Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-bob. Soliq xavfini tahlil qilish tartibi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

2-bob. Soliq xavfini tahlil qilish tartibi
5. Soliq xavfini tahlil qilish va natijalarini baholash dasturiy mahsulotni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
6. Soliq xavfini tahlil qilish maqsadida ushbu Nizomning 
7-bandida 
nazarda tutilgan manbalardan olingan
ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
xarajatlar va daromadlar miqdori, ularning dinamikasi, soliq majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilishi, joriy soliq
davrida hisoblangan soliqlarning avvalgi soliq davrlarida hisoblangan soliqlar miqdoriga muvofiqligi (kamayishi,
ko‘payishi);
davlat organlari va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlardagi
ko‘rsatkichlarning soliq to‘lovchilarning soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga muvofiqligi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
foydalanilgan soliq imtiyozlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
sof foydaning sof tushumga (tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilishda olingan daromad aksiz va qo‘shilgan
qiymat solig‘isiz hisoblangan summa) nisbati sifatida aniqlanadigan rentabellik ko‘rsatkichi hamda sof foydaning
xarajatlarga nisbati kabi rentabellik ko‘rsatkichi.
7. Soliq xavfi quyidagi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi:
soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq to‘lovchilarning
shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan ma’lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq 
kodeksi 
(keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi), O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha
tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son 
Farmoni 
hamda “O‘zbekiston
Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son 
qaroriga 
asosan davlat organlari,
muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar;
xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari tomonidan o‘zaro axborot almashish borasida tuzilgan bitimlar
doirasida taqdim etilgan ma’lumotlar;
ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;
o‘tkazilgan soliq tekshiruvlari materiallaridagi ma’lumotlar;
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha aniqlangan
ma’lumotlar (hukm, qaror, ajrim, hal qiluv qarori va boshqa hujjatlar);
soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
statistika organlaridan olingan ma’lumotlar;


qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling