Siyosiy diskursda metafora
Download 153.64 Kb. Pdf ko'rish
|
Siyosiy diskursda metafora
ma’naviyatsizlik va iqtisodiy maqsadga muvofiqlik – maqsadga muvofiq
emaslik (8, 105). 60-yillardagi metaforalarning amal qilishi va ularning siyosiy diskurslar paydo bo’lishidagi rolini tahlil qilgan E. Lassandan farqli ravishda A.N. Baranov va Yu.N. Karaulov (15) zamonaviy rus jamiyati bilan birga “yashayotgan” kognitiv metaforalarni o’rganishadi. A.N. Baranov siyosiy diskursda metafora amal qilishini o’rganishga qiziqish o’yg’otadigan yo’nalishni o’rganadi (8, 189). Eng avvalo, siyosiy argumentatsiyadagi metaforaning roli (8,189). Metafora predikat pozitsiyasiga yo’nalgan, uning uchun asosiysi ob’ektlar identifikatsiyasi emas, xarakterlash (tasniflash) funksiyasi (2:154), metafora “sud jarayonisiz sud hukmi” (3:28). Izohlarsiz hukm. Garchi bu (to’g’ri ma’nodagi) sud hukmi bo’lmasa-da, uni aynan shunday tushunishadi. N.D. Arutyunova ta’kidlaydiki, “tasniflash xatolari”ga bo’lgan hech bir havola metaforalarning kuchini zaiflashtirmaydi. Ivan Ivanovich Pererepenko, uni “g’oz” deb atashganida o’zining tug’ilish guvohnomasida dvoryan deb qayd etilganligini ko’rsatishga behuda urindi, chunki g’oz baribir odam emas, u qushdir” (3:8). Shuning uchun, diskursda metaforaning ishlatilishi uchun muloqot qatnashchilari o’rtasida qandaydir kelishuv bo’lishi kerak, ulardan biri manba freym va butun freymning notengligi, o’xshamasligi, qayta qurish kemasi metaforasidan qayta qurish bu kema degan fikr kelib chiqmaydi (5: 189). Bu shartning buzilishi - argumentativ ta’sirning asosiy usuli. Metaforalar borliqni bilish usuliga ta’sir qilib, “agitatsiya quroli” ga aylanadi (9: 92), buyoqlarni qo’llash bilan o’z mualliflarining haqiqiy yoki kon’yuktur qarashlariga to’g’ri keladigan jamoat-siyosiy landshaftni yaratadilar. Rus matbuotining 1986 – 1994 yillardagi nashrlariga tayanib, I. Kojenevska-Berchinskaya metaforalarni guruhlaydigan so’z-simvollar ro’yxatini keltiradi: lomka, konfrontatsiya, siloviye metodi, utopiya, krizis, bolezn, demokratiya, biznes, rinok, reforma, borba-pobeda (9: 96). A.N. Baranov tomonidan ikkinchi yo’nalish deb nomlangan tadqiqotlarning yo’nalishi bu metaforalarning diskurs taqdiri. “Siyosiy diskursda metaforalar diskursning eng ko’p havola (sitata) qilinadigan tarkibiy qismi, u nafaqat muhokama mavzusini, balki oldindan bahosini ham beradi” (5: 189). Shuni e’tiborda tutish kerakki, “nutqiy shtampning ideologik muammosi ijtimoiy ongning miflashtirilishi bilan bog’liq. Nutqiy stereotiplarda jamlangan ideologik miflar ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilishda vosita bo’lib xizmat qilgan va xizmat qiladi” (14: 106). Tadqiqotlarning uchinchi yo’nalishini A.N. Baranov “siyosiy metafora va siyosiy diskurs” deb atadi (5: 190). Parlament debatlari haqidagi ishlarning mualliflari zamonaviy rus siyosiy diskursining metaforik ekanligini butunlay tabiiy deb hisoblaydi, chunki metaforaning kognitiv kuchi yechimni izlashda uni instrumentga aylantiradi (6:16). Metafora krizisli fikrlash elementi, muammoli vaziyatlarda fikrlash elementi, va shuning uchun ular “ krizisdan chiqishning ko’p yo’llarini beradi, keyinroq siyosatchilar qaror qabul qilish jarayonida ularni ko’rib chiqadilar” (5: 190). A.N. Karaulov va Yu. N. Karaulov konseptual metaforaning rus siyosatchilari axloqiga ta’sirini tasvirlaydilar, davom etayotgan urush metaforik maydoninining ijtimoiy ongga bosimi sotsiumni metaforalarni moddiylashtirishga olib boruvchi harakatlarga tayyorlaydi (7: 15-16). Rus siyosiy metaforalar lug’atining birinchi nashri ikki qismga bo’lingan. Birinchi qism “Siyosiy reallikning metaforik modellari” da metaforalarning semantik birikishi keltiriladi va har bir metaforaning qaysi reallikka mos kelishi ko’rsatilgan. Masalan, urush va o’yin metaforalari urush, moliyaviy va qonun chiqarish faoliyati bilan mos keladi (15:17-19, 39). Mexanizm metaforalari – iqtisodiyot, davlat, moliya, demokratiya, oshkoralik, qonun chiqarish, armiya, jamiyat, qayta qurish, repressiyalar bilan, organism metaforalari iqtisodiyot, bosor, davlat, tarix, siyosiy faoliyat, hukumat, jamiyat, vijdon bilan bog’langan (o’sha yerda, 58). Lug’atning ikkinchi qismi “Metafora ko’zgusidagi siyosat dunyosi” – onomasiyologikdir; u qanday konseptlar va sub’ektlar (masalan, demokratiya, qonunchilik, KGB, SSSR, siyosiy liderlar) metaforlashishi mumkinligini ko’rsatadi. To’rtinchi yo’nalish “Siyosiy metaforika siyosiy madaniyat faktori sifatida” umumiy nutq madaniyati bilan, argumentatsiya madaniyati bilan bog’langan (5: 190-191). Siyosiy diskurs zamonaviy rus ijtimoiy ongida ko’p hollarda oppozitsiyalar bilan berilgan. Yangi qadriyatlarni tushunish va eskilarini qayta baholash, odatda kognitiv metaforalar yordami bilan amalga oshiriladi. Bu siyosiy diskursning haddan ortiq metaforlashishiga olib keladi. Download 153.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling