Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


 Massani o‘rtacha qiymatlari taroziga kiritilgan buyumlar sonini  hisoblash xatoliklari, bitta buyumdan ortiq bo‘lmasligi kerak


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

1.3.2. Massani o‘rtacha qiymatlari taroziga kiritilgan buyumlar sonini 
hisoblash xatoliklari, bitta buyumdan ortiq bo‘lmasligi kerak.  
 
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
1. Analitik tarozilarni qo‘llanilishi. 
2. Analitik tarozilarini qanday turlarini bilasiz? 
3. Analitik tarozilarni ishlash prinsiplari to‘g‘risida gapirib bering? 
4. Analitik tarozilarni qiyoslash usulini so‘zlab bering? 
 
 
 
 
 
 
 
 


61
4-LABORATORIYA ISHI 
 
 
pH- METRLARNI QIYOSLASH
 
Ishdan maqsad: rN–metrlarni ishlash prinsipini o‘rganish va qiyoslash 
usullari bilan tanishish.
Vazifa: Turli eritimalarni o‘lchashni amalga oshirish. Asbobni qiyoslashni 
o‘tkazish. 
Asboblar va uskunalar:  rN–metr qurilmasi va har xil eritmalar.  
Nazariy qism 
pH-metr
—turli xil eritmalarda, suvda, ozuqa maxsulotlarida va xom-
ashyolarda, o‘rab turuvchi muxitdagi ob’ektlarda hamda texnologik jarayonlarni 
uzluksiz nazorat qilishga xos ishlab chiqarish tizimlarida, shu jumladan ishqoriy va 
kislotali muxit ob’ektlarida vodorod ko‘rsatkichi (pH ko‘rsatkichi) ni o‘lchash 
uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobidir(4.1-rasm). Shu bilan birga, pH-metr 
eritmalarni taxlil qilish, xossalarini o‘rganish va monitoringini olib borishda, 
hamda modda tarkibidan toza uran va plutoniyni ajratib olishda qo‘llaniladi. 
 
 
 
 
4.1-rasm. Laboratoriya uchun mo‘ljallangan
pH–metrni umumiy ko‘rinishi. 


62
pH-metrni ishlash prinsipi eritmadagi vodorod ionlarini pH
vodorod 
ko‘rsatkichi faolliklariga proporsional bo‘lgan elektrod tizimidagi elektr 
yurituvchi kuch qiymatini o‘lchashga asoslangan. O‘lchash sxemasi, mazmuniga 
ko‘ra, ma’lum bir elektrod tizimi uchun (odatda o‘lchab beruvchi elektrod –
shishali, yordamchi elektrod - xlor kumushli).
Asbobni kirish qarshiligi juda yuqori bo‘lishi kerak – kiruvchi tok esa 10
−10 

dan ortiq bo‘lmasligi (yaxshi asboblarda 10
−12
A dan kam) kerak. bu esa zondni –
shishali elektrod – zondning ichki qarshiligi yuqori bo‘lganligi uchun kirishlar 
orasidagi izolyasiya qarshiliklari 10
11 
Om dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu o‘lchash 
asbobi pH-metrni sxemasiga bo‘lgan asosiy talablar hisoblanadi.
Ilgari eritmalarni pH-ko‘rsatkichi yoki ularni elektr yurituvchi kuch qiymati 
potensiometr va sezgir galvonometrlar yordamida kompensatsiya usuli bilan 
o‘lchangan. Sxema muvozanatda bo‘lganda tok galvanometr orqali oqib 
o‘tmaydi, va yuklanish elektrodlarga ta’sir etmaydi – potensiometr shkalasi 
bo‘yicha elektr yurituvchi kuchni to‘g‘ri hisoblab chiqiladi. Xuddi shunday 
yo‘sinda ballistik galvanometrli usul qo‘llanilgan. Avval elektrodlardan 
kondensator zaryadlanadi, keyin u galvanometr ramasida zaryadsizlanadi, bunda 
maksimal og‘ishlari kondensator zaryadiga, binobarin kuchlanishga propotsional 
bo‘ladi.
Keyinchalik elektron lampalari asosida ishlovchi kuchaytirgichli asboblar 
paydo bo‘ldi. Maxsus bo‘lgan («elektrometrik») lampalar pikoamper tartibidagi 
tok oqib o‘tuvchi to‘rga ega, bu esa katta kiruvchi qarshiliklarni olishga imkon 
beradi. Bunday sxemalarning nuqsonlari bo‘lib, katta dreyf va muqarrar 
urinishlaridan kalibrovkani chiqishi va lampaning tavsiflarini o‘zgarishlari 
hisoblanadi.
Dreyf muammolarini va bir vaqtni o‘zida yuqori kirish qarshiligini xal etish, 
modulyator – demodulyator prinsipida qurilgan, kuchaytirgichli kompesatsion 
sxemalarga imkon berdi. Mexanik bo‘lgan kalit (vibro qayta hosil qiluvchi)
navbatma-navbat uncha katta bo‘lmagan kondensatorni kirish va teskari 
aloqadagi zanjir bilan birlashtiradi. Agar ularda doimiy kuchlanish farqlansa


63
unda kondensator orqali uncha katta bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok oqib o‘tadi va u 
kiruvchi lampani to‘rli rezistorida o‘zgaruvchan kuchlanish yaratadi.
Keyinchalik tokni uzilib-uzilib turishlari bir qancha pog‘onalar bilan 
kuchaytirib turiladi, va sezuvchan demodulyator fazasiga qadam qo‘yadi (oddiy 
xolatda- elektromagnit birinchisini elektromagnitiga parallel ulangan xuddi 
shunday vibro qayta hosil qiluvchi). CHiqishda kirishdagi kuchlanish farqlariga 
proporsional bo‘lgan kuchlanish hosil qilinadi. Teskari aloqa zanjiri (rezistivli 
bo‘luvchi) kuchaytirgichni kirishlarida kuchlanishning nol bo‘lgan farqlarini 
quvvatlab turish uchun umumiy kuchlanish koeffitsientini beradi. Bu sxema 
dreyfdan xoli bo‘lib uning kuchaytirish koeffitsienti lampaning eyilish darajasiga 
deyarli bog‘liq emas. Bunday xollarda lampalarni o‘ziga ham qo‘yiladigan 
talablarni pasaytirish mumkin, ya’ni, qimmat bo‘lgan elektrmagnitli lampalar 
o‘rniga ommaviy qabul-qiluvchi kuchaytirgichli lampalarni qo‘llash mumkin. 
Masalan: “pH-340” pH-metr o‘lchash asbobi xuddi shunday lampa asosida 
ishlaydigan o‘lchash asbobi hisoblanadi.
Keyingi modellarda kontaktli qayta hosil qiluvchi o‘rniga dinamik 
kondensatorlar, keyinroq esa yorug‘lik impulslari (masalan ionomer EV-74) bilan 
amalga oshiriladigan fotoqarshiliklarga kalitlar qo‘llanilib borildi, kirishdagi 
lampa esa tranzistorlar bilan almashtirildi.
Hozirgi paytda ko‘pgina prezitsion, MOP-tranzistorli kirishi bo‘lgan 
operatsion kuchaytirgichlar, va oddiy ATSPlar ham kirish qarshiliklariga 
qo‘yilgan talablarni qondiradi. Elektr yurituvchi kuchni o‘lchaydigan elektrodli 
sistemalar haroratga kuchli bog‘liq bo‘lganligi tufayli, ular uchun 
termokompensatsiyali 
sxema 
muhim 
hisoblanadi. 
Dastavval, 
teskari 
bog‘lanishdagi murakkab ko‘prikchali sxemaga qo‘shilgan qarshilikni mis 
termometrlari yoki simobli termometr bilan o‘lchash qo‘llanilgan, harorat 
qiymatlari dastak bilan mexanik ko‘rinishda o‘rnatilgan va uning harorati simobli 
termometr yordamida o‘lchangan. Bunday sxemalar katta miqdorda rezisitorlarga 
ega bo‘lib ularni sozlash hamda kalibrovka qilish murakkab hisoblagadi. Hozirgi 


64
vaqtda harorat ko‘rsatkichlari alohida bo‘lgan ATSP da ishlatiladi, barcha lozim 
bo‘lgan taxrirlarni mikrokontroller yordamida kiritiladi. 
Kuchlanishning pH qiymatlariga taxminiy bog‘liqligi (shishali va xlor 
kumushli elektrod bo‘lgan tizimlar uchun) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
- ko‘pgina zamonaviy bo‘lgan shishali elektrodlarni shunday tayyorlaniladiki, 
xlor kumushli elektr yurituvchi kuch juftligida, pH = 7, ya’ni neytral muhitda 
bo‘lganda taxminan nolga teng bo‘ladi.
-asosiy (ishqoriy) pH da (biroq, odatda, shishali elektrodlar uchun chegara -14 
dan oshmaydi) datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan −0,41 V gacha (14-7) 
−0,059 = −0,41) oraliqda bo‘ladi. Masalan, pH 10 (neytraldan 3 birlik yuqori), 
(10-7) −0,059 = −0,18V. 
- kislotali rN da, datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan +0,41V gacha oraliqda 
bo‘ladi. Masalan, pH 4 (neytraldan 3 birlik past), (3-7) −0,059 = +0,18V. 
Bufer eritmalar bo‘yicha kalibrovka qilishda ikkita asosiy sozlash bajariladi:
pH ni ma’lum bo‘lgan aniq qiymati bilan – nolni kuchaytirish va siljitish tiklik 
xarakteristikalari o‘rnatiladi. Xuddi shunday ravishda izopotensial deb ataluvchi 
nuqta (pH va, Ei) —pH qiymati va unga muvofiq bo‘lgan elektr yurituvchi kuch 
sozlanadi, bunda elektr yurituvchi kuch tizimi haroratga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Zamonaviy elektrod tizimlarni (kuchli kislota va ishqorlar uchun maxsus
elektrodlar bundan mustasno qilinadi) +/- 50mV oraliqlardagi elektr yurituvchi 
kuch va pH = 7 atrofida bo‘lgan izopotensial nuqtada qilinadi. Ushbu tavsiflar 
shisha elektodlarni har bir turi uchun ko‘rsatiladi.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling