Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
Patologik anatomiyasi. O‘tkir serozli pielonefritda buyrak to‘q qizil rangda,
kattalashgandi, taranglashgandi, buyrak yonidagi yog‘ to‘qimasi shishgan bo‘ladi. Mikroskopik ko‘rinishi buyrakning miya qavati oraliq to‘qimasida asosan qon tomirlar bo‘ylab joylashgan leykotsitlar, plazmotsitlar va ko‘p yadroli hujayralardan tashkil topgan ko‘p yallig‘lanish infiltratlaridan vujudga keladi. Infiltratlar kanalchalarga yaqin joylashib, ularning epiteliylari yupqalashgan, bo‘shlig‘i esa fibrin ivindisi, leykotsitlar, eritrotsitlar, hujayralar bo‘lakchalari (fragmenti) bilan to‘lgan bo‘ladi. Kalavalarga zararlanish simptomlari keyinroq (yiringlash jarayoni rivojlanganda) qo‘shiladi. O‘tkir pielonefrit serozli yallig‘lanishdan yiringliga o‘tganda yallig‘lanish infiltratlaridan yiringchalar vujudga kelib, mayda ko‘p abssesslar nafaqat buyrakning miya moddasida hosil bo‘ladi, balki uning po‘stloq moddasida apostematoz pielonefrit ham rivojlanadi. Buyrakning po‘stloq qavatidan piramidalardagi so‘rg‘ichlargacha yallig‘lanish infiltratlari kulrang–sarg‘ish yo‘llarga o‘xshab tarqaladi, ba’zan bunda nekroz va buyrak so‘rg‘ichlarining tortilishi kuzatiladi. Buyrak to‘qimasini mikroskopik tekshirganda oraliq to‘qimalarda, buyrak kanalchalarida hamda kalavalarda leykotsitlar infiltratsiyasi topiladi, bu joylarga bakteriyalar florasi va yiring perivaskulyar mayda abssesslar ochilganda – ikkilamchi bo‘lib tushadi. Buyrakning po‘stloq qavatida mayda yiringchalar paydo qilganda yoki katta qon tomiri septik embol bilan berkilib qolganda buyrak karbunkuli rivojlanib, uning yuzasidan bo‘rtib chiqadi va miya qavatigacha ichkariga tarqaladi. YAllig‘lanish o‘choqlari bitganda ularning fibroz to‘qima bilan almashishi sodir bo‘lib, bular buyrak yuzasida tortilgan chandiqlar hosil bo‘lishiga olib keladi (6.1 – rasm), undan parda qiyinlik bilan olinadi. Buyrak to‘qimasi kesilganda xilma– xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. 6.1–rasm. YAllig‘lanish o‘choqida fibroz to‘qimaning rivojlanishi natijasida buyrak yuzasidagi paydo bo‘lgan chandiqli tortishmalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling