Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
Oldingi
tahrirga qarang. soliq tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida yoki uning natijasi bo‘yicha asosnoma sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining soliq maslahatiga oid hisobotini va/yoki xulosasini taqdim etish; (17-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son) Sayyor soliq tekshiruvlari yoki soliq auditini o‘tkazishda soliq to‘lovchilar quyidagi hollarda soliq organi mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun hududga va joylarga qo‘ymaslikka haqli, agar: sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va buyruq nusxasi soliq to‘lovchiga berilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi uni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno; tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatmagan bo‘lsa; soliq tekshiruvini o‘tkazishning buyruqda ko‘rsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan bo‘lsa. Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchilar qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega. (17-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153- sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 18. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilarning majburiyatlari: soliq organlarining tekshirish bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik. tekshiruvni o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan, hujjatlar va axborotni o‘rganish hamda tahlil qilish imkoniyatini ta’minlash; tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxsning talabiga ko‘ra soliq to‘lovchi elektron shaklda tuzilgan hujjatlarning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxalarini taqdim etishi shart, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida ro‘yxatga olingan elektron hisobvaraq-fakturalar bundan mustasno; Oldingi tahrirga qarang. kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnoma olingan kundan boshlab besh kun ichida tegishli soliqlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan taqdim etish; (18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) soliq auditi boshlangunga qadar soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yish. Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchilar qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. (18-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 19. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari: kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda: ushbu Nizomning 6-bobi 3-paragrafida ko‘rsatilgan tartibda soliq to‘lovchining hududlari va binolarini ko‘zdan kechirish; soliq tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida soliq to‘lovchini yozma bildirish asosida soliq organiga u tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab qolish va o‘tkazish) yuzasidan yoxud soliq tekshiruvi bilan bog‘liq ravishda tushuntirishlar berishga chaqirish; tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarur bo‘lgan hollarda ushbu hujjatlarni (axborotni) soliq to‘lovchining kontragentidan yoki hujjatlarga (axborotga) ega bo‘lgan boshqa shaxslardan talab qilib olish; tovarlarning (xizmatlarning) bitimdagi narxi bozor narxidan past yoki yuqori bo‘lgan hollarda, tegishli soliqlar bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish; kameral soliq tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etilmaganda, Soliq kodeksining 111- moddasiga asosan soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish; Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling