Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
-bob. Soliq tekshiruvlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
3-bob. Soliq tekshiruvlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
10. Soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organining mansabdor shaxsi, soliq to‘lovchi va uning vakillari soliq tekshiruvining ishtirokchilari hisoblanadi. 11. Soliq tekshiruvlariga zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) 149 — 153-moddalarida belgilangan tartibda guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolislar jalb etilishi, shuningdek, ekspertiza tayinlanishi mumkin. 12. Ekspert, mutaxassis va tarjimonni jalb qilish uchun soliq organi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilinadi. Mustaqil ekspert, mutaxassis va tarjimonlar shartnoma asosida soliq organining mablag‘lari hisobidan jalb qilinishi mumkin, mablag‘ ajratish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) tomonidan tasdiqlanadi. 13. Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxs ko‘rsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Soliq tekshiruvi davomida ko‘rsatmalar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni ko‘rsatmalar berishni rad etganlik yoki bundan bosh tortganlik yoxud bila turib yolg‘on ko‘rsatmalar berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Guvohning ko‘rsatmalari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tuziladigan bayonnomada qayd etiladi. 14. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda soliq tekshiruvini o‘tkazadigan soliq organi mansabdor shaxsining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi. 15. Soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organining mansabdor shaxsi soliq to‘lovchini ekspertiza tayinlanganligi to‘g‘risidagi qaror bilan tanishtiradi va huquqlarini tushuntirib, bu haqida ushbu Nizomga 3- ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma tuzadi. Oldingi tahrirga qarang. 16. Xolislar kamida ikki nafar kishi miqdorida jalb etiladi. Ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin. Soliq organlari mansabdor shaxslarining xolislar sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xolislar o‘z ishtirokida amalga oshirilgan harakatlar fakti, mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashi shart. Ular amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Zarur bo‘lgan taqdirda, xolislar ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi mumkin. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son) 17. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlari mansabdor shaxslarining tekshiruv masalalariga aloqasi bo‘lmagan talablarini bajarmaslik; soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda shaxsan yoki o‘z vakili orqali ishtirok etish; Oldingi tahrirga qarang. soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; (17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) soliq to‘lovchi talab qilib olinayotgan hujjatlarni soliq organiga taqdim etmaslikka haqli, agar ushbu hujjatlar yoki ularning nusxalari oldin soliq organlariga oldingi o‘tkazilgan kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlarida yoxud soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida taqdim etilgan bo‘lsa; ekspertni rad etish va ekspertni o‘zi ko‘rsatgan shaxslar orasidan tayinlash to‘g‘risida iltimos qilish; soliq organi mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza o‘tkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish, ekspertning xulosasi bilan tanishish; soliq tekshiruvi materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomasini olish; soliq organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish; Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling