Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish
Soliq monitoringini tashkil etish sohasi
Download 445.47 Kb.
|
Solijonov DSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.6. Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarini qabul qilish (WEFOINS)» avtomatlashtirilgan axborot tizimi
- 4.7. «Avtomatlashtirilgan kameral nazorat» dasturiy mahsuloti
4.2. Soliq monitoringini tashkil etish sohasi
Soliq monitoringi to’g’risidagi umumiy qoidalar Quyidagilar soliq monitoringining predmetidir: soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etish, o’ziga nisbatan soliq monitoringi o’tkazilayotgan yuridik shaxs tomonidan soliqlar va yig’imlarni hisoblashning to’g’riligi, to’liq va o’z vaqtida to’langanligi (o’tkazib berilganligi). Soliq monitoringi ushbu Kodeksga muvofiq yuridik shaxs qaysi soliqlar va yig’imlarga nisbatan soliq to’lovchi yoki soliq agenti bo’lsa, barcha shunday soliqlar va yig’imlarni qamrab oladi. Soliq to’lovchilar uchun soliq monitoringi ixtiyoriydir. Soliq monitoringi soliq monitoringini o’tkazish to’g’risidagi qaror asosida soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik shaxs, agar uning oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko’ra kamida o’n milliard so’mni tashkil etgan bo’lsa, soliq monitoringini o’tkazish to’g’risidagi ariza bilan soliq organiga murojaat qilishga haqli. Yuridik shaxs soliq organiga soliq monitoringini o’tkazish to’g’risida ariza taqdim etgan yildan keyingi kalendarь yil soliq monitoringi o’tkaziladigan davrdir. Soliq monitoringini o’tkazish soliq monitoringi o’tkaziladigan yilning 1 yanvaridan boshlanadi va soliq monitoringi o’tkazilgan davrdan keyingi yilning 1 iyulida tugallanadi. 4.6. Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarini qabul qilish (WEFOINS)» avtomatlashtirilgan axborot tizimi «Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarni qabul qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi va «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonunlari hamda Adliya vazirligida 2005 yil 29 iyulda 1500-son bilan ro‘yxatga olingan «Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida»gi Nizomga va 2008 yil 3 yanvarda 1756-son bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi to‘g‘risida»gi vaqtinchalik nizomga asosan ishlab chiqilgan. «Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarni qabul qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishlash uchun Davlat soliq qo‘mitasining 2012 yil 11 fevraldagi 64-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash» dasturiy mahsuli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va undan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha reglament asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 181-son qaroriga asosan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan elektron soliq hisobotini jo‘natish, qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha bazaviy interaktiv davlat xizmatining tartibi, shartlari va muddatlarini belgilaydi. Reglamentda elektron soliq hisobotini jo‘natish, qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha bazaviy interaktiv davlat xizmatining tarkibi, mazmuni, xizmat ko‘rsatish turi, shakli va usuli, kutilayotgan natija, xizmat ko‘rsatish muddati va boshqa qoidalar ifodalangan. Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi 226-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur «Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarni qabul qilish» dasturiy mahsuli «Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarni qabul qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi deb o‘zgartirildi. 4.7. «Avtomatlashtirilgan kameral nazorat» dasturiy mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 1 dekabrdagi «Avtomatlashtirilgan kameral nazorat» dasturiy mahsulotining I bosqichini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 763-sonli buyrug‘iga asosan, Davlat soliq qo‘mitasining Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Avtomatlashtirilgan kameral nazorat» dasturiy mahsulotining I-bosqichi 2017 yil 5 dekabrdan boshlab davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy etildi. Avtomatlashtirilgan kameral nazorat dasturiy mahsuloti yordamida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda soliq to‘lovchilar tomonidan elektron shaklda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarini hamda davlat soliq xizmati organlaridagi mavjud boshqa ma’lumotlarni kompyuter texnikasi yordamida avtomat tarzda tahlil etgan holda kameral nazoratdan o‘tkazish, hududiy soliq xizmati organlarining kameral nazorat yo‘nalishlari faoliyati ustidan kunlik avtomatlashtirilgan vertikal nazoratni o‘rnatish va monitoring qilish shart-sharoitlari yaratildi. Avtomatlashtirilgan kameral nazorat dasturiy mahsulotida dastlab 35 ta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarning elektron tarzda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida mavjud boshqa (tashqi manba) axborotlarni solishtirish asosida avtomatlashgan tarzda tahlillar amalga oshirilib, hisobotlardagi mavjud xato va kamchiliklarni aniqlash, kam hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qo‘shimcha hisobla hamda soliq to‘lovchilar o‘rtasida profilaktika ishlari samaradorligini oshirish imkoniyati vujudga keldi. Dasturiy mahsulotda soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim qilingan soliq va moliyaviy hisobotlar asosida o‘tkazilgan tahlillar natijalari va soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar respublika, viloyat, tuman (shahar), vazirlik, tarmoq hamda korxona kesimida alohida jadvallar ko‘rinishida shakllanadi. Buning natijasida, davlat soliq xizmati organlari tizimida kameral nazorat tadbirlarini amalga oshirishning samaradorligi va sifat ko‘rsatkichi ko‘tarilib, soliq to‘lovchilarning hisobotlarni xato va kamchiliklarsiz taqdim etish yuzasidan olib boriladigan profilaktika ishlari yanada yaxshilanadi. Kameral nazorat tadbirlarini o‘tkazishda xodimlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilib, tegishli tahliliy yo‘nalishlar va yondashuvlarda muayyan darajada qo‘l mehnati kamayishiga erishiladi. Download 445.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling