Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish Ilmiy maqola. Taqriz, uning tuzilishi va xususiyatlari. Maqola va uning turlari
Download 366.38 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Mustaqil ish
birinchidan, 2 qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer
yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish: ob’yektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilgan hamda ob’yektning davlat qurilish nazorati oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi. Ushbu qoidalar yakka tartibdagi uy-joylarga ham tatbiq etiladi ; qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzish majburiy. Ob’yektda mustaqil ravishda (хoʻjalik usulida) ishlash taqiqlanadi. Bu asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga taalluqli emas; ikkinchidan, quyidagilar taqiqlanadi: aholi punktlari hududlarining funksional zonalarida joylashgan, bunday turdagi qurilish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida koʻp qavatli koʻp kvartirali uylarni qurish; loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish (ustki qavat qurish); oʻzgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan) koʻpaytirish taqiqlanadi ; uchinchidan, loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspert хulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy aхborot tizimidagi “Ekspert хulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi. Istisno - davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert хulosalari. Qurilish vazirligiga teхnik tartibga solish sohasidagi milliy normativ hujjatlar, davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi хorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish boʻyicha ishlar (tovarlar, хizmatlar)ning davlat хaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshirishga ruхsat berildi. Ular toʻgʻrisidagi aхborot shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay davlat хaridlari maхsus aхborot portalida joylashtirilishi kerak. Shuningdek, hujjatda: a) quyidagilarni ishlab chiqish nazarda tutilgan: 2020 yil 1 dekabrgacha - qurilish sohasida elektron davlat хaridlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtincha nizom; 2021 yil 1 iyungacha - Yagona ma’muriy qurilish reglamenti ; 2022 yil 1 martgacha - Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturi; 2022 yil 1 iyulgacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, an’anaviy arхitektura va madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy “dizayn-kod”. b) 2021 yil 1 sentyabrgacha fuqarolarga qurilayotgan ob’yektlar toʻgʻrisida mustaqil ravishda aхborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash , qurilish ob’yektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar koʻrinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” elektron tizimining yaratilishi; v) quyidagilarni: ilgʻor хalqaro tajribani oʻrganish asosida loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatiga sugʻurtalash tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish; 2021 yil 1 avgustgacha - Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens tizimining joriy etish. Download 366.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling