SlideModel Free PowerPoint Templates


III.BOB. MA’NAVIYAT, FAN VA TALIM TIZIMI IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI


Download 274.37 Kb.
bet14/17
Sana20.06.2023
Hajmi274.37 Kb.
#1629367
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Диссертация Қодиров тақдимот

III.BOB. MA’NAVIYAT, FAN VA TALIM TIZIMI IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI
Inson ilmi xech qachon borliq haqiqatining oxiriga eta olmaydi. Har qanday bilim va tajribani ma’lum bir metodlardan foydalanib tashkil etamiz. “Metodologiya” tushunchasi voqelikni ilmiy idrok etishning ayni shu muayyan maqsadga qaratilgan mantiqiy tizimini anglatadi. Ma’lumki, ajdodlarimiz - buyuk tasavvuf pirlari - Haqqa etishishning irfoniy yo‘llarini ishlab chiqqanlar va ularni “tariqat” yoki “suluk” deb ataganlar. “Metod” atamasi ham aslida yunoncha “metodos” so‘zidan bo‘lib, “yo‘l”, “haqiqatni anglab yetish yo‘li” ma’nolarini ifodalaydi. Arab tilida bu so‘zning muqobili “tariq” yoki “tariqa” bo‘ladi. “Tariqat” atamasining kelib chiqishi shundan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng, barcha sohalarda yangilanishlar va islohotlar jarayoni boshlandi. Hayotimizning barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur oʻrganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining oʻzgarishi va yuksalishi bilan uzviy bogʻliqdir. Ayniqsa, ma’naviyat sohasida yuz bergan oʻzgarishlar, bu sohada qoʻlga kiritilgan yutuqlar ahamiyatliligi bilan ajralib turadi.
3.1-§. Ma’naviyat, fan va ta’lim tizimining ijtimoiy taraqqiyot tizimida uyg’unlashuvi
III.BOB. MA’NAVIYAT, FAN VA TALIM TIZIMI IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI
Ta’lim bu, jamiyatni yuksaltirishni belgilab beruvchi ijtimoiy institutdir, u ijtimoiy ongni shakllantiradi. Bugungi kunda shuning uchun ta’limga uning istiqboliga katta e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim-tarbiya yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish va istiqbolimizni nurafshon qilish vositasidir.
Ta’lim-tarbiya bu, insonning go‘zal fazilatlarini kamol toptirishiga xizmat qiladigan sohadir. Odamlar har doim insoniylik haqidagi bilimlarga ehtiyoj sezishadi. Ta’lim konsepsiyasida insonning o‘sha ichki ehtiyojini qondirish, uning his-tuygulariga ruhiyatiga, ta’sir etish va tafakkurini kengaytirishga e’tibor beriladi. Ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatida faol ishtirok etishi mushohada qilishning yuksalishi, mehnat jamoalarida yaratish va bunyod etish o‘zini ijodiy namoyon qilishiga imkon yaratiladi. Shuni nazarda tutgan muhtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev: “Ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashgirish zarur” deya bot-bot ta’kidlab o‘tmoqda

Download 274.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling