Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-bob. Soliq tekshiruvlarining turlari va xususiyatlari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

2-bob. Soliq tekshiruvlarining turlari va xususiyatlari
5. Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:
kameral soliq tekshiruvi;
sayyor soliq tekshiruvi;
soliq auditi.
6. Kameral soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) tomonidan soliqlar va yig‘imlar (keyingi
o‘rinlarda — soliqlar) to‘g‘ri hisoblanishini, o‘z vaqtida va to‘liq budjet tizimiga to‘lanishini tekshirish maqsadida
soliq to‘lovchi, soliq agentlari (keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchi deb yuritiladi) tomonidan taqdim etilgan soliq
hisobotlarini va (yoki) soliq organida mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa
ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom 
asosida belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
7. Sayyor soliq tekshiruvi — soliq organlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash sohasida soliq
to‘lovchilarning ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa
majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruv bo‘lib, unda hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy
qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. Soliq auditi — soliq to‘lovchining (soliq agentining) muayyan davrdagi moliya va soliq hisobotlarining
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka barcha jihatlardan muvofiqligi va haqqoniyligini, soliq solish maqsadlarida
buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida hisobga olishda soliq majburiyatlarining to‘g‘ri shakllantirilishi va
aks ettirilishini soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganish orqali soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va to‘lashning
to‘g‘riligini tekshirishdir.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni tekshirish bundan mustasno.
Soliq to‘lovchilarda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari soliq organlari tomonidan tekshiruv tugatilganidan keyin
uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling