Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoslash shartlari va unga tayyorgarlik
Qiyoslash uslubi Xavfsizlik talablari Qiyoslashni o‘tkazishda ishonchlayotgan konduktometrga va qiyoslash vositalariga oid foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga muvofiq xavfsizlik choralariga rioya qilinadi. Qiyoslash eritmalari bilan ishlar o‘tkaziladigan xona GOST 12.1.004. talablariga binoan, yaxshi moslashtirilgan –havo tortishga moslashtirilgan shamollatish tizimi va va tortuvchi shkaflar bilan jixozlangan bo‘lishi kerak. Qiyoslash eritmalari bilan ishlashda soxaga oid belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy me’yorlar bo‘yicha induvidual himoya vositalari qo‘llaniladi. Qiyoslash eritmalari bilan o‘lchash ishlari o‘tkaziladigan xona oquvchi ichimlik suvi o‘tkazgichi (krani bilan) bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Foydalanilgan qiyoslash eritmalari faqatgina qopqoqli bo‘lgan maxsus tayyorlangan idishlarda saqlanishi kerak. Qiyoslash eritmalarini umumiy bo‘lgan oqava to‘riga (kanalizatsiyaga) quyishga yo‘l qo‘yilmaydi. 94 Qiyoslash shartlari va unga tayyorgarlik Qiyoslashni o‘tkazishda GOST 8.395 bo‘yicha me’yordagi sharoitlar saqlanishi kerak: -o‘rab-turuvchi havoni harorati 15 °S dan 25 o S gacha; -havoni nisbiy namligi 30 % dan 80 %gacha; -atmosfera bosimi 84 dan 106 kPa gacha; -ta’minotni kuchlanishi (220 ± 4.4) V bo‘lishi kerak. Qiyoslashni o‘tkazishdan avval quyidagi ishlar bajariladi: - Davlat standarti ilovasida keltirilgan uslub bo‘yicha, qiyoslashda butun o‘lchash hajmlarini o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan miqdorlardagi qiyoslash eritmalarini tayyorlash; - termostat va chiqariladigan termostatlashtiruvchi vannani o‘zaro quvur o‘tkazgichlar bilan birlashtirish va distillangan suv bilan to‘ldirish; - qiyoslash vositasi va qiyoslanayotgan konduktometrlar ularning foydalanishga oid qo‘llanmalarga muvofiq holda ishga tayyorlanadi va shu jumladan profilaktik xizmat ko‘rsatish chora-tadbiri sifatida qiyoslanayotgan konduktometrni tekshirish va sozlash amalga oshiriladi; - konduktometrik qayta hosil qiluvchi chiqishlariga o‘ziga xos asboblar ulanadi; - termostatga talab qilingan harorat beriladi va uni yoqildi; - qiyoslash vositasi va qiyoslanayotgan konduktometrlar foydalanishga oid qo‘llanmada ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida, ya’ni yoqilgandan keyin 30 minutdan kam bo‘lmagan muddat davomida qizdiriladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling