Soliq va soliqqa tortish


Download 97.47 Kb.
bet1/6
Sana19.04.2023
Hajmi97.47 Kb.
#1363142
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kenjayev iqtisod nazira mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



ANDIJON FAKULTETI
SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH” yo’nalishi
I bosqich SST-70-22-guruh talabasi
Kenjayev Mirzohid Jaloliddin o'g'lining
Iqtisod nazariyasi” fanidan tayyorlagan mustaqil ish


REFERATI

Bajardi: M.Kenjayev


Tekshirdi: V.Abdurahmonov
Andijon– 2023-y.
Talab va taklif nazariyasi
Reja:
Kirish
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar. Talab qonuni.
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar. Taklif qonuni.
3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati.
4. Iste‘molchi hatti-harakati nazariyasi.
Xulosa.
Foydanilgan adabiyotlar.
Kirish

Kishilarning ehtiyoji ilmiy va hayotiy tushuncha bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida amal qilib kelmoqda, chunki bu tushuncha kishilarning hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyatini bildiradi. Ehtiyojning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ko’rinishi va amal qilishi talabdir. Lekin talab ehtiyojdan farq qiladi va mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Uning farqi shundan iboratki, kishilarning ehtiyoji o’sib boraveradi, cheksizdir. U pul bilan ta‘minlansa va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi.


Demak, aytish mumkinki, talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib olish uchun zarur bo’lgan pul bilan ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib qolaveradi.
Bozordagi narxlarni o’zgarib turish darajasida iste‘molchilarning tovar va xizmatlarning ma‘lum turlarini va ma‘lum miqdorlarini sotib olishga layoqati bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi.
Talablar turlicha bo’ladi. Bir xil tovar va xizmatga bo’lgan talabning ikki turi bor va ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va bozor talabi bo’ladi.
Har bir iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning moddiy va nomoddiy ne‘matlarga bo’lgan talabi – bu yakka talab deyiladi. Bir qancha iste‘molchilarning tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Misol keltiramiz. Bir kg kartoshkani narxi 600 so’m bo’lsa, talab 5 kg bo’ladi (bir oy davomida). 500 so’m bo’lsa, 7 kg bo’ladi, 300 so’m bo’lsa, talab 10 kg chiqadi. Bozor talabi esa, 1 tonna, 2 tonna, 4 tonna va xaqozo bo’lishi mumkin.
Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi.

Download 97.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling