Soliq huquqi


Download 409.63 Kb.
bet3/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

SoliqlarSoliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari.
Shu bilan bir qatorda, Soliq kodeksida boshqa majburiy to‘lovlarning tushunchasi ham mustahkamlab qo‘yildi:
Boshqa majburiy to‘lovlar – Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji.
Soliq funksiyalari. Har qanday davlatda soliqlarning roli ular bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Soliq funksiyasi deganda, uning mohiyatining harakatda namoyon bo‘lishi, uning xususiyatlarini ifodalash uslubi tushuniladi.
Funksiya ushbu iqtisodiy kategoriyaning qiymatni taqsimlash va daromadlarni qayta taqsimlash vositasi sifatidagi ijtimoiy vazifasi qay tarzda amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
Soliqlarga fiskal, rag‘batlantirish, tartibga solish va qayta taqsimlash funksiyalari xosdir.
Soliqlarning fiskal funksiyasi ular tabiatining o‘zi bilan belgilanadi, ular majburiy tartibda va beg‘araz davlat daromadiga kelib tushadi hamda davlat tomonidan o‘z xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Fiskal funksiya vositasida soliqlarning bosh ijtimoiy vazifasi amalga oshiriladi. Budjet tizimi va budjetdan tashqari jamg‘armalarda to‘planadigan davlat moliyaviy resurslari shakllantiriladi hamda ular davlat o‘z funksiyalarini bajarishi uchun foydalaniladi. Soliqlarning fiskal funksiyasi davlatga moliyaviy mablag‘larning asosiy qismini yo‘naltirish uchun imkon beradi.
Soliq qonunchilik hujjatlarining prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini uning prinsiplarida ko‘rishimiz mumkin. Har qanday davlat faoliyati singari soliq solish ham ma’lum bir prinsiplarga tayangan holda amalga oshiriladi. Soliq tizimi prinsiplari obyektiv qonuniylikni aniqlashning va undan aql-idrok bilan foydalanishning shakllaridan biri hisoblanadi. Agar soliq tizimi prinsiplari buzilsa, u bevosita amaliy vazifalarni hal etishga to‘sqinlik qiladi. Soliq tizimi prinsiplari turli-tuman bo‘lib, bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasida soliq qonunchilik hujjatlari quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
•soliq solishning majburiyligi. Soliq to‘lovchi – yuridik va jismoniy shaxslar Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart (bu holat konstitutsiyaviy norma talabidan kelib chiqadi);
•soliq solishning aniqligi, ya’ni har bir soliq to‘lovchi qaysi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to‘lashi kerakligini aniq bilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari aniqlangan bo‘lishi lozim.
(Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan, Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1-yanvarda bo‘lgan holatiga ko‘ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi. Soliq stavkasi tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun to‘lash hisobot yilining 15-oktabriga qadar amalga oshiriladi).

•soliq solishning adolatliligi. Soliq solish umumiy bo‘lib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas.


Masalan, yakka tadbirkor A.Axmedovga yoki “Sharq” ishlab chiqarish korxonasini mol-mulk solig‘i yoki boshqa soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilish yuzasidan imtiyoz berish mumkin emas. Imtiyoz ma’lum bir toifani, masalan, urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning yer solig‘idan ozod qilinishi yoki ma’lum bir ishlab chiqaruvchilarni, masalan, davolash muassasalari huzuridagi davolash, ishlab chiqarish ustaxonalarini foyda solig‘idan ozod qilinishi kabi imtiyozlar belgilangan;
soliq tizimining yagonaligi. Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag‘larning erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
•soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi. Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Barchaning e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanksiyani qo‘llashga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas;
•soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi – soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinishi.

Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlash; soliqlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlatning maqsadli jamg‘armalari hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash; soliqlar yig‘ilishini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, ma’lumotlar kompyuter bazasining yagona tizimini yuritish asosida soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga ko‘rsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish; pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash; xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini rag‘batlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va suiiste’molliklarga yo‘l qo‘ymaslik; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalari amalga oshirilganda qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish; davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan to‘ldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish bo‘yicha tizimli ishni amalga oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni doimiy asosda ta’minlash.





Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling