Sodiqova Gulnozaning " ona tili o'qish savodxonligi va uni o 'qitish metodikasi"
Download 269.09 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajaruvchi: G.Sadiqova
Urganch Davlat Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti sirtqi YO’NALISHI 1-kurs 221-guruh talabasi Sodiqova Gulnozaning “ONA TILI - O'QISH SAVODXONLIGI VA UNI O 'QITISH METODIKASI” fanidan Mavzu: Grafika. Orfografiya va orfoepiya. Mavzusida tayyorlagan Bajaruvchi: G.SadiqovaMavzu: Grafika. Orfografiya va orfoepiya. R E J A: Grafika haqida umumiy ma’lumot. O`zbek yozuvi tarixi. Tovush va harf, yangi alifbo va uning o‘ziga xosliklari. Оrfоgrafiya haqida umumiy ma’lumоt va Оrfоgrafiya tamоyillari Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot.KIRISH Grafika, grafema, fonografema, punktema, logografema, simvol, o‘zbek yozuvlari, alifbo, orfografiya, orfografik tamoyillar, fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy – an’anaviy tamoyil, etimologik tamoyil, differensiyatsiyalash tamoyili. asos, qo‘shimcha, tovush variant, tovush o‘zgarishi, yonma-yon kelgan unlilar, tovush ortishi, yonma-yon kelgan undoshlar, tovush tushishi, qo‘shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish. Og‘zaki nutq, nutq madaniyati, talaffuz me’yorlari, orfoepiya, unlilar talaffuzi, ayrim undoshlar talaffuzi, oddiy so`zlashuv tili, og‘zaki adabiy til, yozma nutq.Grafika grekcha so‘z bo‘lib, tilshunoslikda yozuv degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, grafika harflar yoki chiziqlar vositasida aks ettiriladigan shartli belgilarning muayyan sistemasidir.O‘zbek tilining grafik tizimi quyidagilardan iborat. Fonografemalar yoki harflar – tildagi fonemalarni ifodalaydi. Masalan, «a» harfi «a» tovushini, «z» harfi «z» tovushini. Punktemamalar – tinish belgilari majmui. Chiziqcha (defiC), urg‘u belgisi (`), xat boshi (abzas), prosent (%) va paragraf (§) belgilari. Logografemalar – sonlarni ifodalovchi arab va rim raqamlarining yozuv shakli. Masalan: 1, 2, 3, 4 yoki I (bir), X (o‘n), S (yuz) kabi. Simvollar – ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul qilingan maxsus belgilar. Masalan, matematik simvollar qo‘shuv (+), ayiruv (-), ildiz (√), katta (>) kabilar. Transkripsion belgilar.1929-1940- yillarda lotin yozuvi asosidagi alifbo, 1940-1995- yillarda esa rus grafikasi asosidagi alifbo amalda bo‘lib keldi. 1993- yilning 2- sentabrida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unda yangi o‘zbek alifbosining tarkibi 31 harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilandi. 1995- yilning 6- mayida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonun»ga o‘zgartirish kiritiladi. Unga ko‘ra alifbo tarkibi 26 ta harf, 3 ta harf birikmasi va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilandi.2004- yilning 30- aprelida O‘zbekiston Respublikasining «.... ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunida lotin o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish muddati 2005- yil 1- sentyabrdan 2010- yilning 1- sentabrigacha uzaytirildi.Diffеrеnsiyatsiya tamоyili (simvоlik tamоyil). Bu tamоyilga ko`ra, shaklan bir хil, ma’nоlari har хil bo`lgan so`zlarni (оmоnimlar, оmоshakllar va hakоzоlarni) yozuvda o`zarо farqlash uchun turli shartli bеlgilardan – urg`u bеlgisi, ayirish bеlgisi kabilardan fоydalaniladi: atlas (matо) – atlas (gеоgrafik atlaC), davо (davо tоpmоq) – da’vо (da’vо qilmоq) kabi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra, shakli bir xil bo‘lgan (omonim) so‘zlar yozuvda diakritik belgilar ishlatish orqali farqlanadi: átlas (geografiya) – atlás (mato), hőzir (ravish) – hozir (sifat). Ba’zan so‘z tarkibidagi tovushga ko‘ra ham ma’no farqlanadi. 1) jodi – jodu, urish – urush. 2) ganj – ganch, faqir – paqir. 3) she’r – sher, ta’na – tana.E’tiboringiz uchun rahmatDownload 269.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling