Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
E l a t m a
– Bufer eritmalarni va attestatsiyalangan aralashmalarni bevosita o‘lchashlarni o‘tkazishdan oldin tayyorlanadi. 4. O‘lchashning yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegaralari 0,03 rN dan kam bo‘lmagan asboblarni qiyoslashda 1 toifadagi standart-titrlardan tayyorlanadi, o‘lchashning yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegaralari 0,1 rN dan kam bo‘lmagan asboblar uchun buferli eritmalar - 2- toifadagi rN ishchi etalonlardan foydalaniladi. O‘lchashning yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegaralari 0,1 rN dan oshiq bo‘lganda buferli eritmalar- 3 toifadagi rN ishchi etalonlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Qiyoslashni o‘tkazish Tashqi ko‘rik. Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda ko‘z bilan quyidagilar tekshiriladi: - EXga muvofiq xolda asbobning butlanganligi (IP, elektrodlar, biriktiruvchi simlar); - asbobga EXda uni metrologik tavsiflarining mavjudligi; - aalohida tok manbaining mavjudligi (lozim bo‘lganda); 69 - korpusni, elektrodlarni, birlashtiruvchi simlarning (kabellarni) butunligi, asbobni me’yorda ishlashiga xalaqit beruvchi mexanik shikastlanishlarni yo‘qligi; - biriktiruvchi va uyachalarni tozaligi va butunligi; - EXga muvofiq holda aniqlik va markalashni to‘g‘riligi (asbobni ifodasi, tayyorlovchi korxonani nomi yoki maxsulot belgisi, IP zavod raqami, elektrodlarni zavod raqami, yoqib-o‘chirgichlarni, biriktiruvchilarni, uyachalarni va qisqichlarn ifodalanishi). Foydalanishni murakkablashtiruvchi nuqsonlar mavjudligida yaroqsizlantiriladi va keyingi qiyoslashlarga qo‘yilmaydi. 4.2-rasm. rN-metrlarni qiyoslash uchun qurilma: 1 –suvli termostat ; 2 - etalon termometr; 3 - buferli eritmali stakan - rN ishchi etalon bilan (attestatsiyalangan aralashmali); 4 – asbob tarkibidagi taqqoslash elektrodi (yordamchi elektrod);5 asbob tarkibidagi o‘lchovchi (shishali yoki ionoselektiv bo‘lgan) elektrod; 6 - asbob tarkibidagi o‘lchovchi qayta hosil qiluvchi; 7 – birlashtiruvchi kabelli termokompensator Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling