Internet saytlari:
http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi hukumat portali
http://www.soliq.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi
http://www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi
http://www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
http://www.norma.uz – “Norma hamkor” mas’ulyati cheklangan jamiyati
http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi
http://www. ziyonet.uz - Jamoat axborot ta’lim tarmog’i
https://www.scopus.com Elsevier's abstract and citation database
11-MAVZU: SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ
Quyidagi atamalarga izoh bering: rezident yuridik shaxs, soliq to’lovchilari, soliq sub’ekti, soliq ob’ekti, yer usti suv manbalari, yer osti suv manbalari, soliq solish bazasi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq bazasini kamaytirish, joriy to’lovlar, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish, soliqni to’lash muddatlari.
NAZORAT SAVOLLARI
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishdan ko‘zda tutilgan maqsad nima?
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari kimlar?
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni davlat budjetiga ta‘minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilarni bilasizmi?
Soliqqa tortish ob‘ekti qanday tartibda aniqlanadi?
Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida o‘rnatilgan?
Qanday yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqdan ozod etiladi?
Dehqon xo‘jaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni budjetga to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?
MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Toshkent shahar “Suvoqava” trestining bergan ma‘lumotlariga ko‘ra shahar vodoprovod tarmog‘iga suv 72% yer yuzasidagi va 28% yer osti manbalaridan kelib tushadi. Faraz qilaylik, korxona bir oy davomida 10 ming kub metr suv olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |