Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni


Amir Temur qo`shinalri muntazamligining asosi


Download 100.17 Kb.
bet6/17
Sana15.01.2023
Hajmi100.17 Kb.
#1093624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni

Amir Temur qo`shinalri muntazamligining asosi. Amir Temur qo`shinlarining bunday tashkil etilishi ularning u yoki bu darajada saflarga bo`linganligini, har bir jangchi o`nlikda o`z joyini bilishi, o`liklar yuzlikda, yuzliklar esa minglikda ( va hokazo) qaysi tarzda joylashishlari kerakligini bilishlari lozim bo`lganligini ko`rsatadi. Qattiq intizom va uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qi`shinlarda aniqlik, to`g`rilik va harakatning tezligiga aniq rioya etilishi, deyarli bir zaylda sarf tortish va doimiy muntazamlik bo`lishi talab etilardi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur qo`shinlari harakatlari aniqlik bilan olib borilar, Boyazid bilab bo`ladigan jangdan avval Samarqanddan kelgan har bir qism jangchilari maxsus rangli kiyimbosh kiygan edilar. Masalan, qizil bayroqqa ega qismlar shu rangdagi qalqon, egar, jabduq, o`qdon, kamar, nayza, gurzi va boshqa aslahalarga ega bo`lsalar, sariq, oq va hokazo rangda kiyingan qismlar jangchilari shu rangdagi qurol- yarog` va boshqa aslahalar bilan jihozlangan edilar. Qismlar qurollarining xillari bilan ajralib turardilar. Ehtimol, otliq qismlar otlarning rangi bilan ham ajralib turgan bo`lishlari mumkin.
Shunday qilib, Amir Temur piyoda va otliq askarlarga ega edi. Piyodalar yengil qurollangan bo`lib, jarliklar va o`rmonlardagi janglarga mo`ljallangan, tog` va o`rmonlar bo`ylab yurilgan kezlarda qo`shinni qo`rqisdan bo`ladigan hujumlardan saqlar kamal paytida xujum qilish va boshqa ishlarda qo`llanilardi. Otliq askarlar yengil va og`ir qismlarga bo`linar edi. Amir Temurning ko`plab janglaridan ko`rinadiki, otliq askarlar ba`zida piyoda safda jang qilishar, ularning ma`lum qismi bizning dragunalarimiz kabi og`ir va yengil otliq askarlar o`rtasida oraliq otliq askarlarni tashkil etardi.
Ibn Arabshoh o`zining “Ajoyib ul- maqdur” asarida Temurning Xorazmga ikkinchi marta qaytishini quyidagicha bayon etadi: “Amir Temur Xorazmga ikkinchi marta yurish qilagnda, shaharni qurshab, hisor etib oldi va Xorazmning yo`llarini mustahkamladi. Shunda shahar ayonlaridan biri- savdogar Husayn Surij- Temurga peshvoz chiqib, undan bu mushkul ishlari o`zlari ustidan ko`tarishni va buning evaziga talab qilinganicha asir va o`lja berishlarini iltimos qildi. Temur undan 200 xachirga yuk bo`ladigan kumush berishni va uni jaranglagan tanga tariqasida o`z xazinasiga yetkazishni talab qildi. Lekin Husayn Surij Temurga murojaat etib, Temur so`ragan (mol-dunyo) ning to`rtdan biriga uni ko`ndirdi. Husayn Surij talab qilingan boyliklarni o`z mol-mulkidan ajratib, o`sha on o`lchab berdi. Shundan so`ng Temur jo`nash hozirligini ko`ra boshladi. Va o`z qo`shini lashkarlariga xorazmliklarga aziyat yetkazishni man etib, Samarqandga qarab yo`l oldi7.
Temurning oxirgi yurishlari Urganch shahri vayron etildi, shahar aholisi esa Samarqandga ko`chirildi.
Shunday qilib Temur Mopvaraunnahr va Xorazmda feudal tarqoqlik va o`zaro nizolarga chek qo`yib, Sirdaryo bo`ylaridan Orol dengizigacha bo`lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufiga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr xalqlari taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Ammo Temur bu bilan qanoatlanmadi. U tez orada qo`shni davlat va xalqlar ustiga hujum qilib, jahonga hukmron bo`lishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. 1382- yilda Temur dastavval zakavkazeni zabt etdi. Temurning O`rta Osiyo chegarasidan Shimolga tomon harbiy yurishi asosan, jo`ji ulusida qad ko`targan Oltin O`rda davlatiga qaratilgan edi. Qora dengizdan Oltin tog`largacha cho`zilgan va Dashti Qipchoq deb nomlangan yerlar Jo`ji ulusi tasarrufida bo`lgan. Bu ulusning Uraldan Qora dengizgacha bo`lgan markaziy va eng kata qismi Oltin O`rda deb nomlanib, bu feudal davlatni XOOO asrning 40- yillari boshida Botuxon tashkil qilgan edi. Oltin O`rdaga qarshi zarba berishda Temur uning ichki ziddiyatlaridan ustalik bilan foydalanadi. Temur Oltin O`rdani o`z davlatiga qo`shib olmoqchi emas edi. Faqat u shimoli-g`arbda o`z davlati uchun juda xatarli kuchli bo`lgan xonlikni zaiflashtirish va uning sharqiy qismini o`z ta`siri ostidagi xonlar tasarrufiga topshirish hamda Saroy berka (hozirgi Volgograd) orqali o`tadigan karvon yo`lini ham Movarounnahr orqali o`tishi uchun kurashadi. Temur Oltin O`rdani faqat Sirdaryoning quyi oqumudagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Xorazm va Movarounnahrga bevosita bog`liq bo`lgan yerlarnigina bosib olmoqchi edi. Bu voqealardan so`ng mamlakatda Temurning siyosiy mavqei kuchayib ketdi. Chunki endi Movaraunnahrda uning uchun kuchli raqib qolmagan edi. O`sha yili Balxda qo`shin boshliqlarining yig`ilgan qurultoyida Temurning hukumronligi rasman qaror topadi. Temuening piri Saidbaraka duoyi fotiha qilgach, u Movarounnahrning amiri deb e`lon qilinadi. Mavarounnahrning yagona hukmdori bo`lib olgach, temur o`z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Avvalambor bu davrda Temurga mustahkam poytaxt – bebosh mahalliy hukumdorlarning hujumlariga qarshi tura oladigan bir qarorgoh zarur edi. Shu maqsadda u 1370- yilda samarqandga keladi. Bu yerda u shahar devoelari, qal`alar va saroylar bino qilishga kirishadi. Bu imoratlar Afrosiyob mo`g`ullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil o`tgach, birinchi marta bunyod qilingan inshootlar edi. So`ngra u holda toygan mamlakatga qonun va tartib ishlarini joriy etadi. To`g`ri , deyarli bir asrlik boshboshdoqlik hukm surgan mamalakatlarda qonunlar joriy etib, tartib o`rnatish oson emas edi. Temur dastlab o`ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus gvardiya tashkil qiladi. Chunki bunday ishonchli gvardiya ayniqsa, uning siyosiy kurashlari uchun zarur edi. U o`z gvardiyasiga va barlos gvardiyasiga kata imtiyozlar beradi. Ayni vaqtda Temur o`z davlari chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi yerlarni, shuningdek Farg`on ava Shom viloyatlarini o`z tasarrufiga oladi. Ammo Mo`g`iliston tomonidan bo`ladigan xaf hali tamoman yo`qolmagan edi. Temur davlati uchun ayniqsa, Jo`ji ulusiga qad kotargan Oltin O`rda nihoyatda xavfli edi. Temur saltanati bilan Oltin O`rda oralig`ida bu davrga kelib mustaqil bo`lib olgan Xorazm yerlarida qo`ng`irot so`filarining davlati qaror topdi. Qadimdan iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Movaraunnahr bilan mushtarak bo`lgan Xorazm mo`g`illar davrida ikki qismga bo`linib, markazi Urganch shahri bo`lgan. Shimoliy Xorazm Oltin O`rdaga, markazi kat qal`asi bo`lgan janubiy Xorazm Chig`atoy ulusiga qaragan.
XIV asrning 60- yillari oxirida Oltin O`rdada yuz bergan jarayonlar vaqtida Qo`ng`irot so`filari Shimoliy Xorazimda yangi sulolaning mustaqil hukmdorligini tiklab oladilar. So`ngda kat va Xiva shaharlarini bosib olib, shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Ayni paytda Xorazm iqtisodiy va siyosiy jihatdan Oltin O`rdaga bog`liq edi. Temur esa Chig`atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun Ibn Arabshoh o`zining “ajoyib ul- maqdur” asarida Temurning Xorazmga ikkinchi marta qaytishini quyidagicha bayon etadi: “Amir Temur Xorazmga ikkinchi marta yurish qilganda, shaharni qurshab, hisor etib oldi va Xorazmning yo`llarini mustahkamladi. Shunda shahar ayonlaridan biri savdogar Husayn Surij Temurga peshvoz chiqib, undan bu mushkul ishlarni o`zlari ustidan ko`tarishni va buning evaziga talab qilganicha asir va o`lja berishlarini iltimos qildi. Temur undan 200 xachirga yuk bo`ladigan kumush berishni va uni jaranglagan tanga tariqasiga o`z xazinasiga yetkazishni talab qildi. Lekin Husayn Surij Temurga murojaat etib, Temur so`ragan (mol-dunyo)ning to`rtdan biriga uni ko`ndirdi. Husayn Surij qilingan boylikni o`z mol- mulkidan ajratib, o`sha on o`lchab berdi. Shundan so`ng Temur jo`nash hozirligini ko`ra boshladi. Va o`z qo`shini lashkariga xorazmliklarga aziyat yetkazishni man etib, Samarqandga qarab yo`l oldi8”.
Temurning oxirgi yurishida Urganch shahri vayron etildi, shahar aholisi esa Samarqandga ko`chirildi.
Shunday qilib Temur Movaraunnahr va Xorazmda feudal tarqoqlik va o`zaro nizolarga chek qo`yib, sirdaryo bo`ylaridan Orol dengizigacha bo`lgan yerlarda yashovchi yagona davlat tasarrufiga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movaraunnahr xalqlari taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Ammo Temur bu bilan qanoatlanmadi. U tez orada qo`shni davlat va xalqlar ustiga hujum qilib, jahonga hukumron bo`lishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydadi. 1382- yilda Temur dastavval zakavkazeni zabt etdi. Temurning O`rta Osiyo chegarasidan Shi,olga tomon harbiy yirishi asosan, Jo`ki ulusiga qad ko`targan Oltin O`rda davlatiga qaratilgan edi. Qora dengizdan Oltoy tog`larigacha cho`zilgan va Dashti Qipchoq deb nomlangan yerlar Jo`ji ulusi tasarrufida bo`lgan. Bu ulusning Uraldan Qora dengizgacha bo`lgan markaziy va eng kata qismi Oltin O`rda deb nomlanib, bu feudal davlatni XIII asrning 40- yillari boshida Botuxon tashkil qilgan edi. Oltin Ordaga qarshi zarba berishda Temur uning ichki ziddiyatlaridan ustalik bilan foydalanadi. Temur Oltin O`rdani o`z davlatiga qo`shib olmoqchi emas edi. Faqat u shimoli-g`arbda o`z davlati uchun juda xatarli kuchli bo`lgan xonlikni zaiflashtirish va uning sharqiy qismini o`z ta`siri ostiga xonlar tasarrufiga topshirish hamda saroy berka ( hozirgi Volgograd) orqali o`tadigan karvon yo`lini ham Movarounnahr orqali o`tishi uchun kurashadi.
Harbiy qo`mondonga beriladigan eng xolis baho-uning janglarda erishgan g`alabasidir. Shu nuqtai nazardan Temur tarixidagi buyuk sarkardalar orasida alohida ajralib turadi9.
Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Mo`g`uliston, eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya), Hindiston, Gurjiston, Armaniston, Kavkaz orti o`lkalari ustiga harbiy yurishlar qildi.
Mamlakatimizning XV asrning ikkinchi yarmidagi ahvoliga bir nazar tashlaylik, Chingizxon xurujidan teri shaharlarimiz vayron, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tushkun bir ahvolda qolgan edi. Nafaqat Movarounnahr, balki qo`shni mamlakatlarda ham feodal tarqoqlik, parokandalik va o`zaro urushlar avjiga mingan, ayrim harbiy siyosiy guruhlarning nafaqat o`zlarining yaqin qo`shnilari erlariga, balki Movarounnahr ustiga ham qilgan talon-tarojlik hurujlari kuchaygan edi. Xalqimizda «qo`shning tinch-sen tinch», degan naql bor. qo`shni mamlakatlar tinch bo`lmagandan keyin, Movarounnahrda tinchlik, barqarorlik, iqtisodiy madaniy yuksalish qayoqdan bo`lsin?!
Amir Temur o`zining ichki va tashqi siyosatida asosan mana shu omilga suyanib ish tutdi. To`g`ri. Amir Temur ko`p yillik kurashlardan keyin o`z yurtida feodal tarqoqlik va parokandalikka barham berishga, el-yurtni mo`g`ullar istibdodidan ozod qilishga, markazlashgan davlat tuzib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtiridi. Lekin faqat birgina shuning o`zi bilan tinchlik va barqarorlik qaror topmaydi. Mamlakatning ichki ahvoli yaxshilanmaydi, uning xalqaro obro`si ortib qolmaydi.
Amir Temur Movarounnahrni mo`g`ullar hukmronligidan ozod etib, bu qadimiy mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bo`lsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik o`rnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloya amirlari Amir Temur hokimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bo`lsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlari notinch edi. Mo`g`uliston bilan Oq O`rda hukmdorlari Farg`ona vodiysining sharqi, O`tror, Yassi (Turkiston)va Sayram shaharlariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta`minlashga kata ahamiyat berdi.Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirg`on viloyati bo`ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq O`rda hukmdorlariga tayanib, hanuz bo`ysunishdan bosh tortib kelardi.Xorazmni Amir Temur Chig`atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni o`z davlatiga qo`shib olish siyosatini tutdi.Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yo`l bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi, 1371-yil yoz (iyul)ida Kat shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin O`rda xoni To`xtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf so`fi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorako`l viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to`rtinchi marotaba Xorazmga qo`shin tortishga majbur etdi.Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to`rtinchi marotaba Xorazmga qo`shin tortishga majbur etdi.Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf so`fi ilgari Xorazmning Chig`atoy ulusiga tegishli bo`lgan janubi-sharqiy (Kot va Xiva shaharlari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf so`fining bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshincji marta yurish qilishiga sabab bo`ldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, Amir Temur davlatiga bo`ysundirildi10.
Bu orada Amir Temur Mo`g`uliston hokimi Qamariddin bilan ham to`qnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga bo`lgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370-1371-yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda ea Qamariddin hatto Farg`ona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan bo`layotgan muttasil tahdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mo`g`ulistonga etti marta yurish qilib, mo`g`ul hukmdorlari Anqoto`ra va Qamariddin ustidan g`alabalar qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, o`zaro nizolar, shuningdek, Mo`g`uliston tomonidan bo`lib turgan tazyiqqa chek qo`yib, ushbu hududda yashovchi el-u elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qo`shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o`ziga bo`ysundiish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Bu davrda Oltin O`rda, Xuroson va Erondagi ijtioiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo`l keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi.1381-yilda u Hirotni egalladi. Sarxs, Jom, Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo`ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategic jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga o`tishda ko`prik vazifasini o`tardi. 1381-1384-yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal`alari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari bo`ysundirildi.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik”, “besh yillik” va “yetti yillik” urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida JAnd, Ozarbayjon, Iroqning shimoli qismi, Gurjiston va Van ko`li atrofidagi yerlar egallandi.
Amir Temur shu bilan birga shimoli-g`arbdan, ya`ni Oltin O`rda tomonidan bo`layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To`xtamishga qarshi uch marta qo`shin tortishga majbur bo`ldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeyida, 1391-yilning 18-iyunida (Hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari oralig`ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosida vodiysida-Qunduzcha shahri) va nihoyat, 1395-yilda (28-fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi bo`yida To`xtamish qo`shiniga qaqshatqich zarba beradi (Tarak daryosi bo`yidagi jang).To`xtamishga qarshi yasolni tuzishda Sohibqironning o`zi rahbarlik qiladi. U qo`shinning qismlarini jang maydoniga joylashtirishda yangi usulni qo`llaydi va ularni yetti qo`lga ajratadi. To`xtamishxon esa o`z sipohini besh qo`lga bo`ladi.Jang Amir Temurning to`la ustunligida o`tadi.Butunlay tor-mor etilgan To`xtamish qo`shini qoldiqlari Volgaga qadar ta`qib qilinadi.Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatkari, Saroy Berka, Hojitarxon (Astraxan) kabi shaharlar vayron qilindi. Amir Temur To`xtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelits shahrini ishg`ol qildi. Sh.A.Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday ta`riflaydi: “Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshi`or cheriki ul viloyatni (shahar atrofini) chobtilar va andag`I hokimlarini tobe qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti”11.
Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. Qizig`I shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechivu bo`yida O`rusning o`g`li Quyrichoq o`g`lonni chaqirtirib unga qo`lga kiritilgan sobiq Jo`ji ulusini in`om etdi. Rossiya tarixchilari B.D.Grekov va A.Yu.Yakubovskiylarning yozishicha, Amir Temurning To`xtamish ustidan qozongan g`alabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchunham buyuk ahamiyat kasb etgan.
Shundan so`ng Amir Temur butun e`tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida G`arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligiga barham berildi.

Download 100.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling