Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish Ilmiy maqola. Taqriz, uning tuzilishi va xususiyatlari. Maqola va uning turlari
Download 366.38 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Mustaqil ish
Kasbga oid hujjat
namunalari bilan ishlash bildirishnoma, hisobot, xizmat yozishmalari) BILDIRISHNOMA, BILDIRGI Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora , mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi. Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma , odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Bildirishnomaning zaruriy qismlari: Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi , ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi Hujjat turining nomi (Bildirishnoma). Matn sarlavhasi. Bildirishnoma matni (mazmuni). Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa). Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi). Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi). Hisоbоt. Muayyan vaqt uchun rеjalashtirilgan ish yoki vazifa , tоpshiriqlarning bajarilishi, amaliy dоlzarb ishlar , хizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumоt bеruvchi hujjat. Hisоbоtda kеltirilgan ma’lumоtlar aniq, ishоnarli hamda ishlab chiqarish, ijtimоiy-siyosiy ahamiyatga mоlik bo‘lishi kеrak. Download 366.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling