Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
-jadval Ayrim rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jalik sub‘ektlari to‘laydigan asosiy soliq turlari
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq turlari AQSh Fransiya Italiya
- 4-mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i Reja
- 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari. 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.
- 7. Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi.
- 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi.
3.4-jadval
Ayrim rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jalik sub‘ektlari to‘laydigan asosiy soliq turlari
* - daromad solig‘iga kiritilgan. ** - yer solig‘iga kiritilgan. Germaniya, Frantsiya, Italiyada qishloq xo‘jalik sub‘ektlari hisoblangan fermerlik kooperativlariga korporativ soliqni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar keng tarqalgan. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to‘laydigan yer solig‘i boshqa yuridik shaxslarga nisbatan ancha past miqdorda belgilangan. Gollandiyada bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnatga qobiliyatli aholining 4 foizigina ishlaydi. Bu davlatning xududi va aholisi O‘zbekiston bilan solishtirganda bir necha barobarga kam. Tabiiy sharoiti esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi uchun anchagina noqulay. Shunga qaramasdan ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Eksportning yillik hajmi taxminan 35 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Jahonda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari AQSh davlatida mukammal shakllangan deb atash mumkin. Buning asosiy sabablari, fermer xo‘jaliklariga yordam dasturlarini mablag‘ bilan ta‘minlashda federal xukumat etakchilikni o‘zida saqlab turganligi bilan izohlanadi. 4-mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i Reja: 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. 2. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi. 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari. 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. 5. Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solishning xususiyatlari. 6. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. 7. Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. 8. Jismoniy shaxslar daromad solig'ini hisoblash uslubiyatini takomillashtirishda ilg'or xorij tajribalaridan foydalanish yo'llari. Tayanch so’z va iboralar: jismoniy shaxs, rezident jismoniy shaxs, norezident jismoniy shaxs, soliq to’lovchilar, jami yillik daromad, soliq ob’ekti, soliq sub’ekti, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to’lash muddatlari 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. Ma‘lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar ikkiga bo‘lingan, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarga. Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida budjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat budjeti daromad manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi. Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar budjet daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1991 yilda budjet tushumlarining 6,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2009 yilda 13,1 foizni tashkil etgan. 2018 yilgi davlat budjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat budjeti daromadlarining 8,4 foizni, to‘g‘ri soliqlar ichida esa 40,6 foizini tashkil etgan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb (364-modda) quyidagilar e’tirof etiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar; 2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi soliq solish ob‘ekti hisoblanadi. Soliqqa tortiladigan baza bo‘lib, jismoniy shaxslarning jami daromadidan soliq qonunchiligiga ko‘ra belgilangan chegirmalarni ayirib tashlagandan keyingi qoldiq summa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliqni to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. Hisobga olinadigan summalarning miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan oshmasligi lozim. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling