Sodda gap nutqiy sathda
Sodda gaplar shakllanishidagi omillar
Download 147.5 Kb.
|
Sodda gap nutqiy sathda
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Gapning shakllanishida morfologik omil
1.2. Sodda gaplar shakllanishidagi omillar
Sodda gaplarning shakllanishida uch xil omil muhim rol o’ynaydi. 1.Sodda gapning shakllanishidagi leksik omil. Fikr tushunchalarsiz bo’lmaganligi bois sodda gap asosida ham, avvalo so’z yotadi. Zero, sodda gap asosidagi atov birlik – voqealangan leksemadir. Leksemaning guruhlanishida ham yetakchi omildan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyat yotish bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo’laklari va so’z munosabati ustuvor masaladan biri. Gap bo’laklari turli mustaqil so’z turkumi bilan ifodalanevaradi. Biroq har bir gap bo’lagi uchun ma’lum bir so’z turkumi ko’proq xoslangan boladi – semantik va Grammatik xossalari bilan ma’lum bir gap bo’lagi vazifasida mos so’zlar bor. Masalan, “kesim vazifasida kelish uchun ko’proq fe’l xoslangan” (I.I.Meshchaninov.) Ega, to’ldiruvchi vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so’z keladi. Bu so’z turkumlarining umumiy ma’naviy tabiati va grammatik xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko’proq tobe bo’lak (ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelovchi vosita bo’libkelishik qo’shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko’proq xoslanganligi bilan belgilanadigan “aldamchi” tasavvurlardir. Aytilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkin : har bir so’z turkumi muayyan gap bo’lagi vazifasiga ko’proq xoslangan bo’lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so’zlari ham kelaverganligi kabi, ma’lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shuning uchun ham so’zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bo’lagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo’lmagan asos vazifasini o’taydi. 2.Gapning shakllanishida morfologik omil. Gapni so’z, so’z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko’rsatkichi – kesimlik qo’shimchalar bilan shakllanganligi . Zero, eng “ kichik” gap – morfologik shakllangan atov birligi. Misollar: O’qituvchiman. Ishladim. Bu “kichik” gaplar atov birligi (o’qituvchi, ishla)dan mahrum etilsa, bu o’z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl – [-dim] qoladi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so’z SB) dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli gapda asosiy sintaktik vazifa – kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakl. Vositasiz to’ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum kelishigi shakli uchun qanchalik qat’iy va xususiy bo’lsa, kelay, o’qituvchiman kabi nutqiy birliklardagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish ham shunday. Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi – uning bir necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bo’ladigan murakkab tabiatga egaligi. Aniqrog’i, kesimlik kategoriyasi kesim vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi – shaxs-son , zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iborat. O’qidim gapida kesimlik shakli maxsus ko’rsatkichlarga ega bo’lsa, Bu yer shahar gapida u nol shaklli. Zero, bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli ma’nolari anglashilib turibdi. Morfologik shakldan faqat aloqa- munosabat (sintaktik) shakligina sintaktik qurilishiga daxldor, undan faqat kesimlik kategoriyasi gap mohiyatiga tegishli. Chunki, odatda, kesimlik kategoriyasisiz gap shakllanishi mumkin emas. Gap mohiyati “atov birligi +kesimlik qo’shimchalari” tarzida. Aloqa- munosabatning boshqa shakli (kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so’zlarni bog’lash uchungina xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling