Sohaga oid ilmiy maqolalardan
biriga taqriz yozish
Ilmiy maqola. Taqriz, uning tuzilishi va xususiyatlari.
Maqola va uning turlari
Ilmiy maqolaning maqsadi
Yozish uchun eng umumiy sabablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Maqolani yozuvchi o‘tkazayotgan
tadqiqot hisobotiga
•
Maqolani yozuvchi tanlagan yoki berilgan savolga javob berish uchun
•
Umum qiziqqan soha bo‘yicha bahslashish va
yozuvchi fikrini berish uchun
•
Boshqalarning tadqiqotlarini sintez qilish uchun
Qisqa maqolalar odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Kirish
•
Asosiy qism
•
Xulosa
Uzun maqolalar va hisobotlar esa quyidagicha:
Kirish
Asosiy qism
Adabiyot manbalari haqida umumiy ma’lumot
Dissertatsiya
va jurnal ma
qolalari quyidagicha tuziladi:
Adabiyot manbalari haqida umumiy ma’lumot
Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola
hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki
ilm-fanning biror sohasini
yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra
maqolalar
ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1
. Kirish –
bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2.
Asosiy qism –
muallif
tomonidan rejalangan fikr
, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
3.
Xulosa –
mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy
yoki publitsistik uslubda
, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal
qilingan holatda
yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni
jalb
qiladigan va
, albatta, maqolaning bosh
mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari,
maqolalarda muallif haqida
qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Maqola – fransuzcha so‘z bo‘lib, asl ma’nosi “urinish”, “sinash”, “ocherk”dir. Esse orqali narsa
va hodisalarga yoki shaxsga oid subyektiv fikr bayon qilinadi.