Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni


Download 100.17 Kb.
bet4/17
Sana15.01.2023
Hajmi100.17 Kb.
#1093624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni

Harbiy unvon berish. Har bir o`nlikda saralangan jangchilar orasidan mulohazakorlik va mardlik xislatlariga ega bo`lgan jangchi tanlab olinib, qolgan 9 jangchining roziligidan so`ng o`nboshi etib saylanardi; o`nboshilardan esa faoliyati va qobiliyatiga qarab yuzboshi saylanardi; 10 ta yuzboshidan esa harbiy ishlarda mohir va tajribaga ega amirlar farzandi yoki aslzodalar avlodidan bo`lgan jasur kishilardan mingboshi tayinlanardi. Har bir boshliq kerak bo`lib qolganda uning o`rnini bosishi mumkin bo`lgan yordamchiga ega edi.
Boshliqlar huquqi. On`boshilar qochib ketgan yoki ol`gan jangchilar o`rniga boshqa jangchilarni qabul qilish huquqiga ega edilar; yuzboshilar o`z birodarlari tanlab olgan jangchilarni o`nboshilik vazifasiga, mingboshilar esa shu tarzda o`nboshilar ichidan tanlab olinganlarini yuzboshilik vazifasiga tasdiqlar edilar. Amir Temurga o`nboshi va yuzboshilarning faqatgina o`lgan, qochib ketgani va o`rniga kim qo`yilganligi haqida ma`lumot berardilar. Lekin Temur qo`shinida, u o`z bitiklarida bu haqda hech narsa demagan bo`lsa-da, ellikboshi va beshyuz boshilar ham bo`lgan bo`lsa ehtimol. Oddiy fuqaro (raiyat) ni boshqarishda ham unvon berishlar deyarli shu bo`lgan. Amir Temur jismoniy jazo berishni yoqtirmagani uchun uni ta`qiqlab qo`ygan, hokimiyat qamchi va tayoqdan kuchsiz bo`lgan boshliq o`zi egallab turgan lavozimga loyiq emas, der edi.
Shunday qilib, oddiy jangchilar ham o`nboshi va yuzboshi lavozimlariga erishishlari mumkin edi. Lekin oliy mansablarni egallash uchun yuzboshilar alohida xizmat ko`rsatishlari yoki alohida qobiliyatga ega bo`lishlari kerak edi. Chunki yuqorida qayd qilganimizdek, mingboshilik lavozimiga odatda amirlar va aslzodalar, ya`ni qabila boshliqlari va ularning farzandlari ko`tarilishi mumkin edi. Binobarin, bu lavozimlarga mol- dunyosi madrasalarda o`qish uchun imkon beruvchi, siyosiy hokimiyatga ega, aslzodalarga mansub oliy tabaqadagi kishilar saylanar edilar. Amirlarning 12 darajaga bo`linishi, ehtimol ularning qo`li ostidagilarning ko`p- kamligiga bog`liq edi. Masalan, birinchi darajadagi amir 1000 kishilik otliqqa, ikkinchi darajadagi amir 2000 otliqqa va hokazo, o`n ikkinchi darajali amir 12 000 va undan ko`proq otliqqa boshchilik qilardi.

Download 100.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling