SlideModel Free PowerPoint Templates
II.BOB. JAMIYAT IJTIMOIY TUZILMASIDA MA’NAVIYATNING O‘RNI
Download 274.37 Kb.
|
Диссертация Қодиров тақдимот
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2-§. Ma’naviyat odamning ijtimoiylashuvidagi asosiy omil II.BOB. JAMIYAT IJTIMOIY TUZILMASIDA MA’NAVIYATNING O‘RNI
II.BOB. JAMIYAT IJTIMOIY TUZILMASIDA MA’NAVIYATNING O‘RNI
Bundan 4-5 asr muqaddam Abu Ali Ibn Sino jamiyatda odamlararo tushunchaviy tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muhimligiga e’tiborni qaratgan edilar.Unga ko‘ra, so‘z yoki so‘zlar birikmasidan iborat tushunchalar turli talqin etilishi va har bir talqinda o‘zgacha, hatto ziddiyatli mazmun ifoda qilinib, shunga mos tarzda odamlar o‘rtasidagi munosabatlar turli tomonga og’ib ketishi mumkin ekan. Xususan «odam» va «inson» tushunchalarini olsak, ular o‘rtasida umumiylik bilan birga tafovut ham mavjud. Kundalik hayotda, yani odatiy ongda bu tushunchalar bir mazmunda qo‘llaniladi. Ammo nazariy ongda ular orasida jiddiy tafovut borligini anglash muhim. Professor Ibrohim Karimov ilmiy asarlarida odam bilan inson tushunchasida umumiylikdan tashqari faylasuf olimning fikricha, odam bir xil fiziologik tuzilishdagi mavjudotdir. Unda hayvonlarga xos juda ko‘p unsur (element)lar bor. Jaloliddin Rumiy inson tanasini bir qafasga qiyoslaydi. Professor Ibrohim Karimovning fikricha, «Iymon» so‘zi arabcha «aman» so‘zining o‘zbekcha nikli bo‘lib, u diniy va dunyoviy (falsafiy) dunyoqarash bilan bog‘liqliq, izchil va ta’sirchan mafkura vositasi orqali inson ruhiy olamida muqimlanib, odamning tom ma’noda insonga aylanishiga imkon yaratadi. 2.2-§. Ma’naviyat odamning ijtimoiylashuvidagi asosiy omil II.BOB. JAMIYAT IJTIMOIY TUZILMASIDA MA’NAVIYATNING O‘RNI Jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligi avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosining chuqur o‘rganilishi, xayrli an’analarning tiklanishi, madaniyat va ma’rifat, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat a’zolari tafakkur tarzining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqdir. Hamma vaqtda dolzarb bo‘lib kelayotgan muhim bir yo‘nalish borki, u bevosita inson qalbi va ongining o‘zgarishi bilan bog’liq ma’naviyat sohasidir. Insoning huquq va erkinliklari amalda ta’minlansa, unda tashabbuskorlik, mamlakat taqdiri bilan insonning taqairi o‘rtasida dialektik aloqadorlik borligini chuqur anglashga erishish uchun milliy mafkura oldiga yangi yuksak vazifalar yuklaydi. Xalq ma’naviyatini yuksaltirishda ularning qalbi va ongini milliy va umubashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash hal qiluvchi vazifalardan biridir. Milliy qadriyat, urf-odat, an’ana va marosimlarniig yoshlar tomonidan o‘zlashtirilishi, an’analarning davom ettirilishi, ajdodlar qadrli insoiiy xulq atvorga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zida shakllantirishga jamiyat ma’naviyati rivojiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Milliy qadriyatlar orqali yoshlar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etish uchun adabiyot va san’atning imkoniyatari dan keng ko‘lamda foydalanish kerak. Download 274.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling