Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#393
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

x 
2-ust.  
-Qishloq  xo’jaligi 
(20000*) 
- ……………. 
- …………….. 
Jami 
 
 
 
 
 
 
Jadvalga izoh 
* iqtisodiyot tarmoqlarining klassifikatori bo’yicha xalq xo’jaligi tarmoqlari kodlari. 
**Davlat  statistika  qo’mitasining  «Mehnat  bo’yicha  asosiy  ko’rsatkichlar»  statistik 
byulletenidan olinadi. 
***Mehnatga  haq  to’lash jamg’armasining o’sish  koeffitsiyenti  oylik  ish  haqlarining  qaysi 
sanada va qancha %ga oshirilishi bilan bog’liq holda hisoblanadi. 
Masalan: 2009 yilda oylik ish haqlari 1 maydan 20 %ga oshirildi. 2010 yilda esa 1 iyundan 
25%ga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lsin. 
Mehnatga haq to’lash jamg’armasining 2010 yilda 2009 yilga nisbatan o’sish koeffitsiyenti 
quyidagicha hisoblanadi: 
Koeffitsiyent = 5 (2010 yil 1 iyungacha bo’lgan oylar soni) x 1,20 (2009 yil 1 maydan eng 
kam yolik ish haqining oshirilish  %i) + 7 (2010 yil 1 iyundan yil oxirigacha bo’lgan oylar soni) x 
1,20 (2009 yil 1 maydan eng kam yolik ish haqining oshirilish  %i) x 1,25(2010 yil 1 iyundan eng 
kam  yolik  ish  haqining  oshirilish    %i)  /  4  (2009  yil  1  maygacha  bo’lgan  oylar  soni)  
+ 8(2009 yil 1 maydan yil oxirigacha bo’lgan oylar soni) x 1,20 (2009 yil 1 maydan eng kam oylik 
ish haqining oshirilish  %i) = 1,213. 
****  Daromad  solig’ini  hisoblab  chiqarish  uchun  o’rtacha  yillik  eng  kam  ish  haqi  zarur 
bo’ladi. 
Masalan:  2010  yil  1  apreldan  eng  kam  oylik  ish  haqi  20%  ga,  1  avgustdan  20%ga  
oshirilishi  rejalashtirilgan  bo’lsin.  2010  yilda  yillik  o’rtacha  eng  kam  oylik  ish  haqini  hisoblash 
tartibi quyidagicha: 
Yillik  o’rtacha  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdori  =  (3  (2010  yil  1  aprelgacha  bo’lgan  oylar 
soni)x 18600 (2010 yil 1 yanvar holatiga eng kam oylik ish haqi miqdori) + 5(2010 yil 1 apreldan 1 
sentabrgacha bo’lgan oylar soni)x18600(2010 yil 1 yanvar holatiga eng kam oylik ish haqi miqdori) 
x 1,20 (2010 yil 1 apreldan eng kam oylik ish haqi miqdorining oshirilish darajasi) + 4 (2010 yil 1 
sentabrdan yil oxirigacha bo’lgan oylar soni)  18600 (2010 yil 1 yanvar holatiga eng kam oylik ish 
haqi miqdori) x 1,20 (2010 yil 1 sentabrdan eng kam oylik ish haqi miqdorining oshirilish darajasi) 

 
136 
)  /  12  (bir  yildagi  oylar  soni)  =  256680  /  12=  21390  so’m.Daromad  solig’i  2010  yilda  amal 
qilayotgan stavkalar bo’yicha hisoblanadi: 
Avvalo  shartli  belgi  kiritib  olamiz,  ya’ni  bir  ishlovchiga  to’g’ri  keladigan  yillik  mehnatga 
haq to’lash jamg’armasi – YD, yillik o’rtacha eng kam oylik ish haqi – EO. 
Agar YD miqdori: 

 
EKOIХ  ning  10x12  barobaridan  ortiq  bo’lsa,  u  holda  daromad  solig’i  =  (YD  – 
EKOIХ x 10 x 12) x 22% + (EKOIХ x (10-6) x 12 x 17%) + (EKOIХ x 6 x 12 x 11%); 

 
EKOIХ  ning  6x12  barobaridan  ortiq  bo’lsa,  u  holda  daromad  solig’i  =  (YD  – 
EKOIХ x 6 x 12) x 17% + (EKOIХ x 6 x 12 x 11%); 

 
EO ning 6x12 barobaridan kichik bo’lsa, u holda daromad solig’i = YD x 11 %; 
 
Mehnatga  haq  to’lash    jamg’armasi  yoki  ishlovchilar  sonining  tarkibida  soliq  bo’yicha 
imtiyozlar to’grisida ma’lumotlar mavjud bo’lsa, ular tegishli ravishda ayrib tashlanadi. 
 
2-usul. Davlat soliq organlarining  hisobotlari asosida. Bunda 1-N  hisoboti asosida o’tgan 
yilgi jismoniy shaxslarning daromad solig’i bo’yicha tushumlar aniklanadi; o’sish sur’atlari topiladi 
va kelgusi yil uchun tushumlarning  hisobi olinadi. 
Shu  bilan  birga  tuman  bo’yicha  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  jismoniy 
shaxslarning  olinadigan  qat’iy  belgilangan  daromad  solig’ini  rejalashtirish  tartibini  quyidagicha 
keltirish mumkin: 

 
Тadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning faoliyat turiga qarab soni 
aniqlanadi; 

 
Joriy yildagi eng kam ish  haqi to’g’risida ma’lumot olinadi; 

 
Bir tadbirkor tomonidan to’lanadigan soliq mikdori  hisoblanadi; 

 
Byudjetga  hisoblangan soliq summasi aniklanadi. 
Ma’lumotlar manbai DSK  hisobotlari. 
 
Тadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan qat’iy soliq 
bo’yicha kelgusi yilga tushumlar rejasi quyidagicha hisoblab chiqariladi: 
 
Тadbirkorlik 
faoliyati turlari 
Joriy yilda 
Rejalashtirilayotgan yilda 
Haqiqatda 
faoliyat 
ko’rsatgan 
tadbirkorlarn
ing  o’rtacha 
soni  
Kutilayot
gan 
tushum 
(ming 
so’mda) 
Bir  tadbirkor 
tomonidan 
to’langan  eng 
kam  oylik  ish 
haqi miqdori  
Bir  tadbirkor 
tomonidan 
to’lanishi 
kerak  bo’lgan 
soliq miqdori 
Byudjetga 
tushishi 
kerak 
bo’lgan 
soliq 
miqdori 






Yakka 
tadbirkorlar 
(faoliyat turlari 
bo’yicha) 
Тadbirkorlik 
faoliyati bilan 
shug’ullanuvchi 
yuridik shaxslar 
(faoliyat turlari 
bo’yicha )  
Davlat soliq 
qo’mitasi 
ma’lumotlari
dan olinadi 
Davlat 
soliq 
qo’mitasi 
ma’lu-
motla-
ridan 
olina-di 
3-ust. x 1000 
/ «joriy 
yildagi 
o’rtacha eng 
kam oylik ish 
haqi» 
4-ust. x «joriy 
yildagi 
o’rtacha eng 
kam oylik ish 
haqi» x «eng 
kam oylik ish 
haqining 
yildan yilga 
o’sish 
koeffitsi-enti» 
/1000  
5-ust. x 2-
ust 
 

 
137 
 
O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1.
 
Jismoniy shaxslarning daromadlari qanday guruhlarga bo’linadi? 
2.
 
Jismoniy  shaxslarning  mehnatga  haq  to’lash  shaklidagi  daromadlaridan  soliq  qanday 
undiriladi? 
3.
 
Jismoniy  shaxslarning  daromad  solig’ini  prognoz  qilishda  fodylaniladigan  ko’rsatkichlar 
nimalardan iborat? 
4.
 
Jismoniy shaxslarning daromadlari qanday prognoz qilinadi? 
5.
 
Yakka  tartibdagi  tadbirkorlardan  olinadigan  daromad  solig’ining  prognoz  qilishda 
nimalarga e’tibor beriladi? 
6.
 
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarini soliqqa tortishda ularning faoliyati ustidan 
soliq idoralarining nazorat qilish tartiblari qanday? 
 
 

 
138 
13-mavzu. Mol-mulk va resurs soliqlarini  prognoz qilish tartiblari.  
 
Reja 
1  Iqtisodiyotni  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  davrda  mol-mulk  va  resurs 
soliqlari va ularni prognozlash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar. 
2. Yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig’ini prognoz qilish 
tartibi. 
3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni prognoz qilish. 
4. Er solig’ini prognoz qilish. 
5. Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlarni prognoz qilish. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Mol-mulk, stavka, o’rtacha stavka, eskirish qiymati, baholash koeffitsiyenti, jadval, mulkning 
o’rtacha  sof  qiymati,  mulkning  o’rtacha  sof  qiymati,  mulkning  umumiy  qiymati,  nomoddiy 
aktivlarning o’rtacha qoldiq qiymati,  yig’ilish koeffitsiyenti, resurs solig’i, yer solig’i, suv solig’i, 
yer  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  soliq,  o’rtacha  ishlatilgan  suv  hajmi,    o’rtacha  yer  maydoni, 
haqiqatda foydalanilgan yer maydoni, qazilma boylikning o’rtacha qiymati 
 
1. Bugungi kunda soliq siyosatida davlat byudjetining daromad qismida bevosita soliqlarning 
ulushini  kamaytirib,  mol-mulk  va  resurs  soliqlarining  rolini  oshirish  borasida  talay  ishlar  amalga 
oshirilmoqda. Buning sababi birinchidan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish bo’lsa, 
ikkinchi  tomondan  tabiiy  resurslardan  suv,  er  va  esti  boyliklaridan  oqilona  foydalanish,  ularni 
kelgusi avlodlarga ortiqcha isrofgarchiliklarsiz etkazib berishdir. Shu nuqtai nazardan mol-mulk va 
resurs  soliqlarining  pronozini  tashkil  qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunda  mol-mulk  va  resurs 
soliqlarining  davlat  byudjetidagi  o’rnini  aniqlab  olish  muhimdir.  2011  yil  mol-mulk  va  resurs 
soliqlari davlat byudjetining daromad kismidagi prognoz ko’rsatkichlari 14,3 foiz kilib belgilangan. 
Bunda  byudjet  daromadlari  tarkibida  mol-mulk  solig’i  3,0  %,  resurs  soliqlari  11,2  foizni  tashkil 
qiladi.  Mol-mulk  va  resurs  soliqlari  tarkibida  esa  mol-mulk  solig’i  21,2  %,  er  solig’i  15,0  %,  er 
qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 61,0 %,  suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 2,6 % ni 
tashkil qiladi.   
Mol-mulk va resurs soliqlarining davlat byudjetidagi salmog’i (foiz) 
Yillar 
2005 
yil 
2006 
yil 
2007 
yil 
2008 
yil 
2009 
yil 
2010 
yil 
2011 
yil 
Resurs  to’lov-lari 
va 
mol-mulk 
solig’i 
16,3 
23,0 
21,3 
17,1 
16,0 
15,1 
14,3 
 Mol-mulk solig’i  
3,2 
4,6 
4,3 
3,3 
3,1 
2,7 
3,0 
Er solig’i 
2,6 
3,1 
3,2 
2,9 
2,6 
2,3 
2,1 
Er 
qa’ridan 
foydalanganlik 
uchun soliq 
10,1 
14,7 
13,2 
10,5 
9,8 
9,6 
8,7 
Suv  resurslaridan 
foydalanganlik 
uchun soliq 
0,4 
0,6 
0,6 
0,5 
0,4 
0,4 
0,4 
 
Mol-mulk solig’ining prognozini tashkil qilish maksadida davlat soliq organlari zarur bo’lgan 
asosiy ko’rsatkichlarni jamlashlari kerak:  
a.
 
Mol-mulk  solig’ini  prognozlashtirishda  mol-mulk  solig’ini  to’laydigan  jismoniy  va 
yuridik shaxslar - soliq to’lovchilar ro’yxati;  
b.
 
Mol-mulk solig’idan berilgan imtiyozlar summasi;  

 
139 
c.
 
Soliq to’lovchi sub’ektlarning asosiy vositalar harakati to’g’risidagi ma’lumotlar;  
d.
 
Soliq stavkalari;  
e.
 
Хo’jalik sub’ektlarini joriy davrda kiritgan va chiqib ketgan, shuningdek, hisobdan 
chiqarilgan asosiy vositalar to’g’risidagi ma’lumotlar;  
f.
 
O’z  muddatida  o’rnatilmagan  uskunalar,  tugallanmagan  qurilish  ob’ektlari  haqida 
ma’lumotlarni o’rganish muhim ahamiyatga ega.  
Soliq  tushumini  reja  tahminiga,  uning  o’zgarishiga  barcha  iqtisodiy  faktorlar  katta  ta’sir 
ko’rsatadi.  
Ushbu  omillarning  asosiysi  bo’lib,  soliq  bazasini  to’g’ri  aniqlash    hisoblanadi,  chunki  soliq 
stavkasi  soliq  bazasiga  qo’llaniladi,  demak  soliq  bazasi  qanchalik  to’g’ri    hisoblangan  bo’lsa, 
byudjetga tushadigan tushumning miqdori  ham ko’p bo’ladi. 
Bundan  kelib  chiqqan  holda,  mol-mulk  solig’ini  rejalashtirishda:  yuridik  shaxslar  uchun 
asosiy  vositalar,  nomoddiy  aktivlar,  tugallanmagan  qurilish  ob’ektlari,  belgilanmagan  muddatda 
ishga  tushirilmagan  asbob-uskunalar,  ijaraga  berilgan  mulk  to’g’risida  ma’lumotlar,  jismoniy 
shaxslar  uchun  uy-joylar,  kvartiralar,  dala  hovli  imoratlari,  garajlar,  joylar,  inshootlarning 
inventarizatsiya qiymatini aniqlash  kerak bo’ladi. 
Resurs  soliqlaridan  er  solig’ini  rejalashtirishda  er  uchastkalari,  maydonlar,  ko’chalar,  tor 
ko’chalar,  yo’llar,  sug’orish  tarmog’i,  sohil  bo’yi  erlari,  aholining  madaniy-maishiy  ehtiyojlarini 
qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan erlar, kommunal-maishiy erlar, zahira erlar haqida 
ma’lumotlar kerak bo’ladi.  
Er  qa’ridan foydalanganlik uchun  soliqni rejalashtirishda  soliq  ob’ektini  aniqlash  muhimdir, 
chunki stavka aynan ob’ektga nisbatan qo’llaniladi. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ob’ekti 
bo’lib,  kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi hisoblanadi.
6
  
Er  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  soliq  stavkasi  belgilangan  va  realizatsiya  qilish  yoki 
topshirish,  shu  jumladan  tekin  berish,  shuningdek  mahsulot  ishlab  chiqarish  maqsadida  o’z 
iste’moli  va  boshqa  ehtiyojlari  uchun  mo’ljallangan  foydali  qazilma  yoki  komponent  tayyor 
mahsulot deb e’tirof etiladi.  
Soliqni prognoz qilishda soliq solish ob’ekti tayyor mahsulotning har bir turi bo’yicha alohida 
aniqlanadi. Uglevodorodlar uchun soliq solish ob’ekti quyidagilardir: 
sanoat  yo’sinida  dastlabki  qayta  ishlovdan  o’tkazilgan  kavlab  olingan  uglevodorodlar,  shu 
jumladan qo’shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;  
uglevodorodlarni  qayta  ishlash  jarayonida  ajratib  olingan,  lekin  oldingi  kavlab  olinganda  va 
qayta  ishlanganda  qayta  ishlanadigan  foydali  qazilmalar  tarkibida  tayyor  mahsulot  sifatida  soliq 
solinmagan foydali komponentlar. 
Qatlamdagi  bosimni  saqlab  turish  uchun  va  gaz  kondensatini  tugal  texnologik  jarayon 
doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq 
solish ob’ekti bo’lmaydi. 
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral 
hosilalardan  ajratib  olingan  qimmatbaho  metallar  va  qimmatbaho  toshlar qimmatbaho  metallar  va 
qimmatbaho  toshlar  uchun  soliq  solish  ob’ektidir.  Qattiq  foydali  qazilmalar  bo’yicha  kavlab 
olingan va (yoki) ajratib olingan, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qattiq 
foydali qazilmalar va qayta ishlovchi korxonalar tomonidan qayta ishlash jarayonida ajratib olingan 
foydali qazilmalar soliq solish ob’ekti bo’ladi.  
Er  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  soliqni  prognoz  qilish  uchun  kavlab  olingan  tayyor 
mahsulot  hajmining  hisobot  davri  uchun  o’rtacha  olingan  realizatsiya  qilish  bahosida  hisoblab 
chiqilgan qiymatini bilish muhim ahamiyatga ega 
Hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan tayyor 
mahsulot  bo’yicha  alohida,  pulda  ifodalangan  realizatsiya  qilish  hajmlarini  (qo’shilgan  qiymat 
solig’i va aksiz solig’ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo’lish 
orqali aniqlanadi. 
                                                 
6
 O’zR Soliq kodeksi. 244-модда. 

 
140 
Hisobot  davrida  tayyor  mahsulot  realizatsiya  qilinmagan  bo’lsa,  soliq  solinadigan  baza 
realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning 
o’rtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Тayyor  mahsulot  umuman  realizatsiya  qilinmagan  taqdirda,  soliq  solinadigan  baza  hisobot 
davrida  mazkur  foydali  qazilmalarni  kavlab  olishning  ishlab  chiqarish  tannarxidan  kelib  chiqqan 
holda aniqlanadi. Bunda soliq to’lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o’sha hisobot davrida 
hisoblangan  er  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  soliq  summasiga  hisobot  davrida  tarkib  topgan 
o’rtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatish kiritiladi.  
Тayyor mahsulot boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo’lgan  yoki 
tayyor  mahsulot  o’zining  ishlab  chiqarish  yoki  xo’jalik  ehtiyojlari  uchun  foydalanilgan  hollarda 
bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan tayyor mahsulotning ishlab chiqarish 
tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.  
Suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliqni  rejalashtirishda  soliq  to’lovchilar  tomonidan 
foydalaniladigan suvning hajmini aniklash muhimdir.  
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni prognoz qilishda suv resurslarining er usti va 
er  osti  manbalaridan  olingan  suv  hajmi  suv  o’lchagich  asboblarining  ko’rsatkichlari  asosida 
aniqlanadi.  
Suvdan  o’lchagich  asboblarsiz  foydalanilgan  taqdirda,  uning  hajmi  suvdan  foydalanish 
limitlaridan,  suv  iste’molining  texnologik  va  sanitariya  normalaridan,  ekinlar  hamda  dov-
daraxtlarni  sug’orish  normalaridan  yoki  ma’lumotlarning  to’g’riligini  ta’minlovchi  boshqa 
usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Soliq  to’lovchilar  er  usti  va  er  osti  manbalaridan  olib  foydalanilgan  suv  resurslari 
hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan 
suv  keladigan  vodoprovod  tarmoqlaridagi  suvdan  foydalanilgan  taqdirda,  soliq  solinadigan  baza 
manbaning har bir turi bo’yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv etkazib beruvchi  yuridik shaxslar 
vodoprovod  tarmog’iga  suv  resurslarining  er  usti  va  er  osti  manbalaridan  keladigan  suv 
hajmlarining nisbati to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 
fevraliga qadar taqdim etishlari kerak.  
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv etkazib 
beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. 
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv etkazib beruvchi yuridik shaxs 
bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydilar. 
Soliq  to’lovchilar  yuridik  shaxslar  bilan  suv  etkazib  berilishi  yuzasidan  solishtirib  ko’rish 
jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan 
davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradilar. 
Faoliyat ko’rsatib turgan yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni 
bajaruvchi  soliq  to’lovchilar  bu  ishlarni  bajarish  jarayonida  foydalaniladigan  suv  uchun  suv 
resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  to’lamaydi.  Тa’mirlash-qurilish  va  boshqa  ishlarni 
bajarayotganda  foydalaniladigan  suv  hajmi  uchun  bu  ishlar  qaysi  yuridik  shaxslar  uchun 
bajarilayotgan bo’lsa, o’sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’laydi. 
Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi 
uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’laydi. 
Yagona  er  solig’i  to’lovchilar  bo’lmagan  qishloq  xo’jaligi  korxonalari  soliq  solinadigan 
bazani soliq davrida bir gektar sug’oriladigan erlarni sug’orish uchun sarflanadigan suvning butun 
xo’jalik bo’yicha o’rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. 
Shuningdek,  tushumni  prognoz  qilishga  shu  soliq  turidan  berilgan  imtiyozlar  ham  ta’sir 
qiladi: 
1)  nogironlarning  jamoat  birlashmalari,  «Nuroniy»  jamg’armasi  va  «O’zbekiston 
chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini 
nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar, bundan 
savdo,  vositachilik,  ta’minot-sotish  va  tayyorlov  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  yuridik  shaxslar 

 
141 
mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda 
bo’lgan xodimlar kiritiladi; 
2) suv uchun byudjetga soliq o’tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste’molchilar;  
3)  birlamchi  foydalanilgan  suv  uchun  to’lov  amalga  oshirilgan  suvdan  ikkilamchi 
foydalanuvchi suv iste’molchilari; 
4)  ixtiyoriy  tugatilayotgan  yuridik  shaxslar  –  tadbirkorlik  sub’ektlari  –  yuridik  shaxslarni 
davlat  ro’yxatidan  o’tkazuvchi  organ  ixtiyoriy  tugatish  to’g’risida  qabul  qilingan  qaror  haqida 
xabardor  qilingan  kundan  e’tiboran.  Ixtiyoriy  ravishda  tugatish  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
muddatlarda  tugallanmagan  yoki  tugatish  tartib-taomili  to’xtatilgan  va  faoliyat  qaytadan 
boshlangan  taqdirda,  ushbu  imtiyoz  qo’llanilmaydi  hamda  soliq  summasi  imtiyoz  qo’llanilgan 
butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi. 
Suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliqni  hisoblab  chiqarishda  soliq  solinadigan  baza 
quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:  
1)  sog’liqni  saqlash  muassasalarida  davolash  maqsadida  foydalaniladigan  er  osti  mineral 
suvlari  hajmiga,  bundan  savdo  tarmog’ida  realizatsiya  qilish  uchun  foydalanilgan  suv  hajmi 
mustasno; 
2) dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga; 
3)  atrof  muhitga  zararli  ta’sir  ko’rsatishining  oldini  olish  maqsadida  chiqazib  olinadigan  er 
osti  suvlari  hajmiga,  ishlab  chiqarish  va  texnik  ehtiyojlar  uchun  foydalanilgan  suv  hajmi  bundan 
mustasno; 
4)  shaxtadan  suvlarni  qochirish  uchun,  foydali  qazilmalarni  qazib  olish  vaqtida  chiqazib 
olingan  va  qatlamdagi  bosimni  saqlab  turish  uchun  er  qa’riga  qaytarib  quyiladigan  er  osti  suvlari 
hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 
5)  gidroelektr  stansiyalari  gidravlik  turbinalarining  harakati  uchun  foydalaniladigan  suv 
hajmiga; 
6)  qishloq  xo’jaligiga  mo’ljallangan  sho’rlangan  erlarni  yuvish  uchun  foydalaniladigan  suv 
hajmlariga. 
Mulk  va  resurs  soliqlari  prognozlashtirish  umumiy  usullaridan  kelib  chiqqan  holda  amalga 
oshiriladi,  demak  jamlangan  statistik  ma’lumotlar  asosida;  Soliq  organlarida  jamlanadigan 
byudjetga  undirilgan  tushumlarning  asosida  va  soliq  to’lovchi  yuridik  shaxslarni  moliyaviy 
faoliyati  haqidagi  hisobotlar asosida amalga oshiriladi. 
Birinchi  usulda  statistika  organlari  tomonidan  chop  etilgan    hisobotlardan  foydalanilsa, 
ikkinchi usulda byudjetga  haqikatda tushgan tushumlarning usish sur’atlaridan foydalangan xolda 
amalga oshiriladi. 
Mol-mulk solig’ini  hisoblab chiqishda korxona asosiy vositalarining harakatini bilish muhim 
ahamiyatga ega. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 268-moddasiga asosan mol-mulk solig’i bazasi 
quyidagicha belgilanadi: 
Soliq  solish  ob’ektlarining  o’rtacha  yillik  qoldiq  qiymati  (o’rtacha  yillik  qiymat)  hisobot 
davridagi  har  bir  oyning  oxirgi  kunidagi  holatga  ko’ra  soliq  solish  ob’ektlarining  qoldiq 
qiymatlarini  (o’rtacha  yillik  qiymatlarini)  qo’shishdan  olingan  summaning  o’n  ikkidan  bir  qismi 
sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.  
O’zbekiston  Respublikasi  norezidentlarining  Soliq  kodeksning  266-moddasi  ikkinchi 
qismining  uchinchi  xatboshisida  va  uchinchi  qismida  ko’rsatilgan  ko’chmas  mulk  ob’ektlari 
bo’yicha soliq solinadigan baza mazkur ob’ektlarga bo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda 
ko’rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi. 
Yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliq  to’lovchi  yuridik  shaxslarning  mol-
mulkiga solinadigan soliqni to’lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, 
soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida 
yuritish  asosida  aniqlanadi.  Alohida-alohida  hisob  yuritish  imkoniyati  bo’lmagan  taqdirda,  soliq 
solinadigan  baza  faoliyatdan  olinadigan  sof  tushumning  solishtirma  salmog’idan  kelib  chiqqan 

 
142 
holda  aniqlanadi,  bu  sof  tushumning  umumiy  hajmida  yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga 
solinadigan soliqni to’lash nazarda tutilgan bo’ladi.  
Mol-mulk va resurs soliqlarini prognoz qilish asosan ikkita variantda amalga oshiriladi: 

 
hakikatda tushgan soliq va to’lovlar tushumini tahlili asosida;  

 
korxona  va  tashkilotlarni  moliyaviy  xo’jalik  faoliyati  to’g’risidagi  ma’lumotlarga  ko’ra 
tuziladi. 
Haqiqatda  tushgan  tushum  asosida  tahlil  qilish  soliq  turi  bo’yicha  oldingi  yillar  tushgan 
tushum to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. 
Mol-mulk solig’ini kelgusi davrga prognoz qilishda tuman bo’yicha soliq to’lovchilar soni, 
korxonaning  asosiy  vositalari  harakati  to’grisidagi  ma’lumotlarga,  shuningdek,  qayta  baholash 
natijalari  haqidagi  ma’lumotga,  joriy  yilda  ro’yxatdan  o’tgan  mol-mulk  solig’i  to’lovchilar,  oxiri 
yillardagi tushumning o’sishi yoki kamayishi  haqida ma’lumotga ega bo’lish lozim. 
Mol-mulk  solig’i  to’lovchi  «S»  korxonaning  oxirgi  besh  yilda  davlat  byudjetiga  to’lagan 
qo’shilgan qiymat solig’i summalari. 
 
 
Ko’rsatkichlar  
Yillar 
2006 y 
2007 y 
2008 y 
2009 y 
2010 y 
Тushum 
1733,0 
1824,7 
1812,0 
1825,2 
1885,7 
 
Soliqni  prognoz  qilish  uchun  mol-mulk  solig’i  bo’yicha  oldingi  yillar  tushumiga  ega 
bo’lgan holda, zanjirsimon usulda o’rtacha o’sish koeffitsiyenti topiladi. 
 (1 +1,05 + 0,99 + 1,007 + 1,033) / 5 =1, 016 
va joriy iyldagi tushumga ko’paytirilib, keyingi yilga prognoz qilinadi. 
1,016 * 1885,7 = 1915,9 
Тushum  bo’yicha  prognoz  qilishda  yillar  bo’yicha  o’rtacha  o’sish  koeffitsiyenti  topilib, 
oxirgi  yildagi tushumga  ko’paytiriladi  va bunga  ta’sir qilishi  mumkin  bo’lgan  omillar  o’rganilgan 
holda prognoz qilinadi. 
Masalan,  «S»  korxonasini  2006-2010  yillardagi  mol-mulk  solig’i  tushumi  mavjud  bo’lgan 
holda 2011 yil uchun prognoz qilaylik. 
 
Т/r 
Yillar 
Тushum 
(ming 
sum) 
koeffitsiyent 
 

2007 
2464,0 

 

2008 
2470,1 
2470,1/2464=1,002 
 

2009 
2520.0 
2520/2470,1=1,020 
 

2010 
2594.2 
2594,2/2520=1,029 
 

2011 
2600,3 
2615,3/2594,2=1,008 
 

2012 
Prognoz =   O’rtacha o’sish 
koef.=(1,002+1,02+1,029+1,008)/4=1,014 
2582,3*1,01 
=2608,12 
 
Mulkida  soliq  solinadigan  mol-mulki  bo’lgan  jismoniy  shaxslar,  shu  jumladan  chet  el 
fuqarolari,  agar  O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalarida  boshqacha  qoida  nazarda 
tutilmagan bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilaridir. 
Agar  ko’chmas  mulk  mulkdorining  joylashgan  erini  aniqlash  imkoni  bo’lmasa,  bu  mol-
mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs soliq to’lovchidir. 
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, 
garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir. 

 
143 
Ko’chmas  mulkka  bo’lgan  huquqlarni  davlat  ro’yxatidan  o’tkazuvchi  organ  tomonidan 
belgilanadigan  soliq  solish  ob’ektlarining  inventarizatsiya  qiymati  to’lovchilar  uchun  soliq 
solinadigan bazadir. 
Jismoniy  shaxslarning  mol-mulkini  baholash  bo’yicha  vakolatli  organ  tomonidan 
aniqlangan  soliq  solish  ob’ektining  bahosi  mavjud  bo’lmagan  taqdirda,  mol-mulkning  qonun 
hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir. 
Bitta  jismoniy  shaxs  bir  nechta  soliq  solish  ob’ekti  bo’yicha  to’lovchi  bo’lgan  taqdirda, 
soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi. 
Quyidagilarning  mulkida  bo’lgan  mol-mulkka  jismoniy  shaxslarning  mol-mulkiga 
solinadigan soliq solinmaydi: 
1)  "O’zbekiston  Qahramoni",  Sovet  Ittifoqi  Qahramoni,  Mehnat  Qahramoni  unvonlariga 
sazovor  bo’lgan,  uchala  darajadagi  Shuhrat  ordeni  bilan  taqdirlangan  fuqarolarning.  Mazkur 
imtiyoz tegishincha  "O’zbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi to’g’risidagi  guvohnoma, Sovet 
Ittifoqi  Qahramoni,  Mehnat  Qahramoni  daftarchalari,  orden  daftarchasi  yoki  mudofaa  ishlari 
bo’yicha bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
2) 1941-1945  yillardagi  urush nogironlari  va  qatnashchilari  hamda  doirasi  qonun  hujjatlari 
bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning.  
3)  o’n  nafar  va  undan  ortiq  bolalari  bor  ayollarning.  Mazkur  imtiyozni  berish  uchun 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos 
bo’ladi; 
4)  Chernobil  AESdagi  avariya  oqibatlarini  tugatishda  ishtirok  etganlik  uchun  imtiyozlar 
oladigan fuqarolarning (shu jumladan u erga vaqtincha yo’llangan yoki xizmat safariga yuborilgan 
shaxslarning); 
5)  qonun  hujjatlarida  belgilangan  soliq  solinmaydigan  maydon  o’lchami  doirasida 
pensionerlarning; 
6) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi  yoki tibbiy-mehnat 
ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
7)  sobiq  SSSRni,  O’zbekiston  Respublikasining  konstitutsiyaviy  tuzumini  himoya  qilish 
yoki  xarbiy  xizmatning  yoxud  ichki  ishlar  organlaridagi  xizmatning  boshqa  majburiyatlarini 
bajarish  chog’ida  yaralanganligi,  kontuziya  bo’lganligi  yoki  shikastlanganligi  oqibatida  yoxud 
frontda  bo’lish bilan  bog’liq  kasallik tufayli  halok bo’lgan  xarbiy xizmatchilar  hamda  ichki  ishlar 
organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining);  
Belgilangan  imtiyozlar  mulkdorning  tanlashiga  binoan  faqat  bir  mol-mulk  ob’ektiga 
taalluqli bo’ladi. 
Nazarda  tutilgan  imtiyozlar  jismoniy  shaxslar  tomonidan  tadbirkorlik  faoliyati  uchun 
foydalaniladigan  yoxud  yuridik  shaxsga  yoki  yakka  tartibdagi  tadbirkorga  ijaraga  berilgan  soliq 
solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling