсцесси Буйрак қовжираши ёки пионефроз O‘tkir pielonefrit buyrak parenximasi va kosacha–jom tizimsining o‘tkir yallig‘lanish jarayonidan iborat. U ko‘p hollarda og‘ir infeksiyali kasalliklarga o‘xshab kechadi. YAqqol intoksikatsiya bilan kuzatiladi. O‘tkir pielonefrit birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Agar bemor ilgari buyraklar va siydik yo‘llari kasalliklari bilan og‘rimagan bo‘lsa, bunga birlamchi, agar u buyrakda siydik oqimining yoki qon va limfa aylanishining buzilishiga olib keluvchi boshqa urologik kasalliklar sababli paydo bo‘lsa ikkilamchi pielonefrit deb ataladi. Bu kasallik odamlarning hamma yoshdagi guruhlarida uchraydi, lekin bolalar hamda yosh va o‘rta yoshdagi ayollar ko‘proq kasallanadi. O‘tkir pielonefrit buyraklar hamma kasalliklarining 10–15 % ni tashkil qiladi. O‘tkir pielonefritning morfologik ko‘rinishiga qarab ikki bosqichi farq qilinadi: serozli va yiringli yallig‘lanish. Pielonefritning yiringli turi 25–30% kasallarda rivojlanadi. Buyrakning og‘ir yiringli yallig‘lanish jarayoniga apostematoz (yiringchali) pielonefrit, buyrak karbunkuli va abssessi kiritiladi. Bir qancha hollarda kasallik so‘rg‘ichlar nekrozi (nekrotik papillit) bilan asoratlanishi mumkin. Birlamchi o‘tkir pielonefrit. Buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari bilan og‘rimasdan paydo bo‘lgan pielonefrit shartli ravishda birlamchi deb atalsa ham, lekin ko‘p hollarda birlamchi pielonefritga odatdagi tekshirish usullari bilan aniqlanmaydigan va qisqa muddatli bo‘lsa ham urodinamikaning buzilishi oldin bo‘ladi. Birlamchi pielonefritda mikroorganizmlar buyrakka uzoqda joylashgan infeksiya o‘choqlaridan gematogen yo‘l bilan kiradi. Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling