Soliqlar va soliqqa tortish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Soliq statistikasi va prognozi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalar 2. Soliq statistikasi haqida tushuncha. 3.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAТ SOLIQ QO’MIТASI SOLIQ AKADEMIYASI “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI “SOLIQ STATISTIKASI VA PROGNOZI” FANIDAN MA’RUZA MAТNLAR TO’PLAMI Oliy ta’limning 340000 - “Biznes va boshqaruv” ta’lim sohasidagi 5340800 - “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat yo’nalishi uchun Kafedraning 2012 yil 25 avgustdagi 1-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri _________________i.f.d. N.Kuziyeva Tuzuvchilar: i.f.d. N. Kuziyeva o’q. I.Norkuziev TOSHKENT-2012 2 1-mavzu: «Soliq statistikasi va prognozi» fanning predmeti va vazifalari Reja: 1. «Soliq statistikasi va prognozi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalar 2. Soliq statistikasi haqida tushuncha. 3. Soliq statistikasida qo’llaniladigan statistik usullar. Tayanch so’z va iboralar prognoz, reja, ijtimoiy prognozlash, iqtisodiy prognozlash, ilmiy-texnikaviy prognozlash, predmet 1. «Soliq statistikasi va prognozi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish davrda Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar - agrar, mulkiy munosabatlar, tashqi iqtisodiy, moliya-kredit tizimi va ijtimoiy sohalarda tub o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu islohatlar orasida moliya-kredit tizimini isloh qilish alohida rol o’ynaydi. Chunki, jamiyatni barcha sohalari faoliyati pulli munosabatlar bilan bevosita bog’liqdir, vaholanki, pulli munosabatlarni samarali ishlash mexanizmi o’z navbatida boshqa sohalarga bevosita ta’sir etadiki, bu moliya-kredit tizimini jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni naqadar yuqori ekanligini ko’rsatadi. «… bunday iqtisodiy o’sish ko’p jihatdan iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog’liq. Jumladan, 2010 yilda yuridik shaxslar uchun foyda solig’i 9 foizgacha, mikrofirmalar va kichik biznes uchun yagona to’lov 7 foizgacha tushirilgani buning amaliy tasdig’idir. Shu borada o’tgan yili Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan oshirib, ya’ni 0,3 foiz profitsit bilan bajarilganini ta’kidlash zarur” - degan edi, - Prezidentimiz I.A.Karimov. 1 Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi. Bu masalani echish soliq tushumlarining ob’ektiga soliq bazasiga bog’liq. «Soliq statistikasi va prognozi» fanining predmeti soliqlar va yig’imlar tushumini, soliqka tortiladigan baza va uni tashkil etuvchi elementlarning rivojlanishi tendensiyasini chuqur o’rganish va shu asosda byudjet tushumlari ob’ektlarini har birini alohida, shuningdek ularning umumiy hajmini ma’lum davr uchun prognozlash (istiqbolini ko’rish). «Soliq statistikasi va prognozi» fanining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1. Tuman va hududlar bo’yicha asosiy daromad turlariga doir yillik tushumlarni prognoz qilish; 2. Asosiy daromad turlari bo’yicha oylarga bo’lgan xolda choraklik tushumlarni prognoz qilish; 3. Prognoz hisob-kitoblari bilan belgilangan daromadlarni jalb etish bo’yicha choralarni amalga oshirish, soliq organlarining soliq to’lovchilarga faol ta’siri, O’zbekiston soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar va majburiy to’lovlar yig’ishni ta’minlash. Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish davrda soliqlar moliyaviy resurslar orasida eng muhim o’rin tutib, davlat moliyasi, aniqrog’i davlat byudjeti daromadlarini muhim pul mablag’lari bilan ta’minlab turadi. Soliqlar iqtisodiy mohiyati jihatidan davlat byudjeti va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi majburiy to’lovlar bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Soliqlarni iqtisodiy mohiyatini anglatuvchi iqtisodchi olimlar tomonidan ko’plab ta’riflar berilgan. Ularni barchasida soliqlar majburiy harakterdagi, davlat ixtiyoriga(byudjetga) yo’naltirilishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanishi keltirib o’tiladi. Ushbularni umumlashtirgan holda bizningcha soliqlarga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Soliqlar bu davlatni moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini o’ondirish maqsadidi yuridik va jismoniy shaxslardan qonuniy yo’l bilan muayyan maddatda va stavkada majburiy tartibda davlat byudjetiga yo’naltirilgan pul mablag’lari yig’indisidir. 1 I.A.Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. T.: “O’zbekiston” 2011. 3 Soliq tizimi bu o’zaro bog’liq mohiyati jihatidan bir xil bo’lgan soliqlar va soliqsiz to’lovlar, soliq siyosati va soliq mexanizmlarining o’zaro majmui bo’lib, respublika byudjet tizimi, ya’ni davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar uchun muhim moliyaviy resurs hisoblanadi. Hozirgi vaqtda davlat byudjeti daromadlarining 80-85 foizga yaqini soliqlar va soliqsiz to’lovlar hisobiga shakllanmoqda. Soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan umumiy jihatdan farqini ifodalovchi o’ziga xos umumiy belgilari mavjud bo’lib ular quyidagilardir: soliqlar davlat paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan chunki, davlatni o’z funksiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy resurs xizmatini o’taydi. soliqlar albatta oliy davlat organi (O’zbekistonda oliy majlis) tomonidan tasdiqlanib qonun bilan belgilanadi. shuningdek mahalliy hokimiyatlar vakolatiga o’z hududiy xususiyatdan kelib chiqib ayrim soliqsiz to’lovlarni joriy etish belgilangan. soliqlarni keyingi belgisi bu soliqlar albatta byudjetga yo’naltiriladi va boshqa fondlarga tushmaydi hamda uni faqat davlat taqsimlaydi. soliqlarni muhim belgilaridan biri bu ular majburiy harakterdaligidir. soliqlarning yana bir asosiy belgilaridan biri - bu ularni davlatni iqtisodiy siyosatini mazmun mohiyatiga qarab o’zgarib turishligi ya’ni universalligidir. soliqlar yordamida davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (yuridik va jismoniy shaxslar) o’rtasida mulkchilikni qayta tao’simlash jarayoni yuzaga keladiki, bu soliqlarni o’ziga xos xususiyatini ifodalaydi Soliqlar moliyaviy resurs sifatida murakkab iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Shu tufayli ham funksiya ham vazifalarni mujassam etgan hola mavjud bo’ladi. Soliqlar funksiyalari haqida yagona fikrlar hanuzgacha mavjud emas. Ayrim iqtisodchilar soliqlar fiskal (xazina), nazorat, qayta taqsimlash funksiyalarga xos deb ta’kidlashsa, ba’zilari soliqlarga fiskal va iqtisodiy funksiyalar xos deb hisoblashadi. G’arb iqtisodchilaridan (Jirarden T.D., Malmigan R.B.) ayrimlari soliqlar fiskal va nazorat qilish funksiyalaridan tashqari rag’batlantirish, iqtisodiyotni boshqarish hamda daromadlarni boshqarish kabi funksiyalarni ham bajaradi deb ta’kidlashadi. O’zbek olimlaridan akademik M.Sharifxo’jayev va A.O’lmasovlar, soliqlar uch xil funksiyani bajaradi: fiskal ya’ni davlat byudjetiga muhim ravishda pul tushirib turish, xo’jalik faoliyatini rag’batlantirish; aholi ayrim toifalarini sotsial himoya qilish, deb fikr bildirishgan 1 . Soliqlarga fiskal (byudjetni pul resurslari bilan ta’minlash), milliy daromadni qayta taqsimlash, ishlab chiqarishni rag’batlantirish va iqtisodiyotni boshqarish kabi funksiyalar xosdir. Qayd etganimizdek, soliqlar murakkab iqtisodiy kategoriya sifatidagi moliyaviy resurs bo’lib, unga funksiyalardan tashqari vazifalar ham xos bo’ladi. Funksiya bu doimiy mavjud iqtisodiy voqelikni ifodalaydi. Shu tufayli soliq funksiyalarini o’zgartirib bo’lmaydi balki iqtisodiy mavjudligi kashf etiladi. Soliqlarni vazifalari esa bundan farqli ravishda davlatni iqtisodiy siyosatining mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi va unga o’zgaruvchanlik ya’ni moslashuvchanlik xos xususiyatdir. Shu tufayli ham soliqlarni vazifalari turli davlatlarda farqlanadi. O’zbekiston respublikasida amalda mavjud bo’lgan soliqlarni oldiga bugungi kunda quyidagi vazifalar qo’yilgan; Respublika milliy iqtisodiyotida raqobatchilik muhitini yaratish va monopoliyaga qarshi kurashish. bu asosan monopoliya mavqeiga ega bo’lgan korxonalarga yuqori stavkalar belgilanishi va raqobatchilik muhitini yaratish maqsadida yangi xo’jalik yurituvchilarni paydo bo’lishini rag’batlantirish tarzida amalga oshirilmoqda; milliy iqtisodiyotda qulay investitsion muhitni yaratish vazifasi. agar amaldagi soliq qonunchiligiga e’tiborberiladigan bo’lsa, soliqlar bo’yicha eng ko’p tabaqalashtirilgan past soliq stavkasi va imtiyozlar belgilangan. chunki chet el investitsiyasini kirib kelishini rag’batlantirishni eng asosiy vositalaridan biri bu soliqlar hisoblanadi; soliqlarni oldiga qo’yilgan yana bir asosiy vazifalardan biri bu respublikamizda o’rta va kichik biznesni rivojlanishiga ko’maklashish hisoblanadi. shu maqsadda kichik biznes sub’ektlariga dastlabki ikki yilda soliqdan ozod etish, soddalashtirilgan soliq tizimi (yagona soliq 1 A.O’lmasov, M.Sharifxo’jaev. Iqtisodiyot nazariyasi. T.; Mehnat. 1995 yil. 377-bet. 4 to’lovi)ni qo’llanilmoqda. Bundan asosiy maqsad esa kichik biznesni mavqeini ko’tarishdir. Moliyaviy resurslar orasida soliqlardan tashqari soliqsiz to’lovlar ham mavjudki, ular mohiyati jihatidan byudjet tizimi va boshqa fondlarni muhim moliyaviy resursi hisoblanadi. Soliqsiz to’lovlarni soliqlardan farqi shundaki, ular albatta Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi shart emas, mahalliy hokimiyatlar tomonidan belgilanishi mumkin, ikkinchidan to’lovlar barchasi albatta byudjetga kelib tushmasligi mumkin ya’ni boshqa fondlarga (pensiya fondi, yo’l fondi) ham yo’naltiriladi. Uchinchidan soliqsiz to’lovlar to’lov muddatlari aniq ko’rsatilmasligi mumkin (masalan, boj haqi). To’rtinchidan soliqsiz to’lovlar soliqlardan farqli o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi. Soliqsiz to’lovlar byudjet tizimi uchun muhim moliyaviy resurs hisoblanadi. Bu to’lovlar hisobiga bugungi kunda amal qilayotgan, bojxona boji, davlat boji, ijara haqi, dehqon bozorida patta to’lovi, alohida turdagi (alkogolli) tovarlarni sotish uchun litsenziya yig’imi, pensiya fondiga, yo’l fondiga, turli xil maxsus fondlar va hayriya fondlariga to’lovlar va shu kabilar kiradi. Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish davrda byudjet tushumlarining samarali nazoratini, ular aniq prognozlashtirishsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Shuning uchun ham soliq tushumlarini prognozlash aniq hisob-kitoblar, ma’lumotlar asosida amalga oshirishni talab qiladi. 2. Soliq tushumlari, soliq tushumlari tahlili davlat byudjetining daromad qismini to’gri shakllanishida alohida ahamiyatga ega. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o’z asarlaridan birida soliq tizimini isloh qilish haqida shunday degan edi: «Prinsipial muhim ustuvor vazifalardan biri – soliq siyosatini yanada takomillashtirishdir. Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondoshuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanish o’ta muhim ahamiyatga ega. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, birinchi galda, rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lishi lozim.» 2 Jamiyatda ro’y berayotgan hodisalarni, voqealarni o’zgarishlarni kuzatib borish, ularga baho berish va olingan axborot yordamida kelgusi davr uchun vazifalarni belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Bu kuzatishlarni statistika fani yordamida olib borish mumkin. Statistika fani deganda quyidagi manolarni tushunish mumkin: Birinchidan, bu - jamiyat hayotining miqdoriy qonuniyatlarini ifodalovchi axborotni olish, ishlash va tahlil qilishdan iborat ijtimoiy faoliyat turi. Bu axborot jamiyat hayotining turli sohalarini (texnik-iqtisodiy; sotsial-iqtisodiy; sotsial-siyosiy hodisalarni va boshqalarni), ularning sifat tarkibini aks ettiradi. Bu manoda statistika tushunchasi statistik hisob manosiga to’g’ri keladi. Iqtisodiy statistika – bu statistikaning muhim tarmog’i bo’lib, iqtisodiyotda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarning sifatini xarakterlovchi fan hisoblanadi. Soliq statistikasi esa soliq tizimida sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarning sifat ko’rsatkichini aniqlaydi. Soliq statistikasi ma’lumotlari soliq tizimi va unda kechadigan jarayonlarning hamma asosiy ko’rsatkichlarini sifatli va tizimli aks ettirilishini ta’minlashga imkon beradi. Soliq statistikasi bevosita statistikaning boshqa tarmoqlari bilan bog’langan. Ya’ni, sanoat statistikasi, qishloq xo’jalik statistikasi, qurilish statistikasi va boshqa tarmoqlar statistikasi bilan uzviy bog’liq. Chunki iqtisodiyotda bir tarmoqni boshqasidan ayro holda tasavvur qilish qiyin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, soliq statistikasi soliq tizimidagi hodisa va jarayonlarni ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar bilan o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqadi. Bunda tahlil uchun bir xil ko’rsatkichlar ishlatilishi mumkin. Masalan, mehnat haqi ko’rsatkichlari bir tomondan, ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalasa (iqtisodiy omil), ikkinchi tomondan daromadlarni taqsimlash jarayoni (ijtimoiy omil), uchinchi tomondan esa byudjet daromadlari bilan bog’liq. Chunki, mehnat haqining oshishi yoki kamayishi jismoniy shaxslarning daromad solig’ining o’zgarishiga, natijada byudjet daromadlarining o’zgarishiga olib keladi. O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2009 yil 25 dekabrdagi PQ-1245 sonli «2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va byudjet parametrlari to’g’risida»gi Qarorida jismoniy shaxslarning daromad solig’i davlat byudjeti 2 I.A.Karimov. «Bizning bosh maqsadimi- jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir». Т.: «O’zbekiston», 2005. 5 daromadlarining 12,3 %ini tashkil etishi belgilab qo’yilgan. Soliq statistikasining statistikaning boshqa tarmoqlari bilan yana ko’proq bog’langanligi ko’rishda umumiy ko’rsatkichlarga ega bo’lish uchun soliq statistikasi iqtisodiy statistika ma’lumotlaridan foydalanishini keltirib o’tish kifoya. Ya’ni, tumanda tashkil etilgan va ro’yxatdan o’tgan korxonalar soni, ularning tegishli tarmog’i haqidagi ma’lumotlar tuman statistika bo’limlaridan olinadi. Bu ham o’z navbatida tumanda hisobot davrida nechta korxona ochilganligi va ularning qaysilari qaysi tarmoqqa tegishliligidan ular to’laydigan soliqlar, buning natijasida byudjetga tushumlarning qaysi soliq turidan qancha miqdorda o’zgarishini ko’rish mumkin bo’ladi. Ikkinchi tomondan esa ommaviy miqdoriy munosabat va o’zaro aloqalarni o’lchash va tahlil qilishning umumiy masalalarini o’rganuvchi fandir. Soliq siyosatini ro’yobga chiqarishda iqtisodiy statistikaning muhim tarmog’i hisoblangan soliq statistikasi ko’rsatkichlaridan foydalanish alohida o’rin tutadi. Soliq statistikasi bu - davlat miqyosidagi soliqlar tushumini hisobga olish mexanizmi bo’lib, xo’jalik subektlari tomonidan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni davlat soliq organlarida o’ziga xos statistik ko’rsatkichlar va malumotlarni maxsus hisobotlarda, jadvallarda va shakllarda olib borilishidir. Hozirgi zamonda soliq statistikasi so’zi uchta manoda ishlatiladi: 1. Soliq statistikasi bu - iqtisodiy statistikaning maxsus yo’nalishi; 2. Soliq statistikasi - soliq siyosatida bo’layotgan u yoki bu hodisalarni, jarayonlarni hajmi, miqdorini tariflab beruvchi sonlar majmui; 3. Soliq statistikasi bu - malumotlar yig’ish, hisobga olish va hisobotlar tuzish. Soliq statistikasi soliq tizimidagi jami tasodif hodisa va voqealarni, ularga ta’sir etuvchi omillarini o’rganadi. Soliq siyosatini ro’yobga chiqarishda iqtisodiy statistikaning muhim tarmog’i hisoblangan soliq statistikasi ko’rsatkichlaridan foydalanish alohida o’rin tutadi, chunki jahon mamlakatlarida, jumladan O’zbekistonda ham soliq organlari xo’jalik subektlarini ro’yxatga olib, ularning jami daromadlari va to’lagan soliqlari bo’yicha malumotlarni yig’ib umumlashtiradi. Ushbu jamlangan malumotlardan davlat boshqaruv organlari, soliq organlari, statistika idoralari davlat byudjetini daromad, xarajat qismlarini biri-biriga moyilligini aniqlashda va kelajakdagi vazifalarni aniqlashda foydalanadilar. Demak, soliq statistikasi bu iqtisodiy statistikaning muhim tarmog’i bo’lib, uning asosiy vazifalari davlat byudjeti daromad qismining tarkibini shaklantirishdan iborat. 2002 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Davlat statistikasi to’g’risida»gi Qonuni, “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni va Soliq kodeksiga asosan soliq statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - soliq tizimi faoliyati haqida statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, umumlashtirish va har tomonlama tahlil qilish; - ilmiy tadqiqot natijalari, xalqaro standartlar va tavsiyalarga asoslangan statistik usullarni ishlab chiqish va soliq tizimiga joriy qilish; - soliq tizimida ma’lumotlarning ishonchliligini, ob’ektivligini, tezkorligini, barqarorligi va to’liqligini ta’minlash; - Respublikaning iqtisodiy holatini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlarning umumiyligi va tizimliligini ta’minlash. Soliq statistikasi yordamida quyidagi nazorat ishlarini amalga oshirish mumkin: 1. Хo’jalik yurituvchi subektlarni «Davlat soliq xizmati to’g’risida» gi Qonunga binoan to’liq ro’yxatga olish va faoliyatini nazorat qilish; 2. Soliqlar tushumi bo’yicha hukumat tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishini o’rganish va ushbu malumotlar asosida byudjetning daromad qismini to’ldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab chiqish; 3. Хo’jalik yurituvchi subektlarning to’laydigan soliq turlarini o’rganib chiqish va soliq yuki taqsimotini o’rganish; 6 4. Soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar bo’yicha yig’ilgan malumotlarni o’rganish va hisobotlar tuzish; 5. Тuzilgan hisobotlarning tahlili asosida kelajak davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar prognozini tashkil qilish. Хulosa qilib aytish kerakki, soliq statistikasi yordamida, davlat byudjeti daromad qismining tarkibini, uning sifatli to’ldirilishini, byudjet defitsiti yoki profitsitini, xo’jalik yurituvchi subektlarning soliq qarzi, debitorlik va kreditorlik qarzlar miqdorini, davlatda olib borilayotgan soliq siyosati samaradoriligini, olib borilayotgan soliq siyosatini iqtisodiyotni barqarorlashtirishga va aholini yashash darajasini ko’tarishga tasiri to’liq o’rganib chiqiladi. 3.Iqtisodiy taraqqiyotni barqarorlashtirish va ijtimoiy dasturlarni belgilangan ko’lamda bajarilishini taminlash maqsadida byudjet daromad manbalarining tarkibi statistik usullar bilan o’rganib chiqiladi va xarajatlar tarkibi bilan muvofiqlashtiriladi. Soliq statistikasining ko’rsatkichlari umumiy statistika nazariyasining kuzatish ko’rsatkichlariga asoslangan. Statistikada statistik kuzatish usullari (tanlab kuzatish; sidirg’a kuzatish va boshqalar)dan hodisa, obektni va yalpisiga narsa-hodisalarni majmuini har tomonlama ifodalaydigan ko’rsatkichlar sistemasidan (masalan balans metodida), statistik gruppalash natijalarini qamragan umumiy va kombinatsion jadvallardan, shuningdek, boshqa vositalardan foydalaniladi. Soliq statistikasining ko’rsatkichlari xo’jalik yurituvchi subektlarni (yuridik va jismoniy shaxslarni), davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarining bajarilishi haqidagi birlamchi malumotlarga asoslanib hisoblanadi. Yoppasiga kuzatishda o’rganilayotgan obektning barcha elementlari tekshiriladi, tanlab kuzatish o’rganilayotgan obektning barcha elementlariga emas, balki malum yo’l bilan tanlab olingan qismiga tadbiq etiladi. Balans metodi resurslarni o’zaro bog’liqliklarini va ulardan foydalanish yo’llarini ko’rsatadi hamda takror ishlab chiqarishdagi mutanosiblikni, o’zaro bog’liqligini aniqlaydi. Statistik kuzatish natijasida o’rganilayotgan hodisalarning har biri to’g’risida malumotlar to’planadi. Bu masala statistik kuzatish natijalarini svodkalash va gruppalash yo’li bilan echiladi. Statistik gruppalashda statistik malumotlar ishlab chiqiladi va tahlil qilinadi, bunda o’rganilayotgan hodisalar malum belgilari bo’yicha bir xil guruhlarga yoki guruhchalarga bo’lib chiqiladi va tahlil qilinadi. Svodkalash tor va keng manoga ega. Тor manoda u malumotlarni jamg’arishni anglatsa, keng manoda esa ularni ishlatish natijasida o’rganilayotgan hodisalarning xususiyati va qonuniyatlarini to’la yoritish imkoniyatini beradi. Keng manoda svodkali guruhlash va jadvallar tuzishni ham o’z ichiga oladi. Тo’plangan statistik malumotlar muhim belgilar asosida guruhlanib, tekshirilayotgan hodisalarning ichki bog’lanishlari va qonuniyatlari o’rganib chiqiladi. Masalan: Soliqlar tushumini oddiy jamlash bilan chegaralanilsa, u paytda umumiy tushumdan boshqa narsaga ega bo’lish qiyin. Soliqlar tushumini chuqurroq tahlil qilish uchun ularni asosiy va muhim belgilari bo’yicha guruhlab o’rganish zarur. Guruhlash statistik svodkaning muhim usuli hisoblanadi. Bu usul orqali soliqlar tushumining umumiy yig’indisiga nisbatan soliqlarning ayrim gruppalarining salmog’ini, soliq turlari salmog’ini umumiy tushumlar yig’indisiga nisbatini aniqlash mumkin. Masalan: Soliqlarning umumiy yig’indisida bevosita, bilvosita soliqlarning salmog’ini aniqlash mumkin yoki bevosita soliqlarning tarkibidagi soliq turlarining salmog’ini aniqlash mumkin. Statistik kuzatish malumotlarini qayta ishlab bo’lgach, guruhlarga ajratib, jadvallar, grafiklarda aks ettirish mumkin. Soliq statistikasida ko’rsatkichlarni hisoblab chiqarish usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. O’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning sifatini xarakterlovchi usul bu – guruhlash usulidir. Bunda jami ko’rsatkichlar aldohida bir xil bo’lgan guruhlarga ajratilib tahlil qilinadi. Guruhlashtirish alohida guruhlarning ulushini aniqlash imkonini beradi. Ya’ni, har bir 7 guruhning yoki har bir soliq turini byudjet daromadlarining umumiy summasidagi ulushini aniqlashda qo’l keladi. Statistik kuzatish, svodkalash va guruhlash amalga oshirilgandan so’ng, o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning hajmi, miqdori, soni va darajasini tariflovchi qator ko’rsatkichlar ishlatiladi: - mutloq (absolyut) miqdorlar. - nisbiy miqdorlar. Bunga misol qilib soliqlar tushumining umumiy hajmini o’tgan davrga nisbatan o’sishini aniqlashni keltirish mumkin. Hodisalarni vaqt ichida o’zgarishini soliq statistikasida dinamika deb, shu jarayonni tariflovchi ko’rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi. Har qanday dinamika qatori ikki elementdan: 1. Хronologik sanalar; davrlar (yillar, oylar va x.k.) ro’yxatidan; 2. O’rganilayotgan hodisaning soni; hajmi; miqdori va tarkibini tariflovchi darajalardan tashkil topadi. Rejadan farq qilishga sabab bo’lgan omillarni statistika baholaydi. Jumladan, soliq tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: soliq bazasining o’zgarishi; soliq stavkasining o’zgarishi; ayrim korxonalarga berilayotgan o’zgarishlar va engilliklar; soliqlarning unifikatsiya qilinishi; ayrim soliqlarning bekor qilinishi va h.k. Soliq bazasi o’zgarishining soliqni mutloq o’sishiga ta’sirini quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin: U s = ∆ S 1i x K 0i - ∆ S 0i x K 0i Soliq hajmining mutloq o’sishi quyidagicha aniqlanadi: U k = ∆ S 1i x K 1i - ∆ S 1i x K 0i ; bunda S 1i , S 0i – i ko’rsatkich bo’yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasining hajmi; K 1i , K 0i - i ko’rsatkich bo’yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi. Shu ikki omil hisobiga o’sgan soliqlarning mutloq summasi, soliq daromadlarining umumiy o’sishiga teng bo’ladi. Analitik maqsadlarda asosiy ko’rsatkichlar bilan birga boshqa ko’rsatkichlar ham qo’llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetning tashkil bo’lishiga va xarajatlariga ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan ayrim olingan xarajat turlari orasidagi bog’lanishni, shuningdek, yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo’yicha daromadlar summasi orasidagi bog’lanishni o’rganish uchun elastiklikning empirik koeffitsiyentlaridan foydalanish mumkin: E = ∆U / ∆X * X / U; bunda, E – elastiklik koeffitsiyenti («Х» omilning 1 % ga o’zgarishi natijasida «U» yakuniy ko’rsatkichning o’zgarish darajasi); ∆Х - «Х» omilning o’sishi; ∆U - «U» yakuniy ko’rsatkichning o’sishi. O’sish yoki kamayish surati necha foizga ko’p yoki kam ekanligini aniqlash uchun qo’shimcha o’sish yoki kamayish sur’ati bilan aniqlanadi. Soliq statistikasida soliq tushumlarining o’sgan yoki kamayganligi aniqlash uchun oldingi davrda tushgan tushum, reja bo’yicha belgilangan tushum miqdori, chorak boshidan, oy boshidan hamda yil boshidan reja ko’rsatkichlarining bajarilishi kabi ko’rsatkichlar o’rganiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling