2.3-§. Ijtimoiy taraqqiyot tizimida adabiyot va san’atning ma’naviyat rivojidagi o‘rni
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Birinchidan, biz odamning biologik bir tur sifatida qanday paydo bo‘lganligi in tarixiy-tadrijiy rivojianish natijasida fiziologii jihatdan tobora takomillashib borgani va ijtimoiy mavjudotga aylanishida ma’naviyatning mavqeiga to‘xtaldik. Demak, bu tushunchalar bir-biriga bog‘liq, bir-birini taqozo etishdan tashkrri, ulardagi o‘ziga xos mazmun-mohiyatni ilmiy-falsafiy anglash ijtimoiy taraqqiyot va inson kamoloti sotsial mexanizmlarini ilmiy idroketipga imkon yaratadi, deb hisoblaymiz.
Ikkinchidan, falsafa fanining dialektik metodiga ko‘ra, qonunlarni bilish iii ulardan foydalana olish malakasiga ega bo‘lganlargina ijtimoiy vodelikni insonga monand tarzda o‘zgartirish, taraqqiyot jarayonlarini boshkarish salohiyatini o‘zlarida mujassam eta oladilar.Bunda harakat, rivojlanish va taraqqiyot to‘grisida ilmiy-falsafiy bilimlarga ega bo‘lganlargina ijtimoiy voqelik harakati oldidagi to‘siqlarni anglab olib, sistemaning rivojlanish tomon burib yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Taraqqiyot haqida gap ketganda, umuman yoki “yalpi umumiy” taraqqiyot haqida emas, balki aniq (konkret) moddiy yoki ma’naviy sistemalar haqida fikr yuritgan ma’kul. Zero, harakat natijasida rivojlanayotgan sistemalar mohiyatini aiglab olish darkor.Rivojlanayotgan organizm sistema, va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Uchinchidan, hozirgi davrda barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki barkamolavlod deganda-biz.erkin fikrlaydigan, Vataning obodligi yo‘lida jon fido etib mehnat qiladigan, ustoz yordamida dunyoviy va diniy bilimlar asosini egallagan yetuk shaxslarni nazarda tutamiz. Ularsiz insonparvarlikka asoslangan huquqiy-demokratik davlatni kura olmaymiz. Barkamol avlodning ma’naviy kamolotiga yetishuvida bir necha omillar ta’sir qiladi. Bunday omillarga, san’at, badiiy adabiyog, milliy qadriyatlar, va urf-odatlar kiradi. San’at asarlari insonning nafosat olamini boyitishga xizmat qiladi. Jamiyatni, hayotni, o‘z-o‘zini anglashni terai o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |