Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni
Download 100.17 Kb.
|
Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni
Maosh tayinlash. Pul munosabatlari bilan yaxshi tanish bo`lmagan ko`chmanchi xalqlar buyumlar qiymatini odatda ot, qo`y, tuya va boshqa narsalarning bahosi bilan o`lchaydilar. Shu tufayli Amir Temur jangchi maoshini shu jangchiga tegishli otning narxiga teng qilib belgilardi5. A`lo jangchi (bahodir) larning maoshi 2 tadan 4 tagacha otning narxiga to`g`ri kelsa, o`nboshilar 10 ta oddiy jangchi oladigan maoshini, yuzboshilar 2 ta o`nboshi oladigan maoshni, mingboshilar 3 ta yuzboshining maoshiga to`g`ri keladigan maosh olar edilar. Jinoyat qilgan har bir jangchi6 o`z maoshining o`ndan bir qismidan mahrum etilar edi.
Amirlar maoshi ularning drajasiga qarab 1000 va 10 000 gacha ot narxi, Amir Temur avlodlariniki esa 12 000 gacha ot narxi bilan belgilanib, ularga yana viloyat ham hadya etilardi. Amir Temurning boshqa farzand va nabiralari tomonidan ularning qarindoshlik darajasi va yoshiga qarab kamayib borardi. Piyoda askarlar, xizmatchilar (amirlar va Amir Temurning qurolbardorlari va xos xizmatchilari bo`lsa kerak) va chodirchilar 100 tadan 1000 tagacha ot narxiga teng maosh olardilar. Piyoda jangchilarning katta maosh olishi ularning xizmati otliq jangchilar xizmatidan mashaqatlidir. Piyoda askarlar saralangan va sinalgan jangchilardan iborat bo`lganligi hamda ularni ta`minlash qimmatga tushishi sababli ko`p sonli bo`la olmas edi. Qo`shinlar maoshi maxsus boshliqlar tomonidan boshqariladigan, harbiy viloyatlarga bo`lingan yerlar hisobidan hamda ba`zi shahar va viloyatlar daromadlaridan belgilanardi. Amir Temur o`zi tanga zarb etgani tufayli, o`troq xalqlar orasidan chiqqan va pul munosabatlari bilan tanish bo`lgan jangchilarga pul bilan maosh to`lardi. Qo`shinlar maoshi maxsus boshliqlar tomonidan boshqariladigan, harbiy viloyatlarga bo`lingan yerlar hisobidan hamda ba`zi shahar va viloyatlar daromadlaridan belgilanardi. Amir Temur o`zi tanga zarb etgani tufayli, o`troq xalqlar orasidan chiqqan va pul munosabatlari bilan tanish bo`lgan jangchilarga pul bilan maosh to`lardi. Boshqalarga maosh arpa va boshqa don mahsulotlari bilan to`lanardi. Ammo ot maosh to`lashda qiymat birligi sifatida qabul qilingan edi. Jangovor xizmat ko`rsatgan jangchilarga mukofotlar sharaflash, maoshni oshirish , o`lja bo`lishda ulushining oshirilishi, yuqori mansabga ko`tarish, faxriy unvon berish, bahodir, jasur, botir va boshqa shu kabi nomlar bilan atash sifatida berilsa, butun qo`shinlar qismiga nog`ora, bayroq bilan taqdirlash va hokazolar sifatida berilardi. Download 100.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling