Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


 Halaqitlovchi nurlanishni darajasini aniqlash


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

5. Halaqitlovchi nurlanishni darajasini aniqlash


88
5.1. Xalaqitlovchi nurlanishni darajasini ajratilgan spektral diapazonda 
nurlanishni to‘liq yutilishida spektrofotometrda nur o‘tkazish koeffitsienti 
bo‘yicha aniqlanadi. 
5.2. Solishtirish kanaliga nur o‘tkazish koeffitsienti 10% bo‘lgan
fotometrik sektorli disk o‘rnatiladi. Keyin o‘lchash kanaliga navbatma-navbat
NPS-IKS termasidagi filtrlar o‘rnatiladi va ularni nur o‘tkazish koeffitsienti 
o‘lchanadi va yozib olinadi.
YOzish sharoitlari va filtrlarni turlari D ilovada keltirilgan.
Xalaqitlovchi nurlanishni darajasini tavsiflovchi eng ko‘p olingan nur 
o‘tkazish koeffitsienti, ko‘p bo‘lmasligi kerak:
- IKS-22 turdagi spektrofotometr uchun 2500…800 sm
-1 
diapazonida - 2%
va - 800...650 sm
-1 
diapazonida 5%; 
-IKS-22A turdagi spektrofotometrlar uchun 2500…2000 sm
-1
diapozonida 
2% va 2000...1250 sm
-1 
diapazonida esa 3%; 
- IKS-22V turdagi spektrofotometr uchun barcha spektral diapazonlarida 
3%; 
- IKS-24 turdagi spektrofotometr uchun 2500...800 sm
-1
diapazonida 1%
va 800…400 sm
-1
diapazonida esa 2%; 
- IKS-29 turdagi spektrofotometr uchun 2500...1000 sm
-1
spektral 
diapazonida 1.5% , 1000…500 sm
-1
spektral diapazonida 2% va 500...400 sm
-1
spektral diapazonida esa 3%. 
 
6. Spektrofotometrni absolyut xatoliklarini aniqlash 
6.1. 
Spektrofotometrni 
absolyut 
xatoliklarini 
ishonchlanayotgan 
spektrofotometr yordamida aniqlangan fotometrik sektorli disklarni nur o‘tkazish 
koeffitsienti va ularni haqiqiy qiymatlari orasidagi eng katta farqlar asosida 
aniqlanadi.
Absolyut xatoliklarni nur o‘tkazish koeffitsienti diapozonining to‘qqizta
har xil nuqtalarida aniqlanadi.


89
1.2. Disklarni nur o‘tkazish koeffitsientini o‘lchashdan avval muayyan 
tipdagi spektrofotometr xujjatlarida ko‘rsatilganlarga mos keluvchi sharoitlarda
barcha spektral diapozonlarda nur o‘tkazish koeffitsientiga 100% muvofiq 
keluvchi chiziqlar yoziladi.
1.3. Ushbu chiziqni nur o‘tkazish koeffitsientini blankidagi 100% mos 
keluvchi chiziqlardan chetlashishlari - IKS-22, IKS-22A va IKS-22V tiplaridagi 
spektrofotometrlar uchun 2% dan ko‘p bo‘lmasligi; IKS-24 va IKS-29 tiplaridagi 
spektrofotometrlarda esa 1% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda atmosferadagi 
suv bug‘lari va uglerod dioksidini yutilish chiziqlari: 3900 dan 3500 sm
-1 
gacha, 
2400 dan 2300 sm
-1 
gacha, 1800 dan 1350 sm
-1 
gacha, 720 dan 660 sm
-1
gacha va
400 dan 200 sm
-1
gacha bo‘lgan spektral diapozonlarda me’yordagi qiymatlaridan 
1,5% gacha oshishiga ruxsat etiladi.
1.4. 6.2 
bandda 
ko‘rsatilgan spektral diapazonlardan tashqari
spektrofotometrning spektral diapozonini bitta to‘lqin soni qiymati uchun,
berilgan xujjat asosida 100% ko‘rsatkichi o‘rnatiladi. Navbatma-navbat dvigatel 
o‘qiga to‘qqizta fotometrik sektorli disklar o‘rnatiladi, ularni o‘lchovchi kanalga 
kiritiladi hamda nur o‘tkazish koeffitsientlari o‘lchanadi. Fotometrik sektorli 
disklardan olingan - nur o‘tkazish koeffitsientlari va ularni haqiqiy qiymatlari 
orasidagi farqlar hisoblab chiqiladi.
1.5. Spektrofotometrni 
yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan absolyut 
xatoliklarini chegarasini tavsiflovchi eng katta farq – 1% dan ortiq bo‘lmasligi 
kerak.
1.6. To‘lqin sonini bitta qiymati uchun spektral diapazonni har xil 
nuqtalarida nur o‘tkazish koeffitsienti, 50% haqiqiy qiymatlarda besh marta 
o‘lchanadi. Eng katta va eng kichik ko‘rsatkichlarni farqlari aniqlanadi.
Ko‘rsatkichlar qamrovi -1% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling