Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.

bet16/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Nazorat savollari 
1.
 
Qo’shilgan qiymat solig’ining byudjet daromadlaridagi ahamiyati qanday? 
2.
 
Qo’shilgan qiymat solig’ini prognoz qilishda qanday ko’rsatkichlar hisobga olinadi? 
3.
 
Qo’shilgan qiymat solig’ining yalpi bazasi qanday aniqlanadi? 
4.
 
Qo’shilgan qiymat solig’ini prognoz qilishga misol keltiring? 

 
123 
11-mavzu. Aksiz solig’i prognozini tashkil qilish tartibi 
Reja 
1.
 
Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozidan  keyingi  davrda  aksiz  solig’i  va  uning 
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarida tutgan o’rni. 
2.
 
Aksiz solig’i tushumlarini prognoz qilish tartibi. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Aksiz solig’i, hisob-faktura, mahsulot hajmi, qiymat, mahsulot birligi, yig’ib olinish darajasi, 
o’rtacha bir birlikka aksiz solig’i summasi, o’rtacha narx, xisobot  
 
1.  Aksiz  solig’i  o’z  mohiyatiga  ko’ra  tovar  bahosiga  kiritiluvchi  va  oxirgi    iste’molchi 
tomonidan  to’lanadigan  bilvosita  soliqdir.  Uning  ijtimoiy  -  iqtisodiy  mohiyati  faqat  taqsimot 
darajasiga qarab ifodalanadi va takomillashtiriladi. 
Aksiz  solig’ining  iqtisodiy  mohiyati  byudjet  tushumini  ta’minlash  orqali  xalq  xo’jaligi 
manfaatlarini  o’ondirishga,  ko’proq  mablag’larni  jalb  ettirishi  orqali  namoyon  bo’lsa,  uning 
ijtimoiy  mohiyati  aholining,  ya’ni  asosiy  iste’molchilarning  to’lov  qobiliyatlarini  oshishida  o’z 
ifodasini  topadi.  Bu  esa  Aksiz  solig’i  ob’ektlari  (Aksiz  osti  tovarlari)ni    qisqartirilishida,  soliq 
stavkalari  pasayishida,  aholi  to’lov  o’obiliyatini  o’sishida  namoyon  bo’ladi.  Shuni  ham  ta’kidlab 
o’tish kerakki, sub’ektlar Aksiz solig’i iste’molchilari sifatida yuzaga kelishi tabiiydir. 
Ammo  Aksiz  solig’i  engiliklari  tovarlarni  harid  qilish  uchun  olinadigan  kredit  resurslarini 
qisqartirilishiga, bu esa o’z vaqtida harajatlarning pasayishiga olib keladi. Xarajatlarning pasayishi 
esa foyda ni oshirish omillaridan biridir. 
Shulardan  kelib  chiqqan  holda,  Aksiz  solig’ini  harakat  doirasini  ikki  yo’nalish  orqali 
chegaralash muammosi va ularni echish chora tadbirlarini ishlab chiqish zaruriyati tug’ilmoqda.  
Aksiz  solig’ining  birinchi  harakat  doirasi  bevosita    uning  ob’ektlari  bilan    bog’liq  bo’lsa, 
ikkinchisi  unga  mansub  stavkalariga  ta’luqlidir.  Bu  borada  o’ancha  urinishlar  qilingan    bo’lsada, 
ushbu  soliqni  doiraviy  harakatlariga  tayangan  holda  iqtisodiy  chegarasi  belgilanmaganligicha 
qolmoqda.  Natijada  soliq  ob’ektlarini  tovar  guruhlarining  qiymati  bo’yicha,  soliq  stavkalarini  esa 
tovar  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda    Prezident  tomonidan  tartiblashtirib  turmoqda.  Soliq 
idoralari  xodimlari  esa  faqat  ushbu  jarayonlarni  yuzaga  kelishini  kuzatuvchisi  yoki  nazorat 
etuvchisi bo’lib nomoyon bo’lmoqda.  
G’arb  mamlakatlarida  soliq  tizimlarining  takomillashtirilishi  soliqqa  tortishdagi  bir  necha 
tarkibiy  o’zgarishlarga  olib  keldi.  To’g’ri  soliqlarning  hissasi  kamayib,  bilvosita  soliqlarning  va 
sotsial (ijtimoiy) sug’urta badallarining hissasi (salmog’i) ortib borganligi kuzatildi. 
 
Aroq-vino mahsulotlari bo’yicha, umumiy soliqlardan, 
bilvosita soliqlar tushumining aholi jon boshiga to’g’ri salmog’i 
 
Axolining har bir jon 
boshiga to’g’ri keladigan 
aroq-vino mahsulotlari xajmi 
(AQSh dol) 
Guruhga 
qo’shilgan 
mamlakatlar soni 
Umumiy soliq tushumlari, % 
bilvosita 
soliqlar 
bojxona boji 
100 
20 
68 
35 
101-200 
11 
64 
32 
201-500 
198 
64 
33 
501-850 

50 
18 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 850dan 
yuqori 
15 
32 

  
Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  yashash  darajasi  eng  past  bo’lgan  mamlakatlarda  bilvosita 
soliqlar  barcha  soliqlarning  68%ga  to’g’ri  kelsa,  bevosita  soliqlar  salmog’i  32%ni  tashkil  etadi. 

 
124 
Rivojlangan  mamlakatlarda  esa  buning  aksi  32%  -  bilvosita  soliqlar  va  68%  bevosita  soliqlarni 
tashkil etadi. 
O’zbekistonda 2005 yil aroq-vino mahsulotlari 1358,8 mlrd so’mni tashkil qilgan bir paytda har 
bir  kishi  boshiga  598,8  AQSh  dollari  to’g’ri  kelgan  (aholi  23954,6  ming  kishi,  AQSh  dollarining 
o’rtacha  yillik  kursi  94,73  so’m).  Bunda  byudjet  daromadida  bilvosita  soliqlar  44,5%ga  to’g’ri 
kelgan. 
2005  yilda  esa  aroq-vino  mahsulotlari  2048,4  mlrd  so’m  bo’lganda,  kishi  boshiga  679,6 
AQSh dollari (aholi 2005 yil 24406,3 ming kishi, o’rtacha AQSh dollarining kursi 2005 yil – 123,5 
so’m)  to’g’ri  kelgan.  Bilvosita  soliqlar  byudjet  daromadlarining  48,8%ini  tashkil  etgan.  Oxirgi 
yillar davomida bilvosita soliqlar (NDS va Aksiz) byudjet daromadlarining stabil qiymatiga,  ya’ni 
50%idan kam bo’lmagan salmog’iga to’g’ri keladi. 
Undirilishining  engilligi  va  oddiyligi  uchun  xorijiy  mamlakatlarda  bilvosita  soliqlar  keng 
tarqalgandir.  Eng  keng  tarqalgan  bilvosita  soliq  universal  Aksiz  (oborot  solig’i)  bo’lib,  bu  soliq 
juda  ko’p  iste’mol  tovarlari  va  xizmatlarni  o’amrab  olganligi  uchun  byudjetga  juda  katta 
tushumlarning kelishini ta’minlaydi. 
Hozirgi  paytda  universal  Aksiz  juda  ko’p  mamlakatlarda  qo’shilgan  qiymat  solig’i  shaklini 
olib, soliq tizimini unifikatsiyalashtirishni boshlab berdi. Bu soliqning kengayishiga uning ba’zi bir 
afzalliklari  (soliqqa  tortishning  oddiyligi,  yuqori  daromadligi,  iqtisodiyotni  tartibga  solishdagi 
samaradorligi, ishlab chiqarish ustidan nazoratning mavjudligi) sabab bo’ldi.  
Agar  byudjet  daromadlarini  etishmasligi  davlat  harajatlarining  ortishi  hisobiga  emas,  balki 
iqtisodiyotning  past  rivojlanish,  korxonalar  moliyaviy  xo’jalik  faoliyatining  og’irlashuv  hisobiga 
bo’lsa,  unda  daromad  solig’ining  kamayishi  yuz  beradi.  Bu  holda  ham  davlat  asosan  Aksiz 
hisobiga, so’ngra esa qo’shilgan qiymat solig’i hisobiga o’z daromadlarini shakllantiradi. 
O’zbekiston  Respublikasida  Aksiz  solig’i  bilan  byudjet  daromadlarii  tashkillashtirishda 
muammolarni  echish  uchun  kullaniladigan  asosiy  moliyaviy  kurol  hisoblanadi.  Shu  tufayli  Aksiz 
solig’i  stavkalari  va  soliqka  tortiladigan  mahsulotlar  soni  har  yili  kurib  chiqiladi  va  yil  davomida 
kerak bo’lsa o’zgartirib boriladi.  
Soliq psixologiyasi nuqtai nazaridan barcha soliqlar iste’mol predmeti hisoblanadi,  aksizlar 
ham  shular  jumlasiga  kiradi  va  qo’yidagi  afzaliklarga  ega.    Тovarning  narxida  o’tirganligi  uchun 
ular  ko’zga  ko’rinmaydi,    soliqning  katta  kichikligini  bilmagan  sotib  oluvchi  uning  narxida  soliq 
o’tirganligini  bilmay  turib  tovarni  sotib  oladi.    Bu  odatda  bilvosita  soliq  bo’lib,    uni  yaxshisi 
ko’rinmas deb atash maqsadga muvofiq bo’lar edi.  
Aksizlar-tovarlar uchun qo’yiladigan bilvosita soliqlarning bir turi bo’lib,  qo’shilgan qiymat 
solig’idan  farqli  ma’lum  bir  chegaralangan  tur  va  guruhdagi  mahsulotlarning  narxiga  yoki 
ko’rsatilayotgan  xizmatlarning  ta’rifiga  qo’shiladi.    "Aksiz"  so’zi  fransuz  tilidan  kelib  chiqqan 
bo’lib,    chopib  tashlash  ma’nosini  bildiradi.    Bu  erdan  ushbu  to’lovning  o’ziga  xos  xususiyatlari 
kelib    chiqadi.  Aksizlar  tovar    narxiga  qo’shiladi  va  hukumatga  uning    qiymatidan  bir  qismini 
olishga  yoki  kesib  olishga  imkon  beradi.    Ustiga  qo’yilgan  qo’shimcha  narx  mahsulot  ishlab 
chiqarishning  unumdorligini  yoki  biron  bir    alohida  xususiyatlarini  bildirmaydi,    balki  aksiz 
tovarlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning alohida sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.  
Aksiz solig’i-bu ishlab chiqarish korxonalarida yaratilgan yoki import qilingan ba’zi tovarlar 
qiymatining bir qismini majburiy byudjetga to’lovdir.  
O’zbekiston  Respublikasi  hududida  ishlab  chiqarilgan  tovarlarga  va  import  qilingan,    aksiz 
to’lanadigan tovarlarga aksiz  solig’i solinadi.  
O’zbekiston  Respublikasida  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  ishlab  chiqarayotgan  yoki  bunday 
tovarlarni import kilayotgan yuridik shaxslar byudjetga aksiz solig’i to’laydilar.  
Import tovarlar bo’yicha aksiz solig’i to’lovchilar Respublikaning davlat chegaralaridan chet 
elda ishlab chiqilgan tovarlarni olib kiruvchilardir.  
Aksiz  to’lanadigan  tovarlarning  ayrim  turlari  bo’yicha  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  ishlab 
chiqaruvchi  bo’lmagan  shaxs  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qaroriga  binoan 
aksiz solig’ini to’lovchi etib belgilanishi mumkin. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  24  dekabrdagi  1449-sonli  «2011  yilgi 

 
125 
asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  va  byudjet  parametrlari  to’g’risida»gi  qarorida  belgilangan 
prognoz  ko’rsatkichlari  bo’yicha  aksiz  solig’i  davlat  byudjetining  daromad  qismida  15,3  foizni 
tashkil  qiladi.  Bilvosita  soliqlar  tarkibida  esa  31.4  foizni  tashkil  qiladi.  Davlat  byudjetining 
maqsadli jamg’armalarsiz daromad kismida bilvosita soliqlarning ulushi 28,7 foizni tashkil qiladi.  
Aksiz  solig’i tushumining davlat byudjetidagi salmog’i (foiz) 
Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  davlat  byudjeti  daromadlari  tarkibida  aksiz  solig’i  ulushining 
yildan  yilga  pasayishi  kuzatiladi.  Ya’ni  umumiy  byudjet  tarkibida  aksiz  solig’idan  tushum  2004 
yilda  24,0  %ni  tashkil  qilgan  bo’lsa,  2011  yilga  kelib  esa  15,3%ni  tashkil  qilgan.  Buning  sababi 
birinchidan  aksiz  solig’ining  umumbelgilangan  soliq  to’lovchilar  tomonidan  to’lanashi,  aksiz 
solig’i  to’lovchilari  cheklanganligi  va  yildan  yilga  davlat  byudjeti  daromadlarining  oshib 
borayotganligidir.  
Aksiz solig’ini prognoz qilishda soliq ob’ektlari, soliq bazasi, soliq davri, hisoblab chiqarish   
tartibi va to’lov muddatlarini aniqlash lozim bo’ladi.  
Aksiz  solig’ini  prognoz  qilish  maqsadida  quyidagilar  soliq    solinadigan  ob’ekt  bo’lib 
hisoblanadi: 
1) aksiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: 
tovarni sotish (jo’natish); 
garov  bilan  ta’minlangan  majburiyat  bajarilmagan  taqdirda,  garovga  qo’yilgan  aksiz 
to’lanadigan tovarlarni garovga qo’yuvchi tomonidan topshirish; 
aksiz to’lanadigan tovarlarni bepul topshirish; 
aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  ish  beruvchi  tomonidan  ish  haqi  hisobiga  yollangan  xodimga 
qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda  topshirish  yoki  hisoblangan  dividendlar  hisobiga 
yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish; 
aksiz to’lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga 
(ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish; 
2)  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  yuridik  shaxsning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa 
yoki  pay  badali  tariqasida  yoxud  oddiy  shirkat  shartnomasi  bo’yicha  sherikning  (ishtirokchining) 
hissasi sifatida topshirish; 
3)  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  yuridik  shaxsning  ishtirokchisiga  (muassisiga)  u  yuridik 
shaxs  tarkibidan  chiqqan  (chiqib  ketgan)  taqdirda  yoki  yuridik  shaxs  qayta  tashkil  etilganligi, 
tugatilganligi  (bankrotligi)  munosabati  bilan  topshirish,  shuningdek  oddiy  shirkat  shartnomasi 
doirasida  ishlab  chiqarilgan  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  mazkur  shartnoma  sherigiga 
(ishtirokchisiga)  uning  shartnoma  ishtirokchilari  umumiy  mulkidagi  mol-mulkdan  ulushi  ajratib 
berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish; 
4)  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  ulush  qo’shish  asosida  qayta  ishlashga  topshirish, 
shuningdek  ulush  qo’shish  asosida  xom  ashyo  va  materiallarni,  shu  jumladan  aksiz  to’lanadigan 
xom  ashyo  va  materiallarni  qayta  ishlash  mahsuli  bo’lgan  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  ishlab 
chiqaruvchi  tomonidan  qayta  ishlashga  berilgan  xom  ashyo  va  materiallarning  mulkdoriga 
topshirish; 
5)  ishlab  chiqarilgan  va  (yoki)  qazib  olingan  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  o’z  ehtiyojlari 
uchun topshirish; 
6)  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  O’zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududiga  import 
qilish. 
Quyidagilarga aksiz solig’i solinmaydi: 
1)  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  ularning  ishlab  chiqaruvchilari  tomonidan  eksportga 
realizatsiya  qilishga,  bundan  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 
belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; 
Yillar 
2004 yil 
2005 
yil  
2006 
yil 
2007 
yil 
2008 
yil  
2009 
yil  
2010 
yil  
2011 
yil 
Aksiz solig’ining davlat 
byudjetidagi ulushi 
 
24.0 
21,0 
19,0 
17,2 
16.5 
14.4 
16.7 
15,3 

 
126 
2) keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti 
bilan  "bojxona  hududida  qayta  ishlash"  bojxona  rejimiga  joylashtirilgan  tovarlardan  ishlab 
chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga; 
3) O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:  
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  tartibda 
insonparvarlik yordami sifatida; 
davlatlar,  hukumatlar,  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  hayriya  yordami  maqsadida,  shu 
jumladan texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida; 
O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  bo’yicha  xalqaro  va  chet  el  hukumat 
moliya  tashkilotlari  tomonidan  berilgan  zayomlar  (kreditlar)  mablag’lari  hisobiga,  shuningdek 
grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to’lanadigan tovarlarni import 
qilishga;  
4)  aksiz  to’lanadigan  tovarlarni  O’zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududiga  aksiz 
solig’i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import 
qilishga.  O’zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududiga  aksiz  solig’i  solinmaydigan  tovarlarni 
jismoniy  shaxslar  tomonidan  olib  kirish  normalarining  eng  yuqori  chegarasi  qonun  hujjatlarida 
belgilanadi;  
5) 
vakolatli 
davlat 
organining 
yozma 
tasdig’i  mavjud  bo’lgan  taqdirda, 
telekommunikatsiyalar  operatorlari  va  tezkor-qidiruv  tadbirlari  tizimining  texnik  vositalarini 
sertifikatlashtirish  bo’yicha  maxsus  organ  tomonidan  olinadigan  tezkor-qidiruv  tadbirlari  tizimi 
texnik vositalarini import qilishga. 
Aksiz to’lanadigan tovarlar oluvchiga jo’natilgan  yoki topshirilgan kun, aksiz to’lanadigan 
tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir. 
Garovga  qo’yilgan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  garovga  qo’yuvchi  tomonidan  topshirilgan 
taqdirda,  garov  narsasiga  bo’lgan  mulk  huquqi  o’tgan  sana  garovga  qo’yuvchi  uchun  realizatsiya 
qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir. 
Import  qilinayotgan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  bojxona  rasmiylashtiruvidan  o’tkazilgan 
sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir. 
Aksiz  solig’ining  stavkalari  mutlaq  summada  (qat’iy)  belgilangan  aksiz  to’lanadigan 
tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi 
asosida aniqlanadi. 
Aksiz  solig’ining  stavkalari  foizlarda  (advalor)  belgilangan  ishlab  chiqarilayotgan  aksiz 
to’lanadigan  tovarlar  bo’yicha  realizatsiya  qilingan  aksiz  to’lanadigan  tovarlarning  aksiz  solig’i 
hamda qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir. 
Ish  haqi  hisobiga,  hisoblab  chiqarilgan  dividendlar  hisobiga,  bepul  yoki  boshqa  tovarlarga 
(ishlarga,  xizmatlarga)  ayirboshlash  uchun  beriladigan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  bo’yicha, 
shuningdek  tovarlar  tannarxidan  past  narxlarda  realizatsiya  qilingan  taqdirda  soliq  to’lovchi 
tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bo’lmagan darajada belgilaydigan narx 
asosida hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir. 
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan 
tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar 
qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini o’z ichiga oladi. 
Aksiz  solig’ining  stavkalari  foizlarda  (advalor)  belgilangan  import  qilinayotgan  aksiz 
to’lanadigan  tovarlar  bo’yicha  soliq  solinadigan  baza  bojxona  to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga 
muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi. 
Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to’lovchida tuzatish kiritiladi: 
tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda; 
bitim shartlari o’zgartirilganda; 
baholar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda. 
Soliq  solinadigan  bazaga  tuzatishni  kiritish  bir  yillik  muddat  doirasida,  kafolat  muddati 
belgilangan tovarlar bo’yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. 
Soliq  solinadigan  bazaga  tuzatish  kiritish  yangi  hisobvaraq-faktura  yoki  boshqa  hujjatlar 

 
127 
asosida amalga oshiriladi. 
Aksiz  to’lanadigan  tovarlar  ro’yxati  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori  bilan 
tasdiqlanadi. 
Aksiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va (yoki) naturada 
ifodalangan o’lchov birligiga mutlaq summada (qat’iy) belgilanadi. 
Aksiz solig’ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va aksiz solig’ining belgilangan 
stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Hisoblab  chiqarilgan  aksiz  solig’ining  summasi  belgilangan  chegirma  summasiga 
kamaytiriladi. 
Aksiz  to’lanadigan  tovarlar  olinayotganda  yoki  O’zbekiston  Respublikasining  bojxona 
hududiga  import  qilinayotganda,  agar  mazkur  tovarlardan  keyinchalik  aksiz  to’lanadigan  tovarlar 
ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi hududida 
to’langan aksiz solig’i summasi chegirib tashlanadi. 
Aksiz solig’ini prognoz qilishda soliq bazasiga imtiyozlar va chegirmalar ta’sir qiladi. 
Aksiz  to’lanadigan  tovar  yoki  xom  ashyo  etkazib  beruvchilar  mazkur  tovar  (xom  ashyo) 
bo’yicha  aksiz  solig’i  summasini  hisobvaraq-fakturada  ajratib  ko’rsatishlari  kerak.  Olinayotgan 
aksiz  to’lanadigan  tovar  (xom  ashyo)  bo’yicha  aksiz  solig’i  summasi  hisobvaraq-fakturada  ajratib 
ko’rsatilmagan bo’lsa, aksiz solig’ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi. 
Chegirma  soliq  davrida  realizatsiya  qilingan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  hajmiga  to’g’ri 
keladigan  aksiz  to’lanadigan  tovar  (xom  ashyo)  hajmidan  kelib  chiqqan  holda  aniqlangan  aksiz 
solig’ining  hisobvaraq-fakturada  yoki  bojxona  yuk  deklaratsiyasida  ko’rsatilgan  summasiga 
nisbatan amalga oshiriladi. 
Ushbu  qoidalar  qayta  ishlashga  berilgan  xom  ashyo  va  materiallardan  tayyorlangan  aksiz 
to’lanadigan  tovarlar  topshirilayotganda  ham  qayta  ishlashga  berilgan  aksiz  to’lanadigan  xom 
ashyo va materiallarning mulkdori aksiz solig’i to’laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo’llaniladi. 
Aksiz  solig’ini  rejalashtirishda Soliq kodeksiga  binoan soliq  davri mikrofirmalar  va  kichik 
korxonalar  uchun  -  yil  choragi,  mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  jumlasiga  kirmaydigan  soliq 
to’lovchilar uchun - bir oy qilib belgilangan 
Aksiz  solig’ining  hisob-kitobi  soliq  bo’yicha  hisobga  olish  joyidagi  davlat  soliq  xizmati 
organlariga: 
aksiz  solig’i  to’lovchilar  bo’lgan  mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  tomonidan  -  yilning 
har choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay; 
mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  jumlasiga  kirmaydigan  soliq  to’lovchilar  tomonidan  - 
har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. 
Hisoblab chiqarilgan aksiz solig’i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi: 
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay - joriy oyning birinchi o’n kunligi uchun; 
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay - joriy oyning ikkinchi o’n kunligi uchun; 
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay - hisobot oyining qolgan kunlari uchun. 
Import  qilinadigan  aksiz  to’lanadigan  tovarlar  bo’yicha  aksiz  solig’i  tovarlarning  bojxona 
rasmiylashtiruviga  qadar  yoki  bojxona  rasmiylashtiruvi  vaqtida  import  qiluvchi  tomonidan 
to’lanadi. 
Aksiz  markalari  bilan  tamg’alanishi  lozim  bo’lgan  import  qilinadigan  aksiz  to’lanadigan 
tovarlar bo’yicha aksiz solig’i aksiz markalari olinguniga qadar to’lanadi. 
Soliq  bazasi,  soliq  davri,  chegirmalar,  imtiyozlarni  tahlil  qilish  natijasida  aksiz  solig’i 
prognoz qilinadi. 
Aksiz  solig’ini  prognoz  qilishni  yillar  bo’yicha  tushumlarni  tahlil  qilishdan  boshlaymiz. 
Тuman bo’yicha aksiz solig’idan oxirgi besh yillik tushum to’g’risida ma’lumot olinadi. 
 
Ko’rsatkichlar  
Yillar 
2006 y 
2007 y 
2008 y 
2009 y 
2010 y 
Тushum 
2434,0 
2489,1 
2527,0 
2592,5 
2656,7 
Soliqni  prognoz  qilish  uchun  aksiz  solig’i  bo’yicha  oldingi  yillar  tushumiga  ega  bo’lgan 

 
128 
holda, zanjirsimon usulda o’rtacha o’sish koeffitsiyenti topiladi. 
 (1 +1,023 + 1,015+ 1,025 + 1,024) / 5 =1, 017 
va joriy iyldagi tushumga ko’paytirilib, keyingi yilga prognoz qilinadi. 
1,017 * 2656,7 = 2702,9 
Тushum  bo’yicha  prognoz  qilishda  yillar  bo’yicha  o’rtacha  o’sish  koeffitsiyenti  topilib, 
oxirgi  yildagi tushumga  ko’paytiriladi  va bunga  ta’sir qilishi  mumkin  bo’lgan  omillar  o’rganilgan 
holda prognoz qilinadi. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
1.
 
Aksiz solig’ining byudjet daromadlarida tutgan o’rni haqida gapiring. 
2.
 
Aksiz solig’iga qanday tovarlar tortiladi? 
3.
 
Aksiz solig’ini advalor stavkada undirish tartibi qanday? 
4.
 
Aksiz solig’i tushumlarini prognoz qilishda qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi? 
5.
 
Aksiz solig’ini prognoz qilishda asosan qanday usullardan foydalaniladi? 

 
129 
12-mavzu. Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini prognoz qilish tartibi 
Reja 
1  Iqtisodiyotni  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  davrda  jismoniy  shaxslar 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling