Soliqlar, ularning vazifalari va turlari


-rasm. 2020-2021 yillardagi byudjet tushumlari (mlrd. so’m)21


Download 273.71 Kb.
bet11/12
Sana31.03.2023
Hajmi273.71 Kb.
#1314232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Abdusattorov Dilshod kurs ishi 2

7-rasm. 2020-2021 yillardagi byudjet tushumlari (mlrd. so’m)21
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mahalliy budjetlarga soliqlardan ajratmalar yagona normativ asosida amalga oshirilsa va bu normativlar uzoq muddat o’zgarmas saqlansa, salbiy holatni kamaytirishi mumkin. Faqat shu holdagina, mahalliy budjetga ma’lum davrda qonuniy tartibda yig’ilgan soliqlarning bir qismi barqaror tushib turishiga imkon yaratiladi. Mahalliy hokimiyat ana shu o’ziga tegishli tushumni ta’minlash uchun barcha imkoniyatini ishga soladi.
Xulosa qilib aytsak, tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlashni isloh qilishning muhim chorasi, respublikamiz bo’yicha ma’lum davrda barqaror normativlarning joriy etilishi hisoblanadi. Tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha belgilangan rejadan ortiq tushumlardan esa mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldiriladigan tushumlari 50% qilib belgilash maqsadga muvofiqdir. Ma’lum muddat belgilangan barqaror normativlar budjet aniqligini, istiqbol rejalarini yaxshilanishini, budjet boqimandalarini kamayishini hamda budjet parametrlarini ishlab chiqishda kelishuvchanlik amaliyotini qisqartirishni ta’minlaydi. Rejadan ortiq tushumlarni yagona normativ asosida taqsimlash, rejadan ortiqcha tushumlar yig’ilishada manfaatdorlikni oshiradi, respublika va mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlab dotatsiya hajmini kamaytiradi.
Ta’kidlab o’tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yicha tegishli budjetlar o’rtasida taqsimlanadi.


Xulosa
Ushbu kurs ishimizda mamlakatimizda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularning vazifalari, turlari, soliqlarni undirish mexanizmining bugungi kundagi holatini tahlil qilishga, shuningdek bugungi kunda soliqlardan foydalanishni samarali tashkil qilish masalalarini ochib berishga harakat qildik va quyidagi xulosalarni chiqardik:
Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi.
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag’batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Oxirgi bir yarim yil davomida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini hayotga joriy etib borish natijasida bir qator soliqlar va yig’imlar unifikatsiya qilindi, unga ko’ra 2021-yil davr boshidagi soliq stavkalari o’zgarishsiz saqlandi, lekin tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ayrim turdagi mahsuloqlar uchun soliq stavkalarini kamaytirda, ma’lum muddatga soliqdan ozod etish chora-tadbir rejalari ishlab chiqildi. Bunga ko’ra 2021-yil 3-choragidan boshlab 2022- yil 3-choragigach go’sht va yog’ mahsulotlari uchun soliq stavkalaridan ozod etildi. Shuningdek 2022-yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliq to’lovlari har kvartilda olinishi bekor qilinib, soliq to’lash davri har oylik qilib belgilanib keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan soliq organlariga ma’lumotlarni taqdim etilishi belgilab qo’yildi. Buning natijasida soliq organlari davlat tushumlarini har oy hisobidan tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularni guruhlash asoslari hamda ulardan foydalanishni samarali tashkil qilish masalalarini hal etishga qaratilgan mulohazalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilarni taklif qilamiz:
Har bir soliq to’lovchi hoh u yuridik shaxs yoki u jismoniy shaxs bo’lsin, to’layotgan soliqlarini qayerga, nima uchun va qanday maqsadlarga sarflanayotganligini ongli ravishda tushuna bilishi uchun kengroq matbuotdan foydalanishni, ayniqsa mahalliy soliqlarni undirishda xalq orasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda mahalliy hokimiyat vakillari kuchidan foydalanishning qonuniy asosini yaratish.
Hozirgi kunda mahalliy soliqlardan tushayotgan daromadlar mahalliy budjetlarning daromadlarida katta salmoqqa ega emas. Bizning fikrimizcha bu nafaqat mahalliy soliqlarni joriy qilish imkoniyatlaridan to’liq foydalanmaslik bilan balki mahalliy budjetlar daromadlarini tartibga solishda qo’llanilayotgan amaliyot bilan bog’liqdir. Bu amaliyotnu tahlil qilish shu narsani ko’rsatadiki, hali ham soliqlar markaziy budjetga yig’iladi, so’ng uning ma’lum foizi mahalliy budjetlarga xarajatlarni qoplashga biriktirilgan daromadlari yetmasa ajratma sifatida har yili har xil foizda qoldiriladi.
Mahalliy hokimiyat organlarining o’z hududidan undiriladigan soliqlarni to’liq va o’z vaqtida tushishini ta’minlashga bo’lgan qiziqishini rag’batlantirish, ularning o’z daromadlari potensialini o’sishini rag’batlantirish maqsadida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar meyorlarini hududlar bo’yicha tabaqalashgan tarzda emas, balki teng ravishda amalga oshirish lozim.
Ushbu ko’rsatib o’tilgan takliflardan ko’zlangan maqsad Respublikamizning kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashda, hozir sarflanayotgan har bir so’m budjet mablag’i respublikamizning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun o’z natija va samarasini berishi kerak, deb hisoblaymiz.


Download 273.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling