Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2-jadval O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari 50
- Tovarlar nomi Soliq stavkasi aksiz solig‘i va QQSni hisobga olmagan holda
3.Aksiz solig‘i stavkalari. Aksiz solig‘i stavkalari va aksizosti tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. 2018 yilda aksizosti tovarlarga belgilangan soliq stavkalari quyidagilardan iborat:
6.2-jadval O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari50
*) Spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lgan konyakka aksiz solig‘i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 152 400 so‘m miqdorida belgilanadi.. **) Spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 140 300 so‘m miqdorida belgilanadi. ***) Aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natural ifodadagi aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor stavkasi aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan ishlab chiqaruvchi realizatsiya qilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Izohlar: 1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 2. “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gazga aksiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 3. Daval xom ashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isi bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalarining miqdorlari benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishga aksiz solig‘ini hisobga olgan holda benzin va dizel yoqilg‘isining chakana narxlari doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari bo‘yicha import qilinadigan xom ashyodan daval asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilg‘isining hajmi bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishga aksiz solig‘ini to‘lovchilar, uni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 4. Benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib, boshqa hollarda esa 1 tonnadan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling