1.O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining nomi
|
Mikrobiologiya va epidemiologiya asoslari
|
Ajratilgan soat
|
40
|
Mavzular soni
|
9
|
Dasturning maqsadi
|
talabalarga bakteriologiya, virusologiya, immunologiya, mikologiya, parazitologiya sohasidagi bilimlarning nazariy, amaliy asoslarini, qonuniyatlarini va yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisiga zamonaviy tashxis qo‘yish, davolash, kasallikning oldini olish usullarini o‘rgatish, hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tasnifi, tinktorial, kultural, bioximik, antigenlik xususiyalarini, kasallikni etiologiyasi, manbasi yuqish yo‘llari, klinik kechishi, davolash va oldini olish usullari asosda ularga bakteriologik virusologik va serologik tashxis qo‘yishni bajara olish, mikrob kulturasi, patologik materiallardan surtma tayyorlash, ularni oddiy va murakkab usullarda bo‘yash, mikroskop bilan ishlash va preparatlarni immersion sistemada to‘g‘ri diagnostika qilish, patologik materiallardan patogen bakteriyalar va viruslarni ajratib olish, serologik usullarda yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar
|
Bilim
|
Mikrobiologiya va epidemiologiya asoslari fani va uning vazifalari;
mikroorganizmlarning morfologiyasi, fiziologiyasi va kimyoviy tarkibi, ultrastrukturasi;
mikroorganizmlar ajratadigan moddalar;
mikroorganizmlar genetikasi;
tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta’siri;
mikroorganizmlarni tabiatda tarqalishi;
spiroxeta va rikketsiyalarga umumiy xarakteristika;
viruslarga umumiy xarakteristika;
bakteriofaglar, tibbiyotda fagni qo‘llanishi;
antibiotiklar, yuqumli kasalliklarning kimyoterapiyasi va kimyoprofilaktikasi;
infeksiya xaqida tushuncha. Immunitet xaqida tushuncha;
yuqumli kasalliklarning maxsus immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasi;
allergiya va anafilaksiya.
|
Ko‘nikma
|
Bakteriologik laboratoriya tuzilishi va jihozlari bilan ishlash;
Mikrob kulturasidan surtma tayyorlash, fiksasiya qilish;
Surtma preparatni oddiy usullarda bo‘yash;
mikroskop bilan ishlash;
zararli materiallarni zararsizlantirish;
qo‘l va ish joyini dezinfeksiya qilish;
sterilizasiya asboblarida ishlash;
1 milliard mikrob kulturasini tayyorlash;
sof kulturani antibiotiklarga sezgirligini disklar yordamida aniqlash;
dori preparatlarini sterillikka tekshirish va natijani o‘qish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |