Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlamchi qiyoslash
3.2-rasm. Elektron torozilarini umumiy ko‘rinishlari Reyterli analitik torozilarga qo‘shimcha beriladigan mayda qadoq toshchalarining termasi massalari 100 g dan 10 mg gacha bo‘lgan toshchalardan tashkil topgan. Mayda qadoq toshchalariga qaraganda ancha katta massalarni 54 tortish uchun torozilar reyter bilan, ya’ni simli qadoq toshcha bilan ta’minlangan bo‘lib uni torozi shayinining elkalaridan biriga o‘tkazish qulay. SHayinni har bir elkasini usti 10 qismga bo‘lingan. Reyterlar 1 yoki 10 mg og‘irliklarda tayyorlanadi. 1ta bo‘linmaga osilgan xolda, reyter shayinda amal qiluvchi pallaga qo‘yilgan 1 mg yuklanmaga ekvivalent xolatni yuzaga keltiradi; agar reyter ikkinchi bo‘linmaga osilgan bo‘lsa, unda 2 mg ga ekvivalent va x.k. Reyterni osish va siljitish torozilar qutisini o‘ng devori orqali tushirilgan, maxsus harakatlanuvchi sterjen bilan o‘tkaziladi. Sterjen reyterni quloqlari ilintiriladigan ilmoq bilan nihoyalanadi. Tarozilarni qiyoslashning ikki usuli amal qiladi: Birlamchi qiyoslash – torozilarni (qadoqlash toshchalari) ishlab-chiqarishda yoki ta’mirlashdan keyin yoki import bo‘yicha keltirishda o‘tkaziladi; Davriy qiyoslash – unga foydalanilayotgan barcha torozilar (qadoqlash toshchalari) jalb qilinadi, bunday qiyoslashni davriyligi – yiliga 1 marotaba. Lozim bo‘lgan tayyorgarchiliklardan keyin tarozilarni qiyoslash o‘tkaziladi. Siz foydalanishga yaroqli bo‘lgan torozini olasiz va Sizga sizni tarozingizni metrologik tavsiflari va boshqa parametrlarini, tashqi ko‘rinishini ham qo‘shib olganda, talablarga javob bermasligi tufayli yaroqsizlantirishi mumkin bo‘lgan vakolatlangan metrologik organga borish uchun o‘z vaqtingizni sarflashni keragi bo‘lmaydi. Qiyoslashni berilgan massani aniqlik bilan o‘lchab beruvchi etalon qadoq toshchalari yordamida amalga oshiriladi. Aniqligi har xil bo‘lgan sinfga xos bo‘lgan og‘irliklar uchun toshlarni xilma-xil termasidan foydalaniladi: analitik torozilarga-1 mg dan va savdo-sotiq uchun 10 kg gacha. Torozilarni qiyoslashni uch etapda amalga oshiriladi: - birinchi etapda qiyoslash yuklanishsiz o‘tkaziladi va tarozilarni to‘g‘ri o‘rnatilganligi ko‘rikdan o‘tkaziladi va ularni mo‘ljallangan yuklanishlarga munosabatlari kuzatiladi; 55 -ikkinchi etapda tarozi pallasi platformasining chetki va markaziy qismlariga maksimal maksimal tortilishi mumkin bo‘lgan yuklamaning 1/10 massasiga ega bo‘lgan namunavaiy qadoq toshchalarni qo‘yish orqali tekshiriladi; - uchinchi etapda ularni maksimal yuklatilishida torozilarni aniqligi tekshiriladi, bunda qadoq toshchalar platforma markaziga qo‘yiladi. Agar torozilar qiyoslashdan o‘tsa va talabga to‘liq javob bersa, unda Davlat metrologik xizmatini vakili guvohnoma rasmiylashtiradi va moslama uchun o‘ziga xos qiyoslash sertifikati beriladi, taroziga esa maxsus tamg‘a bosiladi. Agar tortib ko‘rishdagi olingan ma’lumotlar pasportida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga to‘g‘ri kelmasa, egasiga moslamani yaroqsizligi xaqida xabarnoma beriladi, unda tarozi kalibrovkalanishi yoki ta’mirlanishi lozimligi ko‘rsatiladi. Qiyoslashdan yaxshi o‘tgandan keyin guvohnoma (sertifikat) moslama egasiga beriladi, tarozini o‘zida esa - tamg‘a qoladi. Analitik torozilarda chegaralangan og‘irlikdan ortiq bo‘lgan jismlarni tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu chegaraviy cheklanishlar torozilarni o‘zida yoki ularni pasportda ko‘rsatiladi, yoxud ilova qilingan barcha mayda qadoq toshlarni jamlanma og‘irligi sifatida aniqlanishi mumkin. Ishlashda qulay bo‘lishi maqsadlarida ADK-200-M tarozilari dempfer (tebranishni pasaytiruvchi qurilma) bilan ta’minlangan bo‘lib, u shayinning tebranishlarini so‘ndirishni shunchalik oshiradiki, milni harakatlanishi davriylashadi va u muvozanat holatda tebranib turmaydi, aksincha unga sekin yaqinlashib boradi hamda unga harakatlangan tomondan uni yaqinida to‘xtaydi. Ushbu tarozilarda reyter mavjud emas. Tarozilari ularga qurilgan 10 dan 1210 mg gacha bo‘lgan milligrammdagi mayda qadoq toshlar bilan ta’minlangan, ular tarozilarni o‘ng pallasi zirkiga maxqamlangan. Toshchalar bilan boshqarish tarozi g‘ilofidan o‘ngda joylashgan aylanuvchi limba yordamida, dastaklar orqali amalga oshiriladi. Ichki limbani aylanishida o‘nlab mg larning, tashqi limbani aylanishida esa yuzlab mg larning irg‘itish yoki tushirib qoldirilishi bo‘lib o‘tadi. Tarozilar mili o‘zini quyi nixoyalarida ikkala tomoniga 0 dan 10 mg gacha 56 hisoblangan shkala bilan ta’minlangan. Optik qurilma yordami bilan mikroshkala tarozi ustuni oldidagi ekranga proeksiyalanadi. Elektron tarozilarida tortib ko‘rish jarayoni tortiladigan yukni va qiymati torozini blokidagi xotirada saqlanadigan etalon kalibrovka yukni qiyyoslashdan iborat bo‘ladi. O‘lchash prinsiplariga qarab elektron tarozilari tenzotorozlar yoki elektromagnit tizimidagi tarozilar bo‘lishi mumkin. Eng oddiy elektron tarozi bo‘lgan –tenzotarozili tortib ko‘rishlar, torozi pallasiga bog‘langan egiluvchan jism kuchlanishini o‘lchash vositasida bo‘lib o‘tadi. Elektromagnit tizimidagi tarozilar – bu dastaklar va prujinalarning murakkab tizimlari orqali tortiladigan yukni muvozanatlantirish asosan elektromagnit g‘altak va undan o‘tuvchi tokni o‘lchash yordamida amalga oshiriladigan tarozilardir. Bunday tarozilar uzoq muddatli foydalanishlarga ega, chunki ularda mexanik qismlari deyarli harakatlanmaydi - tarozilar har vaqt muvozanat xolatda bo‘ladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling