Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq ob‘ekti va bazasi
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
2. Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq ob‘ekti va bazasi. Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat‘iy nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar tushuniladi. Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan ob‘ekt hisoblanadi: 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: - tovarni sotish (jo‘natish); - garov bilan ta‘minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish; - aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish; - aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish; - aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish; 2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish; 3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish; 4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; 5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish; 6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish. Tekinga beriladigan aksizlanadigan mahsulot bo‘yicha quyidagilar soliq solish ob‘ekti bo‘lib hisoblanadi: - aksiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, vino bo‘yicha - sotilgan mahsulot hajmi natura ifodasida; - boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha soliq to‘lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan, biroq mazkur aksizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha haqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo‘lmagan qiymat. Quyidagi aksizosti tovarlarga aksiz solig‘i solinmaydi: 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; 2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga; 3) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun, insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida, shuningdek xayriya maqsadlari uchun aksiz to‘lanadigan tovarlarni davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga; 4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga; 5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga. Aksizlanadigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: aksiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, kon’yak, aroq va boshqa alkogolli aroq mahsulotlari, filtrli va filtrsiz sigaretalar, neft mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosin) bo‘yicha - sotilgan mahsulotning natural ko‘rinishidagi xajmi; aksiz solig‘i to‘lanadigan boshqa mahsulotlar (zargarlik buyumlari, kumushdan qilingan oshxona buyumlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, “GM Uzbekistan” aktsionerlik jamiyati avtomobillari) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i hisobga olmagan holda, shartnomaviy narxlar bo‘yicha yuklab jo‘natilgan tovarning qiymatiga foiz hisobida. Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan mahsulotga aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi: -aksiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib; -boshqa mahsulotlar bo‘yicha tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom-ashyo qiymatidan kelib chiqib. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling