Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- E s l a t m a
E s l a t m a – Agar asbob ko‘p kanalli bo‘lsa, unda qiyoslashga barcha o‘lchanadigan
kanallar jalb qilinadi. 5. rX o‘lchashlarning asosiy yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar chegarasi 1- 4 bandlarda ko‘rsatilgan usul bo‘yicha aniqlanadi, bunda bufer eritmalar o‘rniga 3 banddagi ko‘rsatmalar asosida tayyorlangan ishchi etalon attestatsiyalangan aralashmalardan foydalaniladi. Haroratni o‘lchashning asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarini chegaralarini aniqlash 72 1. Nazorat qilinayotgan vositalarning haroratlarini o‘lchashni asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralari ishonchlanayotgan asbobni harorat shkalasini 0, 20, 40, 60, 80, 100°S belgilarida, uni ko‘rsatkichlarini etalon termometr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda aniqlanadi. E s l a t m a – SHkaladagi belgilarni miqdori qiyoslanayotgan asbobni haroratini o‘lchashni real diapozonidan kelib chiqib ko‘paytirilishi yoki kamytirilishi mumkin, biroq bunda qiyoslanayotgan asbobni o‘lchash diapozonini boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari qo‘shib qo‘yilishi kerak. 2. Nazorat qilinayotgan vositalarning haroratlarini o‘lchashni asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarini chegaralari quyidagi uslubda aniqlanadi: 2.1. Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ko‘rsatmasiga muvofiq haroratni o‘lchash rejimida asbobni sozlash (darajalashtirish) amalga oshiriladi. 2.2. Termokompensator va termometrni 25 mm dan kam bo‘lmagan chuqurlikka (yoki EX talablariga muvofiq), suv bilan aralashtirilib turuvchi termostatlashtirilgan stakanga botiriladi, suv shkalani qiyoslash belgisidagi haroratda bo‘lishi kerak. 2.3. Uch minut muddat davomida o‘lchash asbobi turg‘un muvozanat xolatiga kelgandan keyin termometr va asbob ko‘rsatkichlari qayd etiladi. 3. Nazorat qilinayotgan vositalarning haroratlarini o‘lchashni asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarini chegaralari t E quyidagi formula orqali hisoblanadi: t E = t o‘zg - t et , (2) bunda t o‘zg – asbob bilan o‘lchanadigan suvning harorati, °S; t et - etalon termometrom bilan o‘lchanadigan suvning harorati, °S. 4. Agar qiyoslanayotgan asbobning harorat shkalasini har bir tanlangan belgisida hisoblab chiqilgan t E qiymat EX da ko‘rsatilgan o‘lchashni yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegarasidan oshmasa, asbobni qiyoslash ishlari davom ettiriladi. Agar o‘lchash bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegarasidan oshib ketsa, o‘lchash asbobi ishlatish uchun yaroqsiz deb topiladi va keyingi qiyoslash o‘tkazilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling