Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


“Moliya - xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi


Download 445.47 Kb.
bet19/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Solijonov DSI

3.6. “Moliya - xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan «Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibi faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni tugatilishini nazorat qilish» dasturiy mahsuli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi «Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida»gi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomida davlat soliq xizmati organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlanishini ustidan vertikal nazorat o‘rnatish maqsadida ishlab chiqilgan.
Dasturiy mahsul Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 16 maydagi 137-sonli buyrug‘i bilan «Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni tugatilishini nazorat qilish» dasturiy mahsuli xududiy davlat soliq xizmati organlariga 2011 yil 1 iyundan boshlab amaliyotda foydalanishlari uchun joriy etilgan.
Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi 226-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur «Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibi» dasturiy mahsuli «Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibi» avtomatlashtirilgan axborot tizimi deb o‘zgartirildi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi respublika, viloyat va tuman (shahar) pog‘onalarida ishlaydi.
Respublika va viloyat pog‘onasi, mazkur qaror ijrosi va avtomatlashtirilgan axborot tizimini xududiy davlat soliq xizmati organlari (tuman pog‘onasi)da yuritilishini ta’minlanishi ustidan nazorat o‘rnatadi.
Tuman pog‘onasi, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘liq yuklab borishni belgilaydi.
avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq tijorat banklari va soliq xizmati organlaridagi mavjud faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni muntazam ravishda taqqoslab borishni va natijasi yuzasidan aniqlangan faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni soliq xizmati organlarida ishlovga olinishini ta’minlaydi.
avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritish uchun mas’ul xodim biriktirish, Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 16 maydagi 137-sonli buyrug‘iga asosan, xududiy Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining bo‘yrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Xududiy davlat soliq boshqarmasining talabiga yoki Davlat soliq inspeksiyasining ixtiyoriga ko‘ra avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritish uchun qo‘shimcha xodim biriktirilishi mumkun emas.

Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling