Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana13.05.2020
Hajmi0.72 Mb.
#105775
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari (1)


 

SYU = S

um

 / T

um 

* 100% 

 

bu erda, SYU − soliq yuki; 



S

um

 − umumiy to’langan soliq summasi; 

                  

 

11 



Zavalishina I. Soliqlar: nazariya va amaliyot. -T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”. 2005. 21-bet. 

24 

 

T



um 

− umumiy sotishdan tushum. 

 

Bu  metod  bo’yicha  hisoblab  chiqilgan  soliq  yuki  ko’rsatkichi  to’langan 



soliqlarning  sotishdan  tushumdagi  ulushini  aniqlab  beradi,  lekin  sotishdan 

tushumda  soliqlarning  tarkibi  hisobga  olinmasligi  sababli  soliqlarning  moliyaviy 

holatga ta’sirini tavsiflamaydi. 

M.N.Kreynin  tomonidan  ishlab  chiqilgan  soliq  yukini  aniqlash  metodikasi, 

soliqlarni to’lash manbalariga taqqoslashni taklif qiladi. Bunda soliqlarning har bir 

guruhi  to’lanadigan  manbasi  bilan  bog’liqlikda  o’zining  soliq  yuki  og’irligini 

baholash mezoniga ega bo’ladi. 

Bundan tashqari mazkur metodika tannarxning tarkibida foydani kamaytirish 

hisobiga  iqtisodiy  sub’ekt  uchun  foydali  bo’lgan  katta  miqdorda  soliq  mavjud 

degan keng tarqalgan fikrni inkor etadi.  

Metodika  muallifi  foydani  kamaytirish  bir  tomondan  iqtisodiy  sub’ekt  erkin 

vositalarini  chegaralasa,  ikkinchi  tomondan  foyda  solig’i  summasi  kamayishi 

hisobiga byudjet tomonidan sub’ekt “jazolanadi”, deb sanaydi. 

Bundan tashqari, huquqiy nuqtai nazardan ustavida qo’yilgan kapital hisobiga 

foyda  olishi  belgilangan  tijorat  tashkilotlari  uchun  masalaning  echimi 

murakkablashadi. Bunda to’langan barcha soliqlarning iqtisodiy sub’ekt foydasiga 

bo’lgan nisbati soliq yuki sifatida baholanadi. 

Mazkur  metodika  bo’yicha  soliq  yukini  aniqlash  uchun  quyidagi 

formulalardan foydalanish kerak: 



 

SYu = ((T

um

 − X

sm 

− SF) / (T

um

 − X

sm

))

 

* 100% 

 

bu erda, T



um 

− umumiy sotishdan tushum; 



X

sm 

−  sotilgan  mahsulot  (ish,  xizmat)ni  ishlab  chiqarishga  ketgan  xarajatlar 

(egri soliqlarni chegirgan holda); 

 


25 

 

SF − barcha soliqlar to’langandan so’ng iqtisodiy sub’ekt ixtiyorida qoladigan 

haqiqiy foyda. 

Mazkur  formula  korxona  to’laydigan  soliqlarning  foydadagi  nisbatini 

ko’rsatib  beradi.  Soliq  yukini  baholashning  mazkur  yondoshuvidagi  asosiy  farq 

egri  soliqlar  iqtisodiy  sub’ekt  foydasiga  ta’sir  qiluvchi  soliqlar  sifatida 

qaralmasligidir. 

Bu  metod  faqatgina  to’g’ri  soliqlarning  korxona  moliyaviy  holatiga  ta’sirini 

ko’rsatib  beradi,  ayni  vaqtda  egri  soliqlarning  ta’sirini  baholab  bermaydi.  Egri 

soliqlarning  ham  iqtisodiy  sub’ekt  foydasiga  ta’sir  qilishini  inobatga  holda  bu 

metodni soliq yukini aniqlash jarayonida qo’llash maqsadga muvofiq emas. Ya’ni 

bunda  egri  soliqlar  tovarlar  narxining  oshishiga  olib  kelishi  natijasida  talab 

kamayadi va bunda o’z-o’zidan korxona foydasi pasayishi ham kuzatiladi. Bundan 

tashqari  korxonalar  dastlabki  iste’molchi  sifatida  egri  soliqlarning  haqiqiy 

to’lovchisi ham bo’la oladi. Bundan egri soliqlarning bevosita korxona foydasiga 

ta’siri ham kuzatiladi.  



 

 

 

 

 

 

26 

 

 



2-BOB.  XO’JALIK  YURITUVCHI  SUB’EKTLARNING  SOLIQ  YUKINI 

ANIQLASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI. 

2.1.  Mamlakatimizda 

soliq 

yukini 

kamaytirib 

borish 

soliq 

siyosatining asosiy yo’nalishi sifatida. 

 

Soliq  to’lovchilarga  nisbatan  soliqlar  miqdorini  pasaytirib  borish  ularning 



iste’moli  va  talabiga  ijobiy  ta’sir  etishi  natijasida  tovarlar  vhamda  xizmatlar 

realizatsiyasining oshishiga ta’sir ko’rsatadi.  

Barchamizga  ma’lumki,  2015  yilda  mamlakatimizda  iqtisodiy  islohotlarni 

chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan edi. Ushbu ustuvor 

vazifalar  ichida  eng  asosiylari  sifatida  soliq  yukini  kamaytirish  ham  alohida 

ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ushbu ustuvor yo’nalishlardan kelib chiquvchi 

vazifalarni  amalga  oshirishda  salmoqli  natija  va  sezilarli  o’zgarishlar  qo’lga 

kiritildi:  iqtisodiyotining  yuqori  barqaror  sur’atlar  bilan  o’sishi  va  makroiqtisodiy 

mutanosibligi 

ta’minlandi,  ishlab  chiqarishni  tarkibiy  o’zgartirish  va 

modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi. 

Prezidentimiz  I.Karimov  bozor  iqtisodiyotining  o’zini-o’zi  tartibga  soluvchi 

mexanizmlarining istiqbolli ekanligi va bunda davlat ixtiyorida faqat iqtisodiy vositalar 

va  rag’batlar  saqlanib  qolinishi  hamda  ularning  tarkibiy  qismi  soliqlar  ekanligini  bir 

necha  bor  ta’kidlab  o’tganlar.  Har  qanday  mamlakatda  qanday  soliq  siyosati 

yuritilayotgani va soliqqa tortish sohasidagi chora-tadbirlar qanchalik samarali ekanligi 

ko’p  jihatdan  iqtisodiy  islohotlarning  xarakteri  va  dinamikasini  belgilaydi.  Oqilona 

tashkil etilgan, soliq tizimi, bozor iqtisodiyoti taraqqiy  etgan  mamlakatlar tajribasidan 

ma’lumki,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning  hamda  shu  asosda  barqaror 

iqtisodiy  rivojlanishga  erishishning  asosiy  vositalaridan  biridir.  Chunki  davlat 

moliyaviy  siyosati  makroiqtisodiy  siyosatning  muhim  tarkibiy  qismi  bo’lib,  uning 

mohiyati  davlat  va  jamiyat  oldiga  qo’yilgan  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  hamda  boshqa 

strategik  maqsadlarni  ro’yobga  chiqarishga  qo’llaniladigan  iqtisodiy,  huquqiy  va 


27 

 

boshqa vositalar, usullar yo’nalishlarining belgilanishi, real shart sharoitlar aniq hisobga 



olingan holda, ulardan foydalanishga qaratilgandir.  

Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  “yangi  soliq  siyosati  doirasida  soliq 

tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish, 

jismoniy  shaxslardan  soliq  undirishning  progressiv  tizimini  joriy  etish  vazifasi 

qo’yiladi”. 

Moliyaviy  siyosatning  eng  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  soliq  siyosati  katta 

ahamiyatga  ega.  Bu  sohada  davlat  siyosati  davlat  uchun  ham,  bozor  ishtirokchilari, 

tadbirkorlar  va  boshqa  fuqarolar  uchun  ham  maqbul  keladigan  shart-sharoitlarning 

yaratilishiga iqtisodiyotning real sektori ahvolini yaxshilashga qaratilmog’i lozim.  

Hozirgi  kunda  O’zbekiston  Respublikasi  soliq  siyosati  va  uni  takomillashtirish 

yo’lida mamlakatimizda umumiy vazifa sifatida quyidagi masalalar qo’yilgan: 

  iqtisodiyot  tarmoqlarining  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  umumiy  soliq 



yukini kamaytirish; 

  daromaddan olinadigan soliqlar mexanizmini takomillashtirish; 



  byudjet daromadlarini barqaror manbalar bilan shakllantirishda bevosita (to’g’ri) 

soliqlarning rolini tobora oshirib borish; 

  resurslar bilan bog’liq soliqqa tortish potentsialini oshirish; 



  soliq tizimini sodda va tushunarli bo’lishini ta’minlash. 

Hozirgi  paytda  Respublikamizda  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini 

kamaytirishga doir izchil siyosat olib borish choralari amalga oshirilmokda. Jumladan, 

2005  yilning  1  iyulidan  boshlab  tadbirkorlik  sub’ektlariga  nisbatan  huquqiy  ta’sir 

choralari,  jumladan,  tadbirkorlik  sub’ektlarining  faoliyatlarini  tugatish,  faoliyatni 

to’xtatib  qo’yish,  banklardagi  hisob-raqamlari  bo’yicha  operatsiyalarni  to’xtatib 

qo’yish,  (jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  legallashtirish  va  terrorizmni 

moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno), moliyaviy sanktsiyalarni 

qo’llash,  soliq  va  yig’imlarni  to’lash  muddatini  o’tkazib  yuborganlik  uchun  penya 

qo’shish,  huquqbuzarlik  predmetlarini  davlat  daromadiga  o’tkazish  (konfiskatsiya), 

faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnomalarni 10 kundan 



28 

 

ortiq  muddatga  to’xtatib  quyish  yoki  bekor  qilish  faqat  Sud  qarorlari  orqali  amalga 



oshirish tartibi joriy qilindi. 

Farmonga  muvofiq,  tadbirkorlik  sub’ektlarini  moliya-xo’jalik  faoliyatini 

tekshirish  (taftish  qilish)  faqat  Davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  o’tkazilishi, 

tadbirkorlik  sub’ektlarining  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatini  tekshirish  davomida  jinoyat 

alomatlari  aniqlangan  hollarda  tegishli  materiallarni  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

organlarga  taqdim  etib  borilishi  belgilandi.  Shu  bilan  birga,  soliqlar  va  to’lovlarni 

birxillashtirishga  katta  e’tibor  qaratilmokda.  Bu  esa  soliqqa  tortish  mexanizmlarining 

oshkoraligiga,  soliqlarni  hisoblash  va  to’lashga  oid  korxonalar  faoliyatini 

soddalashtirishga,  shuningdek,  soliq  majburiyatlarining  bajarilishini  samarali  nazorat 

qilishga yordam beradi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  24  iyundagi  “Tadbirkorlik 

sub’ektlarining  xo’jalik  sohasidagi  huquqbuzarliklari  uchun  moliyaviy  javobgarligini 

erkinlashtirish to’g’risida”gi PF-3622-son Farmoniga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlari 

tomonidan  birinchi  marta  sodir  etilgan,  qasddan  qilinmagan  va  kam  ahamiyatli, 

huquqbuzarliklar  uchun  mansabdor  shaxslarga  nisbatan  qonunda  belgilangan  tartibda 

materiallarni  sud  organlariga  taqdim  etmasdan  faqat  ma’muriy  javobgarlik  choralari 

qo’llanilishi,  shuningdek  materiallar  sud  instantsiyalariga  topshirilgan  hollarda, 

tadbirkorlik  sub’ekti  soliqlar,  yig’imlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  to’lamaganlik 

uchun sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli etkazilgan zararning o’rnini bir oy mobaynida 

ixtiyoriy  ravishda  qoplagan  hamda  uning  oqibatlarini  bartaraf  etgan,  jumladan  penya 

to’lagan  tadbirkorlik  sub’ekti  moliyaviy  sanktsiyalar  qo’llanilishidan  ozod  etilishi 

belgilab qo’yildi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 sentyabrdagi “Tadbirkorlik 

faoliyati  yuritish  uchun  ruxsatnoma  turlarini  qisqartirish  va  ularni  berish  tartib-

qoidalarini soddalashtirish to’g’risida”gi PQ-186-son qaroriga muvofiq, 2005 yilning 1 

oktyabridan  boshlab  qonun  hujjatlarida  belgilangan  faoliyat  turlari  bilan 

shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun litsenziyalar kamida 5 yil muddatga berilishi, lekin 

alohida faoliyat turlari bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga litsenziyalar cheklanmagan 

muddatga  berilishi,  ayrim  faoliyat  turlariga  litsenziya  berish  tegishli  boshqaruv 


29 

 

organlari  zimmasiga  yuklatildi.  Tadbirkorlik  faoliyatini  yuritishda  bir-birini 



takrorlaydigan  va  ortiqcha  ruxsatnomalar  berish  tartib-qoidalari  bekor  qilinib,  11  ta 

faoliyat  turi  bo’yicha  ruxsatnomalar  olish  va  ruxsatnomalarni  rasmiylashtirish 

jarayonlari bekor qilindi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Tadbirkorlik  sub’ektlarini  tekshirishni 

yanada  qisqartirish  va  uning  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  3665-con 

Farmoniga  muvofiq  esa,  mikrofirmalar,  kichik  korxonalar  va  fermer  xo’jaliklarining 

moliya-xo’jalik  faoliyatini  har  to’rt  yilda  ko’pi  bilan  bir  marta,  boshqa  tadbirkorlik 

sub’ektlarini esa har uch yilda ko’pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o’tkazish, 

yangi  tashkil  qilingan  mikrofirmalar,  kichik  korxonalar  va  fermer  xo’jaliklarining 

moliya-xo’jalik  faoliyatini  ular  davlat  ro’yxatiga  olingan  paytdan  boshlab  ikki  yil 

mobaynida  reja  asosida  tekshirish  o’tkazilmasligi,  hududiy  soliq  organlari  tomonidan 

boshqa  tumanlar  (shaharlar)da  ro’yxatga  olingan  tadbirkorlik  sub’ektlarining  ishlab 

chiqarish  binolari,  savdo  shohobchalari  qaerda  joylashganidan  va  xizmatlar 

ko’rsatiladigan  (ishlar  bajariladigan)  joydan  qat’i  nazar  ularning  moliya-xo’jalik 

faoliyatini  tekshirish  takrorlanishiga  yo’l  qo’yilmagani  holda,  tadbirkorlik  sub’ekti 

ro’yxatga  olingan  joydagi  tegishli  soliq  organlari  bilan  bir  vaqtda  amalga  oshirilishi 

belgilandi. 

Respublikamizda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  qo’llab  quvvatlash 

va  ular  uchun  qulay  investitsiya  muhitini  yaratish  hamda  ular  zimmasidagi  soliq 

yukini  kamaytirish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2014  yil  7 

apreldagi  “O’zbekiston  Respublikasida  investitsiya  iqlimi  va  ishbilarmonlik  muhitini 

yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4609 son 

farmoni qabul qilindi.  

Unga muvofiq soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’laydigan, 

shuningdek  ishlab  chiqarishning  barqaror  o’sish  sur’atlarini  va  rentabelligini 

ta’minlovchi  kichik  tadbirkorlik  sub’ektlarining  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatini  soliq 

tekshiruvidan o’tkazishga qo’llanilgan moratoriy 2017 yilning 1 yanvarigacha bo’lgan 

muddatgacha  uzaytirildi  (yuridik  shaxslarni  tugatishdagi,  qo’zg’atilgan  jinoiy  ishlar 

doirasidagi,  shuningdek  byudjet  va  markazlashtirilgan  mablag’lar  va  resurslaridan 


30 

 

foydalanish  bilan  bog’liq  rejadan  tashqari  tekshiruvlar  bundan  mustasno).  Bundan 



tashqari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari kichik tadbirkorlik 

sub’ektlari  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetiga  ularning 

hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashda banklar xizmatlari 

uchun to’lovlar undirish amaliyotini bekor qilinishi belgilandi. 

Bunday  tadbirlarning  amalga  oshirilishi  ishbilarmonlik  muhitini  yanada 

takomillashtirish, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oydinligini 

oshirish,  shu  asosda  tadbirkorlik  faoliyatini  yuritish  sharoitlarini  tubdan  yaxshilash, 

yangi  ish  joylarini  barpo  etish  va  iqtisodiyotning  xususiy  sektorida  aholi  bandligini 

oshirishga xizmat qiladi. 

  

2.2.  Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq yukinining amaliy holati tahlili. 

 

Ma’lumki  barqaror  iqtisodiy  o’sishga  erishish  iqtisodiy  siyosatning  bosh 



maqsadi  hisoblanadi.  Ushbu  vazifani  hal  etilishida  byudjet-soliq  siyosati 

boshqaruvchi hamda tartibga soluvchi rolini ijro etadi.    

Barchamizga  ma’lumki,  2014  yilda  mamlakatimizda  iqtisodiy  islohotlarni 

chuqurlashtirishning  eng  ustuvor  yo’nalishlari  belgilab  berildi.  Ushbu  ustuvor 

yo’nalishlardan  kelib  chiquvchi  vazifalarni  amalga  oshirishda  salmoqli  natija  va 

sezilarli  o’zgarishlar  qo’lga  kiritilmoqda,  jumladan  iqtisodiyotining  yuqori 

barqaror sur’atlar bilan o’sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab 

chiqarishni  tarkibiy  o’zgartirish  va  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik 

yangilash ishlari davom ettirilmoqda. 

Iqtisodiyot  tarmoqlari  bo’yicha  soliq  yukini  ko’rib  chiqishda  barcha  soliqlar 

va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  tushumga  nisbatan  salmog’ini,  bevosita  narx 

tarkibiga  kiradigan  soliqlar  va  majburiy  ajratmalarning  tushumdagi  salmog’ini  va 

ishlab  chiqarish  tannarxi  va  davr  xarajatlariga  kiritiladigan  soliqlar  va  majburiy 

ajratmalarning  tushumdagi  salmog’ini  tahlil  qilib  chiqamiz.  Tahlil  jarayonida 

2011-2014 yillardagi iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha soliq yukini ko’rib chiqamiz. 


31 

 

2-jadval 



Tarmoqlar bo’yicha barcha soliqlar va majburiy ajratmalarning tushumga 

nisbatan salmog’i tahlili 

 

№ 



 

Barcha soliqlar va majburiy 

ajratmalarning tushumga nisbatan 

salmog’i 

2011 yil 

2012 

yil 

2013 yil 

2014 yil 

Yoqilg’i-energetika sanoati 



23,2 

10,5 


13,8 

13,0 


Metallurgiya sanoati 

15,5 

12,9 


25,8 

24,3 


Kimyo va neft kimyo sanoati 

15,1 

12,2 


14,0 

14,5 


Mashina  qurilish  va  metalni  qayta 

ishlash sanoati  

29,0 


20,3 

16,6 


15,5 

Yog’ochni 



qayta 

ishlash 


va 

tsellyuloza - qog’oz sanoati 

31,3 

28,3 


28,2 

26,8 


Qurilish materiallari sanoati 

18,9 

19,0 


41,1 

38,4 


Shisha va farfor-chinni sanoati 

28,2 

22,7 


52,1 

45,2 


Engil sanoat 

17,1 

16,0 


13,1 

14,2 


Oziq-ovqat 

va 

un 


mahsulotlari 

sanoati 


39,8 

41,8 


48,1 

40,2 


10  Qishloq xo’jaligi 

17,7 


13,0 

8,6 


9,2 

11  Transport 

7,6 

6,0 


8,6 

9,0 


12  Aloqa 

25,6 


24,1 

29,4 


28,2 

13  Qurilish 

19,2 

22,9 


22,4 

23,2 


14  Savdo va umumiy ovqatlanish 

5,0 


7,4 

11,4 


12,0 

15  Boshqalar 

17,1 

15,1 


13,3 

14,7 


O’rtacha nisbat 

27,3 


22,9 

18,8 


22,6 

 

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tarmoqlar bo’yicha soliq yuki 2014 



yilda  shisha  va  farfor-chinni  sanoatida  eng  yuqori  45,2  foizni  tashkil  etgan, 

shuningdek, oziq-ovqat va un sanoati tarmog’ida ham soliq yuki 40,2 foizni tashkil 

etgan  va  2013  yilga  nisbatan  6,9  foizli  punktga  kamayganligini  ko’rish  mumkin. 

Bu  borada  qishloq  xo’jaligidagi  islohotlar  tufayli  qishloq  xo’jaligi  tarmog’idagi 

soliq  yuki  2013  yilda  2012  yilga  nisbatan  4,4  punktga  kamaygan  bo’lsada  2014 

yilda  9,0  foizni  tashkil  etgan.  Metallurgiya  sanoatida  2013  yilda  soliq  yukining 



32 

 

keskin o’sishi kuzatilgan va 2013 yilda 2012 yilga nisbatan 12,9 punktga oshgan. 



2014 yilda bu ko’rsatkich 1,5 foizli punktga paysayganligini ko’rish mumkin. 

3-jadval 

Tarmoqlar bo’yicha bevosita narx tarkibiga kiradigan soliqlarning 

tushumdagi salmog’i tahlili 

 

№ 



 

Bevosita narx tarkibiga 

kiradigan soliqlarning 

tushumdagi salmog’i 

2011 

yil 

2012 

yil 

2013 

yil 

2014 

yil 

Yoqilg’i-energetika sanoati 



5,3 

2,8 


7,7 

7,5 


Metallurgiya sanoati 

0,3 

0,5 


5,0 

4,7 


Kimyo va neft kimyo sanoati 

1,9 

0,6 


2,9 

3,0 


Mashina  qurilish  va  metalni  qayta  ishlash 

sanoati  

7,9 


3,7 

3,5 


4,0 

Yog’ochni  qayta  ishlash  va  tselyuloza-



qog’oz sanoati 

21,9 


20,6 

20,7 


22,3 

Qurilish materiallari sanoati 



8,9 

8,3 


19,2 

20,2 


Shisha va farfor-chinni sanoati 

13,3 

11,1 


39,6 

37,8 


Engil sanoat 

7,6 

7,3 


6,5 

4,9 


Oziq-ovqat va un mahsulotlari sanoati 

34,5 

35,3 


39,2 

35,6 


10  Qishloq xo’jaligi 

11,2 


5,7 

3,0 


3,2 

11  Transport 

1,6 

1,1 


2,1 

2,2 


12  Aloqa 

15,8 


14,4 

15,6 


15,0 

13  Qurilish 

8,5 

9,8 


11,3 

12,3 


14  Savdo va umumiy ovqatlanish 

0,2 


1,3 

0,3 


0,8 

15  Boshqalar 

3,9 

4,4 


2,4 

3,8 


O’rtacha nisbat 

15,6 


12,2 

11,9 


11,8 

 

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bevosita narx tarkibiga kiradigan 



soliqlar  (bunday  soliqlarga  egri  soliqlar  hisoblangan  qo’shilgan  qiymat  solig’i, 

aktsiz  solig’i,  transport  vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va  gaz  ishlatganlik 

uchun soliq kabilar kiradi)ning tushumdagi salmog’i qurilish materiallari sanoatida 

keskin o’sishi kuzatilgan bo’lib, 2014 yilda 2011 yilga nisbatan 11,3 foizli punktga 

o’sganligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu davr mobaynida bevosita narx narkibiga 

kiruvchi  soliqlarning  tushumdagi  salmog’i  qishloq  xo’jaligi  sohasi  bo’yicha  ham 



33 

 

keskin kamayish  tendentsiyasiga  ega  ekanligini  alohida ta’kidlash  lozim,  xususan 



2014  yilda  2011  yilga  nisbatan  8,0  foizli punktga kamaygan. Tarmoqlar  bo’yicha 

narx  tarkibiga  kiruvchi  soliqlarning  umumiy  nisbati  2011  yilgi  15,6  foiz  o’rniga 

2014 yilda 11,8 foizga qadar kamaygan.  

4-jadval 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling