Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifa
- Nazariy qism Konduktometr
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Spektrofotometrlarni ishlash prinsiplari to‘g‘risida gapirib bering? 2. Spektrofotometrlarni turlari va tiplari haqida gapirib bering? 90 3. Spektral ajratish qobiliyati, spektral diapazon kabi tushunchalarni tushuntirib bering? 4. Spektrofotometrlarni qo‘llanishsh soxalari? 5. Eritmaning nur o‘tkazish koeffitsienti deb nimaga aytiladi? 6. Eritmaning optik zichligi deb nimaga aytiladi? 91 6-LABORATORIYA ISHI KONDUKTOMETRLARNI QIYOSLASH Ishdan maqsad: Konduktometrlarni ishlash prinsiplari va qurilmalar yordamida o‘lchash usullarini o‘rganish. Qiyoslash uslubi bilan tanishish. Vazifa:Uslubiyatga muvofiq holda konduktometrni qiyoslash va qilingan laboratoriya ishi haqida xulosa yozish. Asbob va uskunalar: Mark 601 portativ konduktometri. Turli moddalarning har xil konsentratsiyadagi eritmalari. “Mark 601” portativ konduktometri eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchashda farmatsevtikada, oziq-ovqat sanoatida, biotexnologiyada va kimyo sanoatida keng miqyosda qo‘llaniladi. Nazariy qism Konduktometr — elektrolitlarning elektr o‘tuvchanligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobi hisoblanadi. (suvli va suvsiz eritmalar, kolloid sistemalar, eritmalar, kattiq maxsulotlar va h.k.) (6.1-rasm). Konduktometrik taxlil elektrodlararo kengliklarda muhitning maxsulot yoki moddalarning kimyoviy konsentratsiyalaridagi o‘zgarishlariga asoslangan, u odatda muvozanat qiymatiga yaqin bo‘lgan edektrodni potensialiga bog‘liq emas. Konduktometriya doimiy va o‘zgaruvchan (past va yuqori chastotadagi) toklarni qo‘llash bilan taxlilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullarini (masalan, tuz miqdorini o‘lchashlarda foydalaniladigan) va bilvosita usullar (masalan, gazga oid taxlillar), shuningdek xronokonduktometriyani, quyi chastotali va yuqori chastotali titrlashni o‘z ichiga oladi. Konduktometrni ishlash prinsipi suvni elektr o‘tkazuvchanligini (asbobni elektrodlari yaratgan doimiy elektr maydonidagi tok kuchi) suvda eritilgan tuzlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqliklariga asoslangan. Tuzlar, kislotalar, asoslarni eritmalaridagi modda konsentratsiyasini aniqlash, ba’zi bir sanoat eritmalarini tarkibini nazorat qilishda keng miqyosda qo‘llaniladi. 92 Konduktometr o‘zida kichik o‘lchamlardagi mikroprotsessorli asbobni mujassam etadi va solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni nazorat qilish qulay bo‘lishi uchun konduktometrda solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni absolyut qiymatlarini 25 o S da solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikga keltiruvchi haroratga xos kompensator bo‘ladi. Konduktometrda haroratga xos kompensatorni o‘chirish bilan erishiladigan, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni absolyut qiymatini o‘lchash rejimi nazarda tutilgan. Konduktometr quyidagilarda qo‘llaniladi: - distillangan suvni sifatini baholashda; - tuproq sho‘rlanishini baholashda; - konduktometrik titrlashda va hokazolar. Ixchamlashtirilgan konduktometr –ko‘chirilib yuriladigan asbob, laboratoriya, ishlab chiqarishda yoki dala sharoitlarida maxsulotni elektr o‘tkazuvchanligini konsentratsiyaga bog‘liqligini tezlikda nazorat qilishga mo‘ljallangan. Laboratoriya konduktometri –ilmiy laboratiriyada mahsulotni tadqiq etish uchun 6.1-rasm. Ko‘chirilib yuriladigan konduktometrlar 93 va ishlab-chiqarish laboratoriyalarida texnologik jarayonlarni davriy nazorat qilish uchun stol ustiga mo‘ljallangan o‘lchash asbobi hisoblanadi (6.2 va 6.3-rasmlar). 6.2-rasm.Laboratoriya konduktometri Conductivity Meter 703 6.3-rasm.Laboratoriya konduktometr Mettler Toledo S30 Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling