Texnologik jarayon sxemasiga binoan faoliyat turlari
|
Maxsus talablar
|
Ko‘nikma
|
Bilim
|
1.Davlat sanitariya nazoratini tashkil qilish
|
Sog‘liqni saqlash boshqaruvining qonun qoidalari. O‘zbekiston Respublikasining Davlat sanitariya nazorati haqidagi qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sihat-salomatlik yili» davlat dasturlari to‘g‘risidagi qarorlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Sog‘liqni saqlash tizimini islox qilish davlat dasturi» haqida farmoyishi.DPM (Davolash-profilaktika muassasasalarida) epidemiyaga qarshi tartibga rioya qilish haqida» me’yoriy hujjatlar;
Mehnatni muhofaza qilish haqidagi konun;
|
Nazorat ostiga olingan ob’ektlarda davlat sanitariya nazoratini o‘tkazish. Ob’ektlarda sanitariya gigienik tekshirishni o‘tkazish va ularni sanitariya-gigienik qonun-qoidalariga to‘g‘ri kelishini nazorat qilish. Tekshirish natija-larini baholash, aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish va tashqi muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, gigienik qoidalarni o‘rgatish va tarbiya ishlarini olib borish. DSENM ning tibbiy hujjatlarini rasmiylashtirish DSENM ning hisob hujjatlari bilan ishlash. Atrof-muhitni muhofaza qilishga, ekologik normalarini tatbiq etishga, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga yo‘nal-tirilgan dasturlarni amalga oshirish, tibbiy madaniyatni oshirish, aholining ayniqsa qishloq joylarida yashaydigan aholining gigiena sohasidagi bilimlari va madaniyatini oshirish, sanitariya va shaxsiy
|
Davlat sanitariya nazorati haqida tushuncha. DSENM strukturasi. Davlat sanitariya nazoratining turlari, mutaxassislik etikasi.
Sanitariya-targ‘ibot ishining usullari va vositalari.
Sanitariya bo‘yicha Davlat standartlari.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha asosiy qonunlar va direktiv xujjatlar.
Mutaxassislik etika va deontologiya asoslari,O‘zbekiston Respublikasida Sog‘liqni saqlash bo‘yicha islohotlar,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Sog‘liqni saqlash tizimini islox qilish davlat dasturi» haqida farmoyishi,
DPM (Davolash-profilaktika muassasasalarida) epidemiyaga qarshi tartibga rioya qilish haqida» me’yoriy hujjatlar,
mehnatni muhofaza qilish haqidagi konun,
tibbiy profilaktika ishida qonunchilik,
|
|
Atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qonun.
“SanPiN № 0239-2007”
“Pravila i normы po organizatsii i provedeniyu immunoprofilaktiki infeksionnыx zabolevaniy Respubliki Uzbekistan”.
|
gigiena qoidalarining ahamiyatini tushuntirish.
|
atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qonunlar asosida ishlash.
|
2.Kommunal ob’ektlarda Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish
|
Tashqi muhitni muhofaza qilish.
Ekologiya muammolari.
Aholining gigiena sohasidagi bilimlari va madaniyatini oshirish, kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash. Mahallalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish. Atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qonun.O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni.
|
Kommunal ob’ektlarni sanitariya-gigienik tekshirish. Laboratoriya tek-shiruvi uchun namuna olish.Laboratoriya tekshiruv usullarini o‘tkazish. Ekspress tekshirish usullarini bilish.
Ish yuritishni bilish: tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish.Atrof-muhitni muhofaza qilish. Aholining suv ta’minoti tizimini nazorat qilish. Profilaktika tadbirlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan birga aholini keng qamrab olish.
|
Tashqi muhit omillarini organizmga ta’siri. Ekologiya. Aholini sifatli ichimlik suvi bilanta’minlash.Patologik holatlarning organizmda kelib chiqish sabablari va ta’sir etuvchi omillari. Tashqi muhitni muhofaza qilish tadbirlari: havo, suv,tuproq. Kommunal ob’ektlarni sanitariya -gigienik tekshirish usullari. Sanitariya bo‘yicha Davlat standartlari. Tashqi muhit omillari, gigienik me’yorlash. Ichimlik suviga quyiladigan gigienik talablar.Suvni zararsizlantirish usullari. Aholi yashaydigan joylarning loyixalashtirish. Aholi yashaydigan va umumiy binolarning qurilishiga qo‘yiladigan gigienik talablar.
|