Soat Tok transformatorlari va relelarning cho‘lg‘amlarini sxemalari Nazariy qim
Download 3.56 Mb.
|
RELE AMALIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 – AMALIY MASHG‘ULOT (2soat)
6– AMALIY MASHG‘ULOT (2 soat)
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarning himoyasini hisoblash va o‘rnatish. Nazariy qism PUE ga asosan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr dvigatellarda quyidagilardan himoyalar o‘rnatiladi: – ko‘p fazali QT dan: – bir fazali QT dan, agar dvigatel neytrali zaminlangan tarmoqda ishlayotgan bo‘lsa; – o‘ta yuklanishdan, agar texnologik jarayonda mexanizmlarda o‘ta yuklanish ehtimoli bo‘lsa, yoki o‘ta qiyin ishga tushirish sharoitida, yoki kuchlanish past bo‘lganda o‘z - o‘zidan qo‘shilishning ishga tushish vaqtini cheklash kerak bo‘lsa; – minimal kuchlanishdan, texnalogik jarayon sharoiti, xavfsizlik yoki javobgarligi yuqori bo‘lgan mexanizmlar dvigatellarini muvaffaqiyatli o‘z – o‘zidan ishga tushishi dvigatellarda o‘z – o‘zidan ishga tushishi ruxsat etilmagan bo‘lsa. Dvigatellarni barcha turdagi QT dan himoyalash uchun saqlagichlar yoki avtomatik uzgichlar (avtomatlar) qo‘llaniladi. Bundan tashqari, avtomatik uzgichlar o‘ta yuklanish va minimal kuchlanishdan himoyani ham amalga oshirishi mumkin. SHularni hisobga olgan holda, bundan tashqari avtomatlar ko‘p marta ishga tushirilishi mumkinligi, javobgarligi katta dvigatellarda va yuklanishda ishlayotgan dvigatellarda avtomatlar o‘rnatiladi. Saqlagichlarni tanlash quyidagi talablardan kelib chiqib amalga oshiriladi: , , bu erda Unom.saq, Inom.saq – mos ravishda saqlagichning nominal kuchlanishi va toki; Isaq.o‘chir – saqlagichning chegaraviy o‘chirish toki; Inom.dvig – dvigatelining nominal toki. Dvigatellar himoyasi uchun saqlagichning eruvchan quymasining nominal toki quyidagi uchta shartdan kattasi tanlanadi: , , (4.13) bu erda, Iper – dvigatelni ishga tushirish toki; kz – zahira koeffitsienti, 1,1–1,25 ga teng deb qabul qilinadi; kper – yuklanish koeffitsienti, yuklanish vaqti 2 – 5 s (engil shart) bo‘lsa 2,5 ga, 5 – 10 s va undan yuqori (og‘ir shart) vaqtda 1,6 – 2 ga teng. Past kuchlanishli dvigatellar va tarmoqlarni himoyasida PN–2 turidagi saqlagichlar ishlatiladi. Ularning xaraktiristkasi xuddi NPN, NPR turidagi saqlagichlarniki kabi bo‘ladi. Avtomatlarning parametrlarini (Ua.nom, Ia.nom, Ia.o‘chir) tanlash xuddi saqlagichlarni tanlash kabi bo‘ladi. Oniy va sabr vaqt bilan ishlaydigan ajratgichning nominal tokini tanlash avtomatning turiga bog‘liq bo‘ladi. A3100 seriyali avtomat uchun elektromagnit (oniy) va sabr vaqtli (issiqlik) ajratgichining nominal toki shunday tanlanadiki, uning qiymati dvigatelning nominal tokidan kam bo‘lmasligi kerak: (4.14) AP25 va AP50 seriyali avtomatlar uchun issiqlik ajratgichining o‘rnatmasi quyidagi shartdan tanlanadi: (4.15) Oniy ishlovchi elektromagnitli ajratgich uchun (4.16) A2000, AV, AVM seriyali avtomatlarning oniy va sabr vaqtli ishlovchi ajratgichining o‘rnatmalari xuddi yuqoridagidek tanlanadi. A2000B, AV, AVM seriyali avtomatlarda oniy ajratgichni o‘rniga 0,2-0,6 s sabr vaqtli elektromagnit ajratgich o‘rnatilishi mumkin (tanlovchan avtomatlar). Saqlagichlar va avtomatlar ishonchli ishlashi uchun dvigatelning chiqishlaridagi QT ning minimal toki eruvchan quyma yoki sekin ishlovchi (issiqlik) ajratgichining nominal tokidan 3 marta katta bo‘lishi kerak, ya’ni: yoki (4.17) Faqat oniy ajratgichi bor avtomatlar uchun (4.17a) YUqoridagi formulaning katta qiymati ajratgichning tokini kichik nominal qiymatiga mos keladi. Neytrali zaminlangan elektr uskunalarda QT dan himoya barcha uchala fazada bajariladi. Neytrali izolyasiyalangan uskunalarda himoya saqlagichlarda bajarilgan bo‘lsa u ham barcha uchala fazada bajariladi, agar himoya avtomatlar bilan amalga oshirilgan bo‘lsa ikkita fazaga o‘rnatiladi AV – 1 1) UA nom = UA nom(tarmoq) = 0,38 kV 2) UA nom > UD nom UD nom = = = 486 A 3) IA uchr > IKT maks IKT maks = 27,085 kA 4) IA nr. nom > ID nom Ma’lumotnomalardan A – 3144 turdagi avtomatni tanlaymiz: IA nom = 600 A Iajr. nom = 500 A IA uchr. = 20 kA Avtomatni ishonchli ishlashini ta’minlash uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: = = 42,4 > 3 Iurn. mag. ajr. > K it * IDnom. = 6*486 = 2916 A (bunda K it – dvigatelni (qo‘shish) ishga tushirish koeffitsienti) Xuddi shunday: Kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan elektr jihozlarni himoyasiga misollar yechish. 7– AMALIY MASHG‘ULOT (2soat) Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling