6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi
tahrirga qarang.
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan
tartibda javob beradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-son
qaroriga
2-ILOVA
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
2. Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar, yig‘imlarni to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi to‘g‘risida soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil
qilish asosida amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
dalolatnoma — tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun
asoslardan biri bo‘lib hisoblanadigan, soliq tekshiruvini o‘tkazish jarayonida yoki uning natijasi bo‘yicha soliq
organlarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuziladigan hujjat;
Oldingi
tahrirga qarang.
soliq hisobotidagi tafovutlar — soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga
muvofiq soliq hisobotlarida aks ettirilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar bilan soliq hisobotida aks
ettirilgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar orasidagi farq yoki nomuvofiqliklar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |