Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- sharoitlari va unga tayyorgarlik
Xavfsizlik talablari
Qiyoslashni o‘tkazishda qo‘llaniladigan qiyoslash vositalari va qiyoslanayotgan spektrofotometrning foydalanishga oid xujjatlarini o‘ziga xos bo‘limlarida nazarda tutilgan xavfsizlik talablariga rioya qilish shart. Qiyoslovchilarning malakasiga qo‘yiladigan talablar Qiyoslashni o‘tkazishga, o‘rnatilgan tartibda qiyoslovchi sifatida attestatsiyadan o‘tkazilgan, ushbu standartni va qiyoslash vositalarini qo‘llashga oid foydalanish xujjatlari hamda spektrfotometrlarni o‘rganib chiqqan va texnika xavfsizligi bo‘yicha malaka talablarini topshirgan shaxslar qo‘yiladi. Qiyoslash sharoitlari va unga tayyorgarlik 1. Qiyoslashni o‘tkazishlarda quyidagi sharoitlarga rioya qilish lozim: - o‘rab turuvchi havo harorati , °S 20 ±5; -havoning o‘rtacha namligi, % 60 ±10; - atmosfera bosimi 84...107; 83 - elektr ta’minoti to‘ridagi kuchlanish, V 220 ± 22; - elektr ta’minoti to‘ridagi chastota, Gs 50 ±0,5. 2. Issiqlik nurlanishi manbalari spektrofotometrga yaqin masofalarda ishlatish mumkin emas. Bunday manbaalar o‘lchash asbobidan kamida 1,5 m masofada ishlatish uchun ruxsat beriladi. 3. Spektrofotometr erga tutashtirilgan bo‘lishi lozim (erga ulanish). 4. IKS-24 va IKS-29 turlaridagi spektrofotometrlarni dastlabki qizdirish vaqti 45 minutdan kam bo‘lmasligi zarur, IKS-22, IKS-22A va IKS-22V – turlarida esa 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. 5. Qiyoslash vositalari va ular uchun kerak bo‘ladigan eritmalar ularni foydalanishga oid xujjatlariga muvofiq holda tayyorlanadi. Qiyoslashni o‘tkazish 1. Tashqi ko‘rik Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda quyidagilar ko‘proq e’tibor beriladi: - spektrofotometrning butlanganligini ma’lum turdagi spektrofotometrning pasport ma’lumotlariga muvofiq kelishini to‘liq tekshirib chiqiladi. Davriy qiyoslashlarda, IKS-22, IKS-22A, IKS-24 va IKS-29 spektrofotometrlari uchun polistirol plenkasidan tashqari, ZIP (o‘lchash asbobining zahiradagi qismlari) mavjud emasligiga yo‘l qo‘yiladi; - shkala va boshqarish organlarida aniq yozuvlar va belgilarning mavjudligi; - markirovkani makvjudligi (korxona –tayyorlovchining nomi va tovar belgisi, spektrofotometr turi va raqami). Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling