Mavzuga oid tadqiqot
va uni olib borish jarayonlari
Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini kitobxonga
tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning
yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish
faoliyatida
, odatda,
kirish ham
,
xulosa ham
, asosiy
qismdan so‘ng yoziladi.
Kirish va asosiy qism.
Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi.
Shu sababli
, 2000 ta so‘zdan
iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. Kirishga aniq bir na’muna
mavjud
emas
, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin
quyidagilar uning umumiy xususiyati:
(a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
•
(a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
•
(b) Kerak bo‘ladigan axborot.
•
(c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.
•
(d) Ishning maqsad va vazifalari.
•
(e) Sizning tadqiqot uslubingiz.
•
(f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.
•
(g) Ishingizning rejasi.
•
Juda ham umumiy va noaniq kirish gaplarini qo‘llashning oldini olish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Bugungi kunda, yangiliklar bilan ta’minlovchilar o‘rtasida katta raqobat mavjud (Noto‘g‘ri)
Hozirda, gazetalar internet va televideniye kabi yangilik ta’minotchilari bilan kuchli raqobatga
yuz
tutmoqdalar
(To‘g‘ri)
Xulosalar. Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash). Odatda
esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotlar
hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga
keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa umumiy ma’noni saqlagan holda
ma’lumotni
asl manbadagidan farqli qilib
, o‘zgartirib yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi
ham ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |