Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi o‘rta professional ta’limning


O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi


Download 0.81 Mb.
bet53/131
Sana07.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1340818
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   131
Bog'liq
4.71.02.01 - Stomatologiya ishi

O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi

  • Anatomiya, fiziologiya va patologiya

  • Farmakalogiya va reseptura

  • Umumiy gigiyena va ekologiya

  • Valeologiya

  • Yuqumli kasalliklar

  • Jamiyat sog‘liqni saqlash va tibbiy statistika

  • Hamshiralik ishi

  • Diyetologiya
    Jamoada hamshiralik ishi

  • Tibbiyot biologiyasi va odam genetikasi

O‘qitishni tashkiliy shakli

N – nazariy
A – amaliy

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol – javob, munozara, test, vaziyatli masalalar yechish, amaliy topshiriqni bajarish, ko‘nikma va muolajalar bajarilish algoritmini namoyish etish




  1. O‘quv dasturining mazmuni






Mavzular nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

Uqitishning tashkiliy

Mustaqil ta’lim


Mikrobiologiya va epidemiologiya asoslari to‘g‘risida tushuncha. Ularning tibbiyotdagi axamiyati. Mikroorganizmlarning klassifikasiyasi,. Mikroorganizmlar morfologiyasi, struktura tuzilishi va fiziologiyasi.

Fanning qisqacha tarixi, vazifalari, nazariy va amaliy tibbiyotda tutgan o‘rni. Fanning boshqa tibbiy fanlar taraqqiyotidagi roli. Mikrobiologiyaning rivojlanish bosqichlari. O‘zbekistonda mikrobiologiya maktabining yaratilishi. Mikrobiologiya fanining maqsad va vazifalari.
Tirik mavjudotlar olamida mikroblar o‘rni. Prokariotlar, (bakteriyalar) ularni eukariotlardan (sodda jonivorlar, zamburug‘lar) farqi. Bakteriyalarning binar nomenklaturasi. Bakteriyalarni zamonaviy tasnifi: arxebakteriyalar, eubakteriyalar, proteobakteriyalar. Zamburug‘lar tasnifi. Viruslar tasnifi: odam, hayvon, o‘simlik, bakteriyalar viruslari. Viruslarning tasnif qilish asoslari. Bakteriyalarni morfologiyasi. Bakteriyalarni asosiy shakllari (kokksimon, tayoqchasimon, egilgan va spiralsimon), bakteriyalarning o‘lchamlari. Zamburug‘lar, morfologiyasi. Asosiy shakllari (ovoid, misellyar). Dimorfli zamburug‘lar. Zamburug‘lar strukturasi, ko‘payishi, spora hosil qilishi (vegetativ, endospora, ekzospora, jinsiy).Sodda jonivorlar. Odam uchun patogen sodda jonivorlar, shakllari, strukturasi tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar, yashash sikllari. Zamburug‘ va sodda jonivorlarni mikroskopik o‘rganish usullari. Bakteriyalarda moddalar almashinuvining tezligi, turli xil tiplari. Tabiatdagi moddalar almashinuvida bakteriyalarning roli. Konstruktivmetabolizm. Bakteriyalarni oziqlanish tipi va mexanizmi bo‘yicha tasnifi. Autotroflar, geterotroflar, saprofitlar, absolyut va fakultativ parazitlar, prototroflar, auksotroflar. Oziq muhitlarga qo‘yiladigan talablar. Oziq muhitlar tasnifi. Bakteriya hujayrasidagi oqsillar, nuklein kislotalar, uglevod, yog‘lar biosintezining o‘ziga xos xususiyatlari. Bakteriyalar fermentlari. Fermentlar sinfi. Katabolitik metabolizm. Bakteriyalarning energiya o‘zlashtirishi bo‘yicha tasnifi. Kislorodli nafas olish, energiya o‘zlashtirishni bir turi. Chirish - oqsillarni oksidlanish yordamida parchalanishi. Chirishni tabiatdagi moddalar almashinuvidagi va tibbiyotdagi ahamiyati. Bijg‘ish mahsulotlari. Nitratli nafas olish, anaerob nafas olish. Bakteriyalarni o‘sishi va ko‘payishi. Xlamidiya, spiroxeta, aktinomiset, rikketsiya, zamburug‘ va sodda jonivorlarning ko‘payishini o‘ziga xos xususiyatlari. Mikroorganizmlarning hayot faoliyatida ishlab chiqargan mahsulotlari hisoblangan fermentlar, toksinlar, pigmentlari, energiya ajratishi, nur taratishini ahamiyati.
Bakteriologik, virusologik va immunologik laboratoriyalar xaqida tushuncha. Bakteriologik, virusologik va immunologik laboratoriyalar tuzilishi, jixozlanishi va ishlash qoidalari. Mikroblarning morfologiyasi va struktura tuzilishi va ularni oddiy va murakkab buyash usullari. Surtma tayyorlash texnikasi. Spiroxeta, riikketsiya, xlamidiya, aktinomiset, va boshka mikroorganizmlar. Mikroorganizmlarning fiziologiyasi. Sof kultura ajratib olish usullari. Viruslar va bakteriofaglar.

4

N



2


Mikroorganizmlarga tashki muxit faktorlarini ta’siri. Antibiotiklar va ximioterapevtik preparatlar. Mikroorganizmlar ekologiyasi. Suv, tuproq, havo, mikroflorasi. Odam organizmi normal mikroflorasi. Disbakterioz haqida tushuncha.



Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta’siri. Mikroorganizmlarga kimyovi va fizik omillarning ta’siri. Sterilizasiya. Sterilizasiya qilish usullari. Sterilizasiyani sifatini tekshirish. Dezinfeksiya. Aseptika, antiseptika. Antiseptik va dezinfektant moddalar xaqida tushuncha. Antibiotiklarni kelib chiqishi biologik vazifasi va tabiati. Olish usullari (biologik sintez, kimiyovi sintez va aralash usullar). Polusintetik antibiotiklar. Antibiotiklarni kimiyovi strukturasi bo‘yicha klassifikasiyasi. Ta’sir doirasi. Antibiotiklarni ta’sir mexanizmi. Bakterisid (fungisid) va bakteriostatistik (fungiostatik) antibiotiklarni ta’siri. Antibiotik aktivligini birliklarda o‘lchash. Antibiotiklarni asoratlari. Antibiotiklarga mikroorganizmlarni chidamli variantlarini shakillanish mexanizimlari. Bakteriyalarni antibiotiklarga chidamliligini o‘rganish usullari.
Sanitar mikrobiologiya asoslari, vazifsi. Tashqi muhit obyektlariga (suv, havo, tuproq va turar joylar, davolash profilaktik muassasalar) sanitar bakteriologik baho berish. Mikrobiosenoz bilan ekologik bog‘liqliklar: simbioz, kommensalizm, parazitizm. Ekologik bog‘liqliklarning dinamikasi. Antibiotiklar va ximioterapiya haqida tushuncha. Odam organizmi mikroflorasi va uning ahamiyati. Odam organizmi normal, autoxton, alloxton va tashqi muhitdan tushuvchi (tranzit) mikroflorasi. Ekotop haqida (organizmning steril va nosteril ekotopi) tushuncha. Teri, nafas yo‘llari, oshqozon-ichak va urogenital tizim mikroflorasi.
Mikroorganizmlarning tashki muxit omillariga ta’siri. Mikroorganizmlar ekologiyasi va odam organizmi mikroflorasi.
Kimyoterapevtik preparatlar. Antibiotiklar. Qo‘l va ish joyini dezinfeksiya qilish. Sterilizasiya qilish asboblari bilan tanishish va ular bilan ishlash. Mikroorganizmlarning antibiotika sezgirligini aniklash usullari. Mikroskop bilan ishlash. Har xil shimdirilgan disklar bilan tanishish. Diffuz usulda mikroblarni antibiotikka sezgirligini aniqlash. Dori preparatlarni sterillikka tekshirish.

6

N
A



2


Infeksiya xakida ta’limot. Patogenlik va virulentlik tushunchalari. Mikroorganizmlar genetikasi. Immunitet. Immun organlari. Antigen va antitelolar. Organizmning immun sistemasiga baxo berish. T – V limfositlar. Immunoprofilaktika Vaksina va zardoblar.



Yuqumli kasallikni kelib chiqish sharoitlari. Yuqumli kasallik jarayonini o‘ziga xos xususiyatlari. Yuqumli kasallik jarayonida mikroorganizmlarni roli. Mikro- va makroorganizm o‘rtasidagi munosabatlar shakli: mutualizm, kommensalizm, parazitizm. Patogenlik tushunchasi. Obligat - patogen, shartli-patogen, nopatogen mikroorganizmlar. Virulentlik tushunchasi. Mikroorganizmlarni patogenlik va virulentlik omillari: fermentlar, toksinlar va boshq. Viruslarni xujayra ichidagi obligat parazitligi. Ho‘jayin organizmida yuqumli kasallik kelib chiqishidagi roli. Yuqumli kasalliklar yuqish yo‘llari, davrlari. Yuqumli kasalliklarga bakteriologik, parazitologik, mikologik, virusologik, serologik, biologik tashxis qo‘yish usullari. Immunitetning hozirgi zamon ta’rifi. Immunitet turlari (tug‘ma, hayot davomida orttirilgan, tabiiy, sun’iy, aktiv, passiv, steril, nosteril va boshqalar). Organizmning maxsus bo‘lmagan himoyalanish turlari. Teri va shilliq qavatlar mexanik himoyasi. Fagositoz. Fagositoz haqidagi ta’limotning rivojlanishida I.I.Mechnikovning roli. Komplement tizimi, X-lizinlar, interferonlar, leykinlar, qon zardob ingibitorlari, lizosim, properdin, fibrinonektin va boshqalar. Ularni fiziko-kimyoviy va biologik xususiyati.
Immunitet va uning turlari, serologik reaksiyalar
Immunitet organlari. T- va V- limfositlarning xarakteristikasi. Immuntankislik. Immunoprofilaktika.

2

N



2


Ichak infeksiyalari oilasiga kiruvchi qo‘zg‘atuvchilari: esherixioz, salmonellz, shigelloz va iyersinoz qo‘zg‘atuvchilariga xarakteristika va ular chaqiradigan kasalliklarning uziga xosligi, laboratoriya diagnostikasi.



Enterobacteriaceae oilasi vakillariga umumiy tasnif. Qorin tifi va paratif qo‘zg‘atuvchilari morfologik, kultural, biokimyoviy xususiyatlari, antigen tuzilishi. Fermentlari,toksinlari. Bakteriya tashuvchilik. Laboratoriya tashxisi. Maxsus profilaktikasi va davolash. Ovqatdan zaxarlanishni chaqiruvchi mikroorganizmlarga xarakteristika. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi morfologik, kultural xususiyati, patogenezi. Laboratoriya tashxisi. Protey bakteriyasi taksonomiyasi, laboratoriya tashxisi. Salmonellez qo‘zg‘atuvchilari morfologik, kultural, biokimyoviy xususiyatlari. Antigen xususiyati. Fermentlari, toksinlari. Bakteriya tashuvchilik. Laboratoriya tashxisi.
Ichak infeksiyalari xakida tushuncha va ularning laboratoriya diagnostikasi. Kolienterit, ichburug, iyersiniyalar.
Korin tifi, paratif A, V. va ularning laboratoriya diagnostikasi.
Ovkatdan zaxarlanish, salmonellez, botulizm.
Qusiqni va najasni bakteriologik tekshirishga olish qoidalari. Laboratoriyaga yo‘llanma to‘ldirish.

6

N
A



2


Yiringli-yallig‘lanish kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari: stafilokokklar,streptokokklar, va meningokokklar. Ularning taksonomik urni, umumiy xarakteristikasi.



Stafilokokk, streptokokklar taksonomiyasi. Patogenlik xususiyatlari: toksinlari, patogen fermentlari. Stafilokokklar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklarning patogenezi va ularning yatrogen kasalliklar keltirib chikarishdagi roli. A guruhi streptokokklarining respirator yuqumli kasalliklar, saramas, angina, skarlatina, o‘tkir glomerulonefrit, revmatizm, sepsis va boshqalardagi roli. Stafilokokk va streptokokkli yuqumli kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi. Davolash va maxsus profilaktikasi. Ko‘k yiring tayoqchasi taksonomiyasi. Mikrobiologik diagnostikasi.
Yiringli-yalliglanish kasalliklarining kuzgatuvchilari. stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar va meningokokklarning laboratoriya tashxisi.

2

N



2


Xavo-tomchi infeksiyasi: sil, moxov, bo‘g‘ma va ko‘k yo‘tal kuzgatuvchilariga xarakteristika.
Koronovirus.

Sil, moxov, bo‘g‘ma va ko‘k yo‘tal qo‘zg‘atuvchilarining morfologiyasi. Kultural, biokimyoviy, antigenlik, allergen xususiyatlari, chidamliligi. Kimyoviy tarkibini o‘ziga xosligi. Patogen omillari. Sil, moxov, bo‘g‘ma va ko‘k yo‘tal kasalliklarining patogenezi, immunitetining o‘ziga hosligi, laborator diagnostikasi. Maxsus profilaktikasi. Atipik mikobakteriyalar. Mohov qo‘zg‘atuvchisi morfologiyasi, kasallik patogenezi. Laboratoriya tashxisi.
Xavo-tomchi infeksiyasi kuzgatuvchilarining xarakteristikasi. Bo‘g‘ma, ko‘k yO‘tal, klebsiyellez kasalliklarning laboratoriya diagnostikasi. Aktinomikozlar.
Mikobakteriyalar: sil, moxov qo‘zg‘atuvchilarining xarakteristikasi va kasalliklarning laboratoriya diagnostikasi.
Tomoq va burundan surtma olish. Balg‘amni laborator tekshiruv yig‘ish. Laboratoriyaga yo‘llanma to‘ldirish.
Koronovirus. kasalligini etiologiyasi, kuzgatuvchilarining xarakteristikasi. epidemiologiyasi, rivojlanish mexanizmi. Kasallikning klinik manzarasi, asoratlari, tashxisoti, epidemik va klinik anamnez yigish, laboratoriya diagnostikasi. Laborator tekshiruv material yig‘ish. Laboratoriyaga yo‘llanma to‘ldirish. Epidemiyada joriy zararsizlantirish ishlarini olib borish. Tibbiy xodimlarning ishlash qoidalari.

6

N
A



4


Teri-tanosil kasallik kuzgatuvchilari va ularni laborator diagnostikasi. Zaxm, suzak, xlamidioz qo‘zg‘atuvchilarining xossalari va ularning laboratoriya diagnostikasi.



Treponemalar. Zahm qo‘zg‘atuvchisi morfologiyasi. Kultural, biokimyoviy, antigenlik xususiyatlari,chidamliligi. Laborator diagnostikasi. Maxsus davolash vaprofilaktikasi. Tropik treponematozlarning qo‘zg‘atuvchilari - bedjel, frambeziya, pinta. Odamga yuqish yo‘llari. Kasallikning kechishi. Mikrobiologik diagnostikasi. Xlamidiyalar. Taksonomiyasisi. Biologik xususiyatlari. Ekologiyasi, chidamliligi. Hujayraviy parazitizm xususiyati. Antigen tuzilishi. Patogenlik omillari. Odam uchun patogenligi. Laborator diagnostikasi. Antimikrobli preparatlar. Profilaktikasi.
Anaerob infeksiya qo‘zg‘atuvchilari. Qo‘zg‘atuvchilarning umumiy xossalari va kasalliklarning laborator diagnostikasi. Teri-tanosil kasallik qo‘zg‘atuvchilari: zaxm, suzak, xlamidioz.

4

N



2


O‘ta xavfli infeksiya kuzgatuvchilarining uziga xosligi va laboratoriya diagnostikasi. Brusellyoz, kuydirgi, o‘lat va vabo qo‘zg‘atuvchilarining asosiy xossalari va ular chaqiradigan kasalliklarning laboratoriya diagnostikasi.

Vibrionaceae oilasi. Taksonomiya. Asosiy xususiyatlari. Vabo vibrioni, biologik xususiyati. Vaboning patogenezi va immuniteti. Vaboning tarqalishida ekosistema mexanizmining ahamiyati. Laborator tashhis qo‘yish usullari. Maxsus oldini olish choralari.
Zoonoz kasallik qo‘zg‘atuvchilari: o‘lat, kuydirgi, brusellyoz qo‘zg‘atuvchilari. Morfologiyasi. Kultural, biologik xususiyatlari. Odamda kasallik patogenezi. Mikrobiologik diagnostikasi. Maxsus profilaktikasi va davolash.
O‘ta xavfli kasalliklarning kuzgatuvchilari xakida tushuncha va laboratoriya diagnostikasi. Brusellez, kuydirgi kasalligi.
O‘ta xavfli kasalliklarning kuzgatuvchilari xakida tushuncha va laboratoriya diagnostikasi. Vabo, ulat.
O‘ta xavfdi kasalliklarda bakteriologik tekshirish uchun balg‘am, najas, qon va boshqa materiallarni olish qoidalari.

4

N



2


Virusli infeksiyalar: Gripp, paragripp, qizamiq, gepatitlar: A,V,S,D,Ye. poliomiyelit, quturish, gerpesviruslar, SPID (OITS) viruslariga xarakteristika, ularning laboratoriya diagnostika usullari.

Odam uchun patogen bir ipli (+RNK) viruslar - Picornaviridae. Manfiy ip saqlovchi (-RNK) viruslar: Orthomyxoviridae, Paramyxoviridae, Rabdoviruslar. Morfologiyasi. Umumiy xarakteristikasi. Tasnifi. Insonlardagi patologiyasi. Laboratoriya diagnostikasi. Retroviridae) Umumiy xarakteristikasi. Tasnifi. Odam immuntanqislik virusi. Morfologiyasi va kimyoviy tarkibi. Genomining tuzilishi. Kelib chiqishi va evolyusiyasi. OITS infeksiyasi va uning laboratoriya tashxisi. Profilaktikasi.
Poksviruslar oilasi (Poxviridae). Gerpesviruslar oilasi (Herpesviridae). Tasnifi va umumiy xarakteristikasi. Virionlarning tuzilishi. Kasalliklarning patogenezi. Laboratoriya tashxisi.
Gepatit A,V, S, D, Ye, F, TTV – qo‘zg‘atuvchisi. Enteral va parenteral viruslar. Gepadnoviruslar oilasi (Hepadnaviridae) HBV – Gepatit V qo‘zg‘atuvchisi. Virus tuzilishi. Qo‘zg‘atuvchining tarqalishi. Kasallikning kechishi. Persi­stensiyasi. Laboratoriya diagnostikasi. Vaksinopro­filaktikasi.
Virusli infeksiyalar. Gripp kasalligini chakiruvchi viruslar.
Paragripp, paratit, kizamik kasalliklarini chakiruvchi viruslar.
DNK tutuvchi viruslar. Gerpesviruslar, poksviruslar, adenoviruslar.
OITS va gepatit A, V, S, D, Ye viruslari. Ularning laborator diagnostikasi va profilaktikasi.
Qonni bioximiyaviy, immunologik va serologik (virusli gepatit markerlari, I.F.A) tekshiruvga olish qoidalari. Laboratoriyaga yo‘llanma to‘ldirish.

6

N
A



2








Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling